№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
146
ertasining qanday bo‗lishi ko‗p jihatdan oilaga bog‗liq ekanligi ayni haqiqatdir. Bugungi kunda
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chuqur yangilanish jarayonlari sharoitida
oilaning hayotimizda
tutgan o‗rni va roli yanada oshmoqda va bu sohada olib boriladigan ishlar yana ham dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda [2, 45]. Ayniqsa, oilada va uning a‘zolari orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish bugungi kunda
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Oilada huquqiy tarbiya murakkab va ko‗p qirrali jarayon bo‗lib,
uni bir ma‘noli qilib tushunish qiyindir. Chunki huquqiy tarbiyaning hayot bilan uzviy bog‗liqligi hal
qilinadigan huquqiy muammolarni mavjud voqelik bilan uyg‗unlashuvini ifodalaydi.
Oilada huquqiy
madaniyatni shakllantirishda huquqiy tarbiyani hayotga, nafaqat huquq bilan tanishtirish va unga nisbatan
to‗g‗ri munosabatni shakllantirish muhim rol o‗ynaydi, shu bilan bir qatorda insonda huquqiy
ko‗rsatmalarga so‗zsiz itoat etish kerakligiga
ishonchni tarbiyalash, ular ongiga oila to‗g‗risidagi qonun-
qoidalarga doimo hurmat bilan qarashlari lozim.[3, 176]
Psixolog G‗.Shoumarovning
fikricha, oilaning muhim ahamiyatga ega bo‗lgan vazifalaridan biri
tarbiyalashdir. Bolalarning aqliy, jismoniy, ahloqiy, estetik, huquqiy tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila
inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo‗yish
bilan cheklanmasdan, balki uning so‗nggi g‗ishti
qo‗yilguncha javobgardir. Ota-ona ( san‘atkor, bola ( san‘at asari, tarbiya jarayoni esa san‘atning o‗zidir.
Lekin ba‘zan oilaning tarbiyaviy vazifasining susayishi va targ‗ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida
oila a‘zolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy oqimlar ta‘siriga berilish,
ma‘naviy buzuqlik yo‗liga kirish) paydo bo‗lishi tashvishlanarli hollardan biridir. Jamiyatning komil
fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur vazifasi darajasiga kiradi [4, 56].
Do'stlaringiz bilan baham: