Ilmiy tadqiqot asoslari


Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va taraqqiyoti omillari


Download 250.57 Kb.
bet13/25
Sana18.06.2023
Hajmi250.57 Kb.
#1564004
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot asoslari

1.4. Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va taraqqiyoti omillari

Tayanch iboralar va atamalar: tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, ilmiy faoliyat, omillar, maqsad va vazifalar, rejalashtirilgan natija, ilmiy ishlanmalar, nazariyani rivojlantirish, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, texnologiya, metod, metodologiya, fundamental ilmiy tadqiqotlar, ITI ning ko’lami, ilmiy-nazariy, ilmiy-tajribaviy, nazariy-amaliy, ilmiy bilimlar.

Mavzuning matni: Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va taraqqiyoti omillari.

Jamiyatimiz XXI asrga qadam qo’ydi. Yangi asr, o’z navbatida zimmamizga muhim vazifalarni qo’ymoqda. Bu esa mazkur asrning faol ishtirokchisidan jahon andozalari talablari bo’yicha axborot ma’lumotlari bilan ishlash yo’nalishidagi savodxonligini oshirish muammosini qo’ymoqda. Bugungi kunda hech kimga sir emaski, har qanday hodisa va jarayonni o’rganish yoki boshqarishga ijodiy yondashilmas ekan ko’zlangan maqsadga erishishning optimal variantini har doim ham tanlay olish kafolatlanmaydi. Bu esa inson tafakkuri maxsuli bo’lgan zamonaviy bilimlar bilan bog’liqdir.
Ilm-fanning rivojlanishi insoniyat ilmiy, ijodiy faoliyati mahsuli bo’lganligi sababli ham mazkur faoliyat orqali kishilar ilmiy bilimlarni topadi, o’zlashtiradi, tizimlashtiradi va keyingi faoliyatda ulardan foydalanadi. Ushbu jarayonlarni hisobga olib ilmiy bilimlarni shartli ravishda quyidagicha tuzilmaga (tashkil etuvchilarga) ega deb atashimiz mumkin:
- bilim sohalari bo’yicha: tabiiy fanlar; ijtimoiy-gumanitar fanlar; matematika va h.k.; - ilmiy faoliyat natijasi bo’yicha: referat, annotatsiya, tezis, maqola va h.k.
Ma’lumki, ilmiy faoliyat bilim olish va ularning tahlili hamda sintezi, undan ilmiy ijodiyotning keyingi bosqichini takomillashtirishida foydalanishi kabi jarayonlarga yo’naltirilgan bo’ladi.

Download 250.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling