Ilmiy jurnal


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/303
Sana17.08.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1667927
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   303
Bog'liq
psixologiya 1 son 2023

 
 
So„zlarning tasviriy ifodalanish turlari 
Umumiy 

Abstrakt tasvirlar (A) 
7,27 

Belgili-simvolli (B) 
15,67 

Konkret (K) 
72,43 

Syujetli (S) 
4,30 

Metaforik (M) 
0,33 
Жами: 
100 
Tajriba davomida sinaluvchilarning metodika qiymatlarini birinchi yo‗nalish bo‗yicha ko‗rib 
chiqilganda, farq qiluvchi qiymatlarni kuzatishga erishiladi. Ishtirokchilarning metodika bo‗yicha miqdoriy 
ko‗rsatkichlarida eng muhim o‗rin so‗zlarning konkret tasvirlarda (72,43) ifodalanishidir. Metodikaning 
normasiga ko‗ra, respondentlarda konkret tasvirlarning ustuvorligi ularning konkret-harakatli tafakkur 
yetakchilik qilganligini ko‗rsatadi. Ikkinchi o‗rinda shaxslarda so‗zlarning belgili-simvolli (15,67 foiz) 
https://buxdu.uz


№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
 
147 
tasvirlovchilar joy olgan. Metodikaning xususiyatiga ko‗ra, ishtirokchilarda so‗zlarning ―abstrakt‖ va 
belgili-simvolli ifodalash yetakchilik qilganda, ularda fikrlovchi tip va aqliy faoliyatda axborotlarni 
sintezlash va umumlashtirishga intilish, yuqori abstrakt-mantiqiy tafakkur xos deb xulosalanadi. 
Respondentlar so‗zlarni esda olib qolishida, esga tushirishida syujetli (4,30) va metaforik (0,33) 
tasvirlash boshqa turlardan ancha farq qilmoqda. Ishtirokchilarning qiymatlaridagi bu holat boshqa tafakkur 
turlariga nisbatan tushunchali tafakkurni shakllanganlik holati obrazli tafakkurdan dalolat beradi. Bu ularda 
badiiy qobiliyati va badiiy ijodiyotga qiziqishlarini anglatadi. Tadqiqotning miqdoriy qiymatlari 
ishtirokchilarda tushunchali tafakkur shakllanganlik darajasini mavhum tushunchalar va tasvirlar o‗rtasida 
erkin munosabatni ifodalay olganligi belgilaydi.
Ushbu metodika sinaluvchilarda tushunchali tafakkur shakllanganli-gini emas, balki uning proyektiv 
ahamiyati shaxslilik xususiyatlarini tavsiflashga xizmat qiladi. Masalan, sinaluvchilarning tasvirida odam 
surati ko‗p uchraydigan holatlar, ularning og‗zaki ma‘lumotlarni mohirona ifodalashlari va 
muloqotmandliklaridan xabar beradi. Bundan ko‗rinadiki, bu borada ham qiymatlarni ifodalash 
sinaluvchilarning kichik mutaxassis sifatida shakllanishlari va tanlagan kasb-hunar sohasiga mos 
kelishlarini ifodalashga xizmat qiladi. Ammo yuqorida tushunchalarning shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatuvchi 
omillar haqida so‗z yuritilganda, boshqa psixik jarayonlarning ahamiyati muhimligi e‘tirof etilgandi. 
―Piktogramma‖ metodikasini qo‗llashdan maqsadning bir jihati ham xotira bilan tushuncha shakllanishini 
o‗zaro bog‗lashdan iborat edi.

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling