Ilmiy jurnal


№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
 
39 
o‗qituvchilarning mehnatdan qoniqishi jarayoni, ularda bir vaqtning o‗zida shaxsiy va professional 
hayotidan, jamiyatda olib borilayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy islohotlardan roziligiga 
o‗zining ijobiy ta‘sirini ko‗rsatadi.
Misol uchun, Tayvanda maktab o‗qituvchilari ishtirokida ishdagi stress, shaxsiy samaradorlik va 
ishdan qoniqish fenomenlari o‗rtasidagi munosabatni o‗rganishga qaratilgan tadqiqot (2018) o‗tkazilgan 
bo‗lib, unda 3425 nafar tayvanlik maktab oʻqituvchilari ishtirok etishgan. Natijalar shuni ko‗rsatganki, 
ishdagi stress mehnatdan qoniqishga sezilarli to‗g‗ridan to‗g‗ri va bilvosita ta‘sir ko‗rsatadi, 
pedagoglarning ishdan qoniqishi esa pedagogning o‗quvchilar bilan samarali aloqa o‗rnata olishi hamda 
shaxsiy samaradorlik darajasi (bir vaqtning o‗zida samaradorlikka intilishi)ga proporsional.[6] Yana bir 
qator tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki, o‗qituvchilarning mehnatdan qoniqishi ta‘lim-tarbiya sifati va 
jamoadagi ijobiy ijtimoiy-psixologik iqlimga konstruktiv-rivojlantiruvchi ta‘sir qiladi.[7]
Pedadodlar ham, professional faoliyat jihatdan, muayyan muassasaning ishchi xodimi sanaladi. Shu 
o‗rinda quyidagi mavzuga doir yirik bir tadqiqotni ko‗rib chiqish o‗rinli. AQSHda qariyb 2,5 million 
ishchilar o‗rtasida olib borilgan so‗rovnoma (2013) natijalari shuni ko‗rsatadiki, quyidagilar mehnatdan 
qoniqish hosil qilish uchun eng muhim omillar sanaladi: 

hamkasblar bilan o‗zaro aloqa va hamkorlik muhiti. 

xodimlarning mehnati nafaqat moddiy, balki ma‘naviy jihatdan ham e‘tirof etilishi, xodimning o‗z 
ishidan, natijasidan faxrlanishini ta‘minlash; 

xodimlarga nisbatan adolatli rahbarlik munosabatlari, hurmat, ishonch va xavfsizlikni 
ta‘minlash.[8]
Mazkur tadqiqotga tayangan holda, pedagoglarning ham mehnatdan qoniqqanligini oshirish uchun 
ularning o‗rtasida do‗stona muhitni shakllantirish, pozitiv va qo‗llab-quvvatlovchi boshqaruv muhitini 
tashkil etish, gumanistik tamoyillarni rahbar va xodim o‗rtasidagi munosabatlarga tatbiq etish samara 
beradi.
Mehnatdan qoniqish holatini, jumladan o‗qituvchi xodimlarning o‗z mehnatidan qoniqqanligini 
chuqurroq anglab yetish uchun, bir qator yondashuv hamda tavsiflarni ko‗rib chiqish masalani ilmiy-amaliy 
jihatdan yechimlariga kelishga imkon berishi mumkin. P.L.Malyakov pedagoglarning mehnatdan 
qoniqqanligi muammosiga qaratilgan 5 ta yondashuv mavjudligini ajratib ko‗rsatadi: 
I. mehnatdan qoniqqanlik – insonning faoliyatga nisbatan, ehtiyojlari, moyilliklari, istaklari, 
tasavvurlari, prinsiplari inobatga olingan munosabat sifatida; 
II. mehnatdan qoniqqanlik – insonning mehnat faoliyatini baholash jarayoni sifatida; 
III. mehnatdan qoniqqanlik – insonning emotsional-psixik holati sifatida; 
IV. mehnatdan qoniqqanlik – kognitiv, emotsional va axloqiy jihatlarni o‗z ichiga oluvchi ijtimoiy 
mustahkamlangan ustanovkalar majmuyi sifatida; 
V. mehnatdan qoniqqanlik – faoliyat motivatsiyasi sifatida.[9] Ushbu yondashuvlarga asoslanib, 
mehnatdan qoniqqanlik holatini qanchalik keng qamrovli tarzda ilmiy jihatdan ko‗rib chiqish mumkin 
ekanligini bilsa bo‗ladi. 
E.A.Zarutskaya mehnat jamoasida xodimlarning mehnatdan qoniqqanli qanday komponentlardan 
iborat bo‗lishini ochib bergan bo‗lib, u o‗z ilmiy maqolasida mazkur komponentlarni ikki guruhga bo‗ladi. 
Birinchi guruh, tashkiliy komponentlar guruhi bo‗lib, ular: umumiy mehnatdan qoniqqanlik, ish 
sharoiti, ishni tashkil etilishi, ishga berilgan haq, kollektivdagi munosabatlar, rahbariyat bilan 
munosabatlardan iborat. 
Ikkinchi guruh, shaxsiy komponentlar bo‗lib, ular: professional o‗sish imkoniyati, karyerada o‗sish 
imkoniyati, shaxsiy rivojlanish imkoniyati, tashkilot faoliyatiga ta‘sir qila olish, o‗zining ahamiyatliligini 
his etish, o‗z mehnatining foydaliligini his etish imkoniyatlari bilan ifodalanadi.[10] 

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling