Ilmiy rahbar xulosasi


Download 18.95 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi18.95 Kb.
#1646092
Bog'liq
IR xulosasi


Urganch davlat universiteti “Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)” mutaxassisligi II bosqich magistranti Sheripboyeva Asaljon Rustambek qizining “Mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishda raqamli marketingdan foydalanish samaradorligi oshirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga
ILMIY RAHBAR XULOSASI
Ma’lumki, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, vositachilarning yangi turlarini shakllantirish, xizmatlarni farqlash va individuallashtirishning yangi imkoniyatlari paydo bo‘lishi orqali turizm sohasida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Hamda mehmondo‘stlik va sayyohlik sohasida yangi texnologiyalar va internetning ta’siri kun sayin oshib bormoqda. Bu o‘z navbatida tadbirkorlik faoliyatini, yetkazib beruvchilar va potensial xaridorlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zgartiradi va xizmat ko‘rsatish qulayligi, tezligi va sifati to‘g‘risida mutlaqo yangi g‘oyani shakllantiradi. Shunday ekan, hozirgi kunda turizm sohasidagi ko‘plab korxonalarfaoliyati mijozlarning shaxsiy ehtiyojlarini to‘laqonli tushunishni yaxshilash va ushbu ehtiyojlarga to‘liq javob beradigan marketing takliflarini ishlab chiqishga qaratilgan. Xususan, internet orqali sayyohlik korxonalari hozirgi va potentsial mijozlar uchun alohida afzalliklarni raqamli marketing dasturlari orqali taklif qilishlari mumkin.
Urganch davlat universiteti “Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)” mutaxassisligi II bosqich magistranti A.R.Sheripboyevaning “Mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishda raqamli marketingdan foydalanish samaradorligi oshirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi ham aynan mazkur masalalarni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishni taribi kirish, 3 ta bob, 9 ta paragraf, har bir bob bo‘yicha xulosalar, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qismlaridan tarkib topgan.
Ishning I-bobi “Turizm sohasida markеtingni rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari” deb nomlanib, unda raqamli markеting tushunchasi va uning ahamiyati, turizm faoliyatini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asoslari va xorijiy mamlakatlar turizmida raqamli markеtingni qo‘llash tajribalari yoritilgan.
Ishning II-bobi “O‘zbеkiston turizmida raqamli markеtingni tashkil etish imkoniyatlari” deb nomlanib, unda O‘zbеkistonda turizm sohasining rivojlanishi va tahlili, O‘zbеkiston turizm bozorida markеting faoliyatini rivojlantirish xususiyatlari va O‘zbеkiston turizm bozorida raqamli markеtingni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Ishning III-bobi “Turizmda raqamli markеting samaradorligini oshirish yo‘nalishlari” deb nomlanib, unda turizmda raqamli markеting turlari, stratеgiyasi va ularni qo‘llanilishi, raqamli markеting samaradorligini oshirishda rеklama faoliyatini takomillashtirish yo‘llari va O‘zbеkistonda raqamli turizmni rivojlantirish istiqbollari o‘rganilgan.
Ana shulardan kelib chiqib, magistrant A.R.Sheripboyeva tomonidan tayyorlangan “Mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishda raqamli marketingdan foydalanish samaradorligi oshirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishini DAK oldida yuqori bahoga himoya qilishiga tavsiya qilaman.


UrDU Turizm va mehmonxona
xo‘jaligini boshqarish kafedrasi
dotsenti, PhD.: dots. A.B.Sherov
Download 18.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling