Ilmiy rahbar: A. Turg’unov Qo‘qon-2023 Mundarija Kirish Asosiy qism


Download 237.18 Kb.
bet1/13
Sana11.05.2023
Hajmi237.18 Kb.
#1454118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdumannobova05.21difur


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA KAFEDRASI

60110600-MATEMATIKA VA INFORMATIKA TA’LIM YO‘NALISHI
05/21-guruh talabasi
Abdumannobova Gulshodaxon Sadirali qizi
MATEMATIK ANALIZ FANIDAN
“Ba'zi geometrik masalalarni oddiy differrsial tоnglаmаlаr
yordamida yechish”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

KURS ISHI



Ilmiy rahbar: A. Turg’unov

Qo‘qon-2023


Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………....3
Asosiy qism
1-§. Differensial tenglama tushunchasi.……………………………………………5
2-§. Differensial tenglamaning geometrik masalalariga tadbiqi………………….15
3-§. Differensial tenglamaning fizika masalalariga tadbiqi……………………….22
Xulosa…………………………………………………………………………….28
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………30

Kirish.
Tanqidiy tahlil , qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak.”
Sh.M.Mirziyoyev.
O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to`laqonli sheriklik o`rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko`lamlari qanday bo`lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligining oshishida qanday ahamiyat kasb etishiga bog`liq.
Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar quyidagilar etib belgilandi:
Har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim massasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv uslubiy materiallarini keng joriy qilish o’quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularni bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarning stajirovka o’tashlarini, professor-o’qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida o’qitish yo’nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish;
Ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o’quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o’qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmonida ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda sohadagi dolzarb hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o’quv va labaratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o’quv metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ravshanki, “Oddiy differensial tenglamalar” kursining “Differensial tenglamalarni fizik va geometrik masalalarga tadbiqi” mavzusi bu fanning xilma-xil va qiziqarli amaliy tatbiqlariga ega bo’lgan mavzusidir.
So’nggi yillarda oliy ta’lim tizimida bu fan, ayniqsa, bu bo’limga ajratilgan soat birmuncha kamayib ketganligi sababli, bu nazariyani atroflicha va chuqur o’rganishning imkoniyati cheklanib qolmoqda. Shu munosabat bilan mazkur kurs ishining mavzusini, ayniqsa, differensial tenglamalarni fizik va geometrik masalalarga tadbiqi o’rganishga bag’ishlangani bejiz emas. Garchi bu mavzuga oid yetarli materiallar turli xil adabiyotlarda turli darajada aks etgan bo’lsada, uni sistemali tarzda bir joyga joylashtirib o’rganishni talab darajasida deb bo’lmaydi. Yuqoridagilarni hisobga olib, kurs ishi mavzusini dolzarb mavzular qatoriga kiritish mumkin.
Kurs ishi mavzusining asosiy vazifalari: Oliy ta’lim muassasalarida “ Differensial tenglamalarni fizik va geometrik masalalarga tadbiqi “ mavzusidagi darslarni tashkil etish.
Kurs ishi mavzusining mazmuni:Mazkur kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


Download 237.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling