Ilmiy tadqiqot asoslari


Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari


Download 250.57 Kb.
bet19/25
Sana18.06.2023
Hajmi250.57 Kb.
#1564004
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot asoslari

1.6. Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari

Tayanch iboralar va atamalar: mavzuni tanlash va asoslash, muammoning qo’yilishi, dastlabki faraz, ishchi faraz, nazariy bilimlar, anketa savollari, suhbatlar, mutaxassis olimlar maslahatlari, mavzuga mos metodologik asoslar, ob’ekt, nazariy tadqiqot, modellar, algoritmlar, metodlar, ilmiy-nazariy ishlanmalar, texnologiyalar, mezonlar, tamoyillar, yechimlar (natijalar), amaliy tadqiqot natijalari, tasdiqlovchi eksperiment o’tkazish, xulosalar, uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar.


Mavzuning matni: Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari.

Ma’lumki, ilm-fan ijtimoiy ong shakllaridan biri, ularni turli holatlarda uchratish mumkin. Odatda, ular tabiat va jamiyatdagi qonuniyatlarni qondirish jarayoni sifatida qaraladi va qonuniyatlar ulardagi barcha bog’lanishlar (aloqadorliklar)ni o’rganishga yaroqli bo’lmog’i lozim. Ilm-fanning bilish jarayonining asosi ekanligi ham ushbu xususiyat bilan belgilanadi. SHu sababli ham ilm-fan tabiat va jamiyatdagi jarayonlarni o’rganish hamda ular natijalari tahlili asosidagi bilimlarni hosil qilishni hal etadi va bunga ilmiy tadqiqot jarayoni, deb qaraladi.
Albatta, har bir jarayon kechishi va hodisa ro’y berishi ma’lum ketma-ketlik asosida bo’ladi, ya’ni ularni shartli ravishda algoritmik tarzda ifodalash mumkin. Demak, tabiiyki, ularni aks ettiradigan (o’rganadigan va tahlil qiladigan) ilmiy tadqiqot jarayoni ham algoritmik tarzda shakllanadi. Bunda aniqlash, o’rganish, yaratish natijasi, tahlil qilish, sintezlash, xulosalash va
tavsiya berish borasidagi ishlarida ilm-fan imkoniyatlari cheksizligi haqidagi tushunchani tadqiqotchining bilishligi nihoyatda muhim. SHuning uchun, tadqiqotchining bilish jarayoni mazmuni va shaxsiy ko’nikmalaridan qat’iy nazar, ilmiy tadqiqotlar jarayoni hamma vaqt ma’lum bir bosqichlar ketma-ketligi bo’yicha olib boriladi.
Ma’lumki, ilmiy tadqiqot bu ob’ektiv borliqni, qonuniylikni va dunyo barqarorligi hodisalari aloqadorligini o’rganadigan jarayondir. Bilish inson ongining va fikrining ilmiy tadqiqot yordamida boshqariladigan noaniqlikdan aniqlikka yoki oddiydan murakkabga yoki to’liqmaslikdan to’liqlikka yo’naltirilgan murakkab jarayon.
Demak, bu jarayonni murakkab ya’ni ko’p qirrali va ko’p variantli dinamik tizim sifatida qarash mumkin bo’ladi. SHu sababli ham uni boshqarish ham o’ziga xos innovatsion yondashuvni talab etadi va ular mazkur jarayonni boshqarishning optimal variantlarini yaratish imkonini beradi. Ularni shartli ravishda quyidagi tartibda ifodalashni lozim topdik (1.6.1-shakl). Endi ushbu jarayonning har bir bosqichiga qichqacha ma’lumot berib o’tamiz.

Download 250.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling