Ilmiy jurnal


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

Ключевые слова: общество, семья, ребенок, право, правовая концепция, правовая культура, 
правосознание, правовое воспитание.
 
 
SOCIAL-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE FORMATION
OF LEGAL CONCEPTS IN THE FAMILY 
Annotation: The article deals with the problem of socio-psychological features of the formation of 
legal concepts in the family. It tells about the theoretical and practical aspects of the problem, the author's 
scientific research in this regard. The studies conducted by the author show that the study of this problem 
remains very relevant today.
 
Key words: society, family, child, law, legal concept, legal culture, legal awareness, legal education.
 
Kirish. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini 
ta‘minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, oilada 
va uning a‘zolari orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish bugungi kunda dolzarb muammolardan biri 
hisoblanadi. Shunga ko‗ra, mamlakatimizda qabul qilingan ―Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish 
konsepsiyasi‖ juda muhim bo‗lib, aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam 
irodali, o‗z huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda 
qo‗llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‗lgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz 
munosabatda bo‗ladigan fuqarolarni tarbiyalashning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishda alohida 
o‗rin tutadi [1, 2].
Ushbu konsepsiyaning afzalligi shundaki, unda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirishning asosiy vazifalaridan biri sifatida ―jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ( 
demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir! ( degan hayotiy g‗oyani mustahkamlash; jamiyatda 
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta‘lim-tarbiyaning tizimli va uzviy 
ravishda olib borilishiga alohida e‘tibor qaratish, oila, maktabgacha ta‘lim tizimidan boshlab, aholining 
barcha qatlamiga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda 
jamiyat manfaatlari o‗rtasidagi muvozanatni saqlash g‗oyalarini keng targ‗ib qilish yosh avlod ongiga 
huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, 
mamlakat qomusining muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o‗rgatish masalalariga katta e‘tibor 
qaratilgan. 

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling