Ilmiy rahbar: A. Turg’unov Qo‘qon-2023 Mundarija Kirish Asosiy qism
Differensial tenglamaning yechimi
Download 237.18 Kb.
|
Abdumannobova05.21difur
Differensial tenglamaning yechimi.
Umumiy ko’rinishga ega bo’lgan F(x, y, y’, y’’, …, y(n))=0 (1) Differensial tenglamani qaraylik. Faraz qilaylik, (x) funksiya biror oraliqda aniqlangan va uzluksiz bo’lib, shu oraliqda ’(x), ’’(x), … , (n)(x), hosilalarga ega bo’lsin. Agar (1) tenglamadagi y ning o’rniga (x), y’ ning o’rniga ’(x) , y’’ ning o’rniga ’’(x) va h.k. y(n) ning o’rniga (n)(x) qo’yilganda (1) tenglama ayniyatga aylansa: F(x, (x), ’(x), ’’(x), … , (n)(x))=0 (x) funksiya (1) differensial tenglamaning yechimi deyiladi. Masalan, y=x2 funksiya ushbu xy’-2y=0 (2) birinchi tartibli differensial tenglamaning yechimi bo’ladi. Haqiqatdn ham , y=x2, y’=2x larni (2) tenglamadagi y va y’ lar o’rniga qo’ysak, u holda x 2x-2x2=0 bo’ladi. Ayni paytda y=Cx2( C- o’zgarmas) (3) funksiya ham shu tenglamaning yechimi bo’ladi. Chunki, y= Cx2, y’=2Cx larda (2) tenglama ayniyatga aylanadi: x 2Cx-2Cx2=0. Differensial tenglamaning (3) ko’rinishdagi yechim umumiy yechim deyiladi. Bu umumiy yechimda ixtiyoriy o’zgarmas C ning biror tayin C0 qiymatidagi C0x2 yechim (2) tenglamaning xususiy yechimi deyiladi. Demak, differensial tenglamaning umumiy yechimdagi ixtiyoriy o’zgarmas C ning turli qiymatlarida differensial tenglamaning xususiy yechimlari ( ular cheksiz ko’p bo’ladi) hosil bo’lib, umumiy yechim bu xususiy yechimlarning barchasini o’zida mujassamlashtiradi. Boshqacha qilib aytganda umumiy yechimdan (ixtiyoriy o’zgarmas C ning hech bir qiymatidan) kelib chiqmaydi. Masalan, y’2=4y (y=y(x)) (4) differensial tenglamaning umumiy yechimi y=(x+C)2 bo’ladi. Chunki, y = (x + C)2 , y’ = 2(x + C) lar berilgan tenglamani ayniyatga aylantiradi: [2(x + C)]2 ≡ 4(x + C)2 . Ayni paytda y = (x)= 0 funksiya (4) differensial tenglamaning yechimi bo’lib ( bu ravshan), u umumiy yechimdan (C ning hech bir qiymatida) bu yechim kelib chiqmaydi. Odatda bunday yechim qaralayotgan differensial tenglamaning maxsus yechimi deyiladi. Differensial tenglamaning umumiy yechimidan xususiy yechim argumenti x biror x0 qiymatni qabul qilganda y(x) funksiya berilgan y0 qiymatni qabul qilsin degan shart asosida hosil qilinadi. Bunda x0, y0 boshlang’ich qiymatlar deyiladi, keltirilgan shart boshlang’ich shart deyilib, x = x0, bo’lganda y = y0 yoki yx=x = y0 kabi yoziladi. Umumiy yechimdagi C o’zgarmas shu shart asosida topiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan xy’− 2y = 0 differensial tenglamaning umumiy yechimi y = Cx2 ga ko’ra ushbu yx=2 = 8 boshlang’ich shartni qanoatlantiruvchi xususiy yechimi quyidagicha topiladi: x = 2, y = 8 larni umumiy yechimdagi x va y larning o’rniga qo’yib, 8 = C · 4 bo’lishni, undan esa C = 2 ekanini aniqlaymiz. C ning bu qiymatini umumiy yechimdagi C ning o’rniga qo’yib, izlanayotgan xususiy yechim y = 2x2 bo’lishini topamiz. Differensial tenglamaning boshlang’ich shartni qanoatlantiruvchi yechimini topish differensial tenglamalar nazariyasining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Odatda bu masala Koshi masalasi deyiladi. Download 237.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling