Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Ana shunday ezgu ishlarimizning davomi sifatida maxsus dasturlar bo‘yicha 1 ming 200 ta bolalar sporti obyekti barpo etilgani, 278 ta musiqa va san’at maktabini yangitdan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayotganini ta’kidlash lozim. Albatta, oldimizda turgan ezgu maqsadlarimizga erishish yo‘lida yaratilgan barcha keng imkoniyatlar e’tirof etilayotgan bir paytda, biz, eng avvalo, bunyod etilayotgan sharoitlarga bamisoli jon va kuch berayotgan, ularni ishga solayotgan muallim va murabbiylarning og‘ir va mas’uliyatli mehnatining o‘rni va ahamiyatini chuqur anglab, ularni munosib qadrlash va baholash barchamizning doimiy e’tiborimiz markazida turishini yaxshi tushunamiz. (Prezidentimizning «O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga» tabrigidan). 6 A’LUMKI, iqtisodiyot- ni rivojlantirish, uning tarmoqlarini moderni- zatsiyalashtirish va unda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston jahonning ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlari qatorida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan ham faol va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. O‘zbekiston ushbu nufuzli tash- kilotning 15-yirik aksiyadoridir. O‘z navbatida, OTB O‘zbekiston uchun kredit portfellarining hajmi bo‘yicha eng yirik xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanadi. O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik zamirini nafaqat O‘zbekistonni, balki mintaqa- mizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlan- tirish, uning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi jarayonlariga hissa qo‘shish, mintaqada inson omilini oshirish kabi maqsadlar tashkil etadi. Ushbu maqsadlar Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekiston uchun strategiyasida ham o‘z ifodasini topgan. 1996-yildan to 2010-yilning may oyiga qadar OTB tomonidan O‘zbekiston uchun ajratilgan kredit resurslarining miqdori 1,2 milliard AQSH dollarini tashkil qilgan va u asosan ta’lim, qishloq xo‘jaligi, transport, energetika sohalari va kichik biznesni qo‘llab- quvvatlashga yo‘naltirilgan. Tosh- kentda bo‘lib o‘tgan OTB bosh- qaruv kengashining 43-yillik majlisida O‘zbekiston uchun yana 1 milliard 115 million AQSH dollari miqdorida kredit ajratilishi haqida kelishuvlar imzolandi. Xo‘sh, mintaqaviy moliyaviy tashkilotlar, xususan Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun qanday imkoniyatlarni yuzaga chiqarmoqda? Buni aniq loyihalar misolida ko‘rib chiqish mumkin. Bugungi kungacha OTB ko‘magida va hamkorligida ta’lim sohasida darsliklarni nashr etish tizimini takomillashtirish, dars- liklarning sifati, yaroqliligi va ochiq savdoda bo‘lishini ta’minlash, o‘quv dasturlari va darsliklar yaratish bo‘yicha milliy salohiyatni shakllantirish bo‘yicha miqdori 290 million AQSH dollariga teng 8 ta loyiha, qishloq xo‘jaligi soha- sida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ul- lanuvchi mavjud korxonalarni qayta tiklash va modernizatsiya qilish, oilaviy fermer xo‘jaliklari samaradorligini oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi dastgohlar yetka- zib berish bo‘yicha miqdori 345 million AQSH dollariga teng 8 ta loyiha, transport va informatsion- kommunikatsiya texnologiyalari sohasida 265 million AQSH dol- lariga teng 4 ta yirik loyiha amalga oshirildi. Shuningdek, mikro- moliyalashtirish, kichik biznesni, kredit uyushmalarini rivojlan- tirishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirishda ham OTB bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 1 Yuqorida ta’kidlab o‘tilgani kabi, Toshkentdagi OTB bosh- qaruv kengashining 43-yillik majlisi doirasida OTBning O‘zbekistonga ajratayotgan kredit miqdori ikki baravarga oshdi va u quyidagi istiqbolli loyihalarga yo‘naltirildi: 1. Umumiy loyihasi 1,28 milliard AQSH dollariga teng Talimarjon IESda quvvati 800 MVt. bo‘lgan parogaz qurilmasini qurish uchun 350 million AQSH dollari miqdorida moliyalashtirish kiritish. Ushbu loyiha natijasida mamlakatdagi elektroenergiya ishlab chiqarish samaradorligi 50 foizgacha o‘sishi, atmosferaga zararli gazlarning chiqarilishi yiliga 1 million tonnagacha kamaytirili- shi ko‘zda tutilgan. 2. Milliy avtomagistralni modernizatsiya qilish doirasida 600 mln. AQSH dollariga teng moliyalashtirish kiritish. Loyiha asosida A380 magistrali bo‘yicha uzunligi 220 km.ga teng avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilinadi. Ma’lumki, A380 magistrali yurti- mizni qo‘shni davlatlar bilan bog‘lovchi va jahon bozoriga olib chiquvchi hal qiluvchi strategik avtomagistral hisoblanadi va bu magistralni rekonstruksiya qilish natijasida xalqaro yuk tashishdagi masofalar qisqarib, vaqt tejab qolinadi, shuningdek, mavjud infrastrukturani rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish- da katta ahamiyat kasb etadi. Loyiha uch transhda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning 115 million AQSH dollari miqdoridagi birinchi transhi OTBning Toshkent anjumani arafasida ajratildi. 3. “Agrobank”, “Hamkor- bank”, “Ipak yo‘li” banklariga mikrokreditlash va kichik biznesni FAOL MUNOSABATLAR, YANGI ISTIQBOLLAR M
7 rivojlantirish maqsadida 50 mln. AQSH dollariga teng kredit tarmoqlarini ochish. O‘z o‘rnida bu resurslar O‘zbekiston banklari tomonidan ishlab chiqarish, savdo-sotiq va xizmat ko‘rsatish sohalariga va boshqa investitsion loyihalarga yo‘naltiriladi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan bu yirik anjuman OTB va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi va O‘zbek- istonning bundan keyingi jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun turtki bo‘ldi. Bu shundan dalolat beradiki, O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat, xususan xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan ishonchli hamkor sifatida tan olinmoqda va mamla- katimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat qo‘llab-quvvat- lanmoqda. OTB va mamlakatimiz o‘rta- sidagi o‘zaro manfaatli hamkor- likning keyingi istiqboli haqida shuni aytish mumkinki, bu stra- tegik hamkorlik birinchi navbatda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojla- nishining zamonaviy holatidan va mintaqamiz uchun ahamiyatli bo‘l- gan masalalardan kelib chiqadi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respubli- kasi Prezidenti Islom Karimov- ning Osiyo taraqqiyot banki bosh- qaruvchilar kengashi 43-yillik majlisining ochilish marosimidagi nutqidagi ushbu fikrlarni eslash joizdir: “Birinchidan, Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston uchun o‘ta muhim bo‘lgan iqtiso- diyotni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish dasturlarini amalga oshirishda bizning asosiy hamkorimiz bo‘lishi mumkin, deb hisoblaymiz. Bu dasturlar eksport tarkibida yuqori texnologik, yuksak sifatli, raqobatbardosh mahsu- lotlar ulushini oshirishni hisobga olgan holda, boy tabiiy resurslarni, mineral, uglevodorod va qishloq xo‘jalik xom ashyolarini chuqur qayta ishlashga yo‘naltirilgan” 2 .
taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ustuvor o‘rin aynan iqtisodiyot real tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilishi mumkin. Bu yo‘nalish O‘zbekistonning sanoat salohiya- tini oshirish va shu orqali aholi turmush farovonligini yuksalti- rish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish kabi maqsadlarni o‘zida ifodalaydi. Jahon iqtisodiyotining so‘nggi o‘n yilliklaridagi rivojlanish ten- densiyasiga nazar soladigan bo‘l- sak, unda Osiyo mamlakatlarining o‘rni tobora oshib borayotganiga guvoh bo‘lamiz. Shuningdek, yirik iqtisodchi olimlar jahon iqtisodi- yotining bundan keyingi o‘sish omillari ham aynan Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqti- sodiyoti bilan ko‘p jihatdan bog‘- liq, deya ta’kidlamoqdalar. Albatta, bu jarayonlarda jadal sur’atlarda rivojlanib kelayotgan va jahon iqtisodiyotiga tobora integratsiya- lashib borayotgan O‘zbekiston- ning ham o‘z o‘rni bor. Shu ma’- noda O‘zbekiston va Osiyo taraq- qiyot banki o‘rtasidagi hamkorlik mamlakatimizning strategik maq- sadlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bahodir OLIMOV, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Tashqi iqtisodiy va investitsion faoliyat fakulteti 2-kurs magistranti 1 Àçèàòñêèé áàíê ðàçâèòèÿ è Óçáå- êèñòàí. Èíôîðìàöèîííûé áþëåòåíü, 2010 ãîä, àïðåëü. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Osiyo taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashi 43-yillik majlisining ochilish marosimidagi nutqi. «Xalq so‘zi» gazetasi, 2010-yil, 4-may. O‘zbekistondagi faoliyatim mobaynida amin bo‘ldimki, mamlakatingiz iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan Inqirozga qarshi choralar dasturi bunda muhim ahamiyat kasb etayapti. Chunki uning doirasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar global muammoni bartaraf etish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, ichki ehtiyojni to‘la qondirish imkonini berayapti. Ayniqsa, neft-gaz, sanoat, kichik biznes sohalari jadal rivojlanayapti. Natijada yalpi ichki mahsulot hajmi tobora ko‘payib, jalb etilayotgan investitsiya miqdori o‘smoqda. Sababi, O‘zbekistonda qulay sarmoyaviy muhit yaratilgan. Xorijlik ishbilarmonlar faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlar yetarli. Shuning uchun yurtingizga jalb etilayotgan sarmoyalar hajmi yil sayin oshib borayapti, mamlakat eksport salohiyati esa tobora rivojlanmoqda. E’tiborlisi, yurtingizda Inqirozga qarshi qo‘llanilayotgan dasturda boshqa davlatlar o‘rganishi kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Iqtisodiyot tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiya qilish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish shular jumlasidandir. Bu kabi oqilona yondashuv global moliyaviy bo‘hronga qaramay, yangi korxonalar barpo etish, yuz minglab qo‘shimcha ish joylari yaratishga zamin bo‘ldi. Bularning barchasi mamlakat aholisining farovonligini ta’minlayotir. Kazuxigo XIGUCHI, Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili («Xalq so‘zi» gazetasi, 2010-yil, 4-may). 8 USTAQILLIK davrida mamlakatimizda ijtimoiy, madaniy va xalqaro ha- yotning deyarli barcha tomonlariga taalluqli ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi bobida faol va samarali qadamlar qo‘yil- diki, bu ko‘p jihatdan mamlakat fuqarolariga axborotdan erkin foydalanish imkoniyatlarini yaratish darajasi bilan bog‘liqdir. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida, respublikada elektron kutubxona tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish va integratsiyalashgan axborot- kutubxona tarmog‘ini yaratish bo‘yicha 2010 — 2015-yillarga mo‘ljallangan dasturning ishlab chiqilishi ham bu sohaga bo‘lgan e’tiborning natijasidir. Butun axborot imkoniyatlari asosan, kutubxonalarda yig‘ilgan bo‘lib, foydalanuvchilar aynan shu yerda yig‘ilgan yoki uzoq- dagi axborotdan foydalanishlari mumkin. Axborot va internet texnologiyalarining rivojlanishi, kutubxonalar resurslarini tartibga keltirish, elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, ularga erkin kirib, foydalanishni ta’minlash imkonini beradi. Prezidentimizning so‘zi bilan aytganda: “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib bugungi kunda kutubxona- larimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astrono- miya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir...” Axborot-kutub- xona faoliyati yanada taraqqiy etsagina ana shunday boyliklarni saqlash, samarali va erkin foyda- lanish imkoniyatidan tobora to‘liq foydalanishga erishamiz. Hozirgi vaqtda respublikada axborot-kutubxona muassasalari- ning umumiy soni 12 mingdan ortiq bo‘lib, shu jumladan axborot- kutubxona markazlari — 14 ta, axborot-resurs markazlari — 2 761 ta va davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organ- lari kutubxonalari — 9636 tani tashkil etadi. Ularda saqlanayotgan axborotlardan erkin foydalanish, foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’- limiy ehtiyojlarini qondirish, aho- lini axborot bilan keng ko‘lamda ta’minlash uchun zarur shart- sharoitlar yaratish bugungi kun- ning talabidir. Axborot-kutubxona muassa- salari faoliyatida xizmat ko‘rsatish- ning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texno- logiyalarini joriy qilish sohasida ham ijobiy natijalarga erishildi. Lekin, shunga qaramasdan, ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yetarli darajada emasligi, foydalanuv- chilarning ehtiyojlarini qondirish hamda axborot-kutubxona resurs- laridan samarali foydalanish bo‘yicha ish olib borish tizimli tarzda yo‘lga qo‘yilmaganligi kuzatilmoqda. Demak, axborot-kutubxona faoliyatini yanada takomillash- tirish, foydalanuvchilarga axborot- kommunikatsiya texnologiya- laridan foydalangan holda yangi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’min- lash maqsadida ushbu sohadagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solib boruvchi me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilinishini davr taqozo etdi. Shu bois ham, “Axborot- kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2010-yil 2-iyul kuni Oliy Majlis Qonun- chilik palatasiga kiritildi va joriy yilning 29-iyul kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida 150 ta deputatlar tomonidan keng muho- kama qilinib, birinchi o‘qishda konsepsual jihatdan qo‘llab- quvvatlandi. Ushbu Qonun loyihasining asosiy maqsadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining tamoyil va me’yorlariga asosan, axborot-kutubxona faoliyati soha- sida davlat siyosatini belgilash va ular faoliyatini davlat tomonidan boshqarish mexanizmini yaratish- dan iboratdir. Mazkur Qonun loyihasi bilan ishlash Axborot va kommuni- katsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasiga taqdim etildi. Uni takomillashtirish va ikkinchi o‘qishga tayyorlash yuzasidan Qo‘mita qoshida tuzilgan maxsus KENG VA ATROFLICHA MUHOKAMA “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini takomillashtirish jarayoni M
9 ishchi guruhi tarkibiga Qo‘mita a’zolari bilan bir qatorda ekspert- mutaxassislar jalb etildi. Ayni Qonun loyihasining yanada mukammal bo‘lishini ta’minlash maqsadida bir qator vazirlik va idoralarning fikr- mulohazalari ham o‘rganildi, jumladan, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Tosh- kent davlat yuridik instituti, Falsafa va huquq instituti, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti mutaxassis- larining takliflari olindi. Qonun loyihasi VI bob va 25 moddadan iborat. Loyihaning birinchi bobida (1,2,3,4) Qonunning asosiy maqsadi, mamlakatimiz va xalqaro kutubxona tajribasiga asoslangan holda, axborot-kutubxona fao- liyatida foydalaniladigan asosiy tushunchalar va axborot-kutub- xona faoliyatining asosiy vazifa- larini belgilab beradigan to‘rtta modda;
loyihaning ikkinchi bobida (5,6,7,8,9,10) axborot-kutubxona muassasalarining tarkibi (universal hamda maxsus), turlari (Milliy kutubxona, axborot-kutubxona markazlari, axborot resurs mar- kazlari, davlat hokimiyati va bosh- qaruv organlarining kutubxona- lari hamda boshqa kutubxona- lar)ning asosiy faoliyati va ularni tashkil etish, tugatish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilab beradigan oltita modda;
loyihaning uchinchi bobida (11,12,13) axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat bosh- qaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus vakolat berilgan davlat organi tomonidan amalga oshi- rilishi majburiyatlarini, ularni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash va moliyalashtirish tartibini belgilaydigan uchta modda;
loyihaning to‘rtinchi bobida (14,15,16) axborot-kutubxona fondini muassasaning vazifalariga va belgilangan maqsadiga muvofiq shakllantirish, jamlash, hisobga olish, saqlash va undan foyda- lanishga oid normalarni, nashr- larning majburiy nusxalarini olish, noyob va alohida qimmatli nashrlarni asrash hamda, alohida ta’kidlash kerakki, axborot- kutubxona muassasalari moddiy- texnika ta’minotining yomon- lashishiga, mehnatni muhofaza qilish talablariga, fondlarini saqlash normalari va shart- sharoitlariga to‘g‘ri kelmaydigan binolarga ko‘chirishga yo‘l qo‘y- maydigan normalarni belgilaydi- gan uchta modda; loyihaning beshinchi bobida (17,18,19,20,21,) axborot- kutubxona muassasalarida samarali xizmat ko‘rsatishni kafolat- laydigan, muassasa va ulardan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini, shu jumladan, jismoniy imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilarga maxsus texnika vositalari orqali ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan asosiy talablarni, shuningdek, xalqaro hamkorlik sohasidagi prinsiplarni va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birlashmalar tuzish mum- kinligini belgilaydigan beshta modda; loyihaning oltinchi bobida (22, 23, 24, 25) yakunlovchi, ya’ni nizolarni hal etish, axborot- kutubxona faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik, qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlash- tirish, davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini belgilaydigan uchta modda mavjud. Qonun loyihasining nomi axborot-kutubxona faoliyati deb nomlansa-da, uning konsepsiya- sida ko‘proq e’tibor faqat an’ana- viy kutubxona ishini tartibga solishga qaratilgan, shu munosabat bilan ishchi guruhi, loyihaga bir qator konsepsual o‘zgartishlar kiritishni va uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi 381-sonli “Respublika aholisini axborot- kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiqlashtirib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texno- logiyalariga asoslangan axborot- kutubxona xizmati ko‘rsatish bo‘- yicha yangi normalarni kiritdi. “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respub- likasi Qonuni loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash yuzasidan o‘tkazilgan ishchi guruhi muho- kamalarida loyihaning 3 moddasi- dagi “axborot-kutubxona insti- tuti”, “axborot-kutubxona mar- kazi”, “axborot-resurs markazi”, “kutubxona” tushunchalari alo- hida moddalar sifatida chiqarildi, “foydalanuvchi” tushunchasi, “Axborot-kutubxona muassasa- larining birlashmalari” deb nom- langan yangi moddalar kiritildi. Qo‘mita tomonidan Qonun loyihasini maromiga yetkazish yuzasidan soha mutaxassislari va ekspertlarni jalb etgan holda ishchi guruhining yig‘ilishlari rejali tarzda o‘tkazilib kelinmoqda. Bunday muhokama jarayonlarida bildirilgan konstruktiv takliflar Qonun loyi- hasining normalarida aks ettirildi. Shuningdek, Qo‘mitaga mazkur Qonun loyihasini takomillash- 2 «Sog‘lom avlod uchun», 2010-yil, 10-son. 10 tirishga qaratilgan 200 tadan ortiq yozma taklif kelib tushdi. Bildiril- gan barcha takliflar ishchi guruhi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi va ularning 100 dan ortig‘i Qonun loyihasini takomillash- tirishga xizmat qildi. Qo‘mita a’zolari tomonidan mazkur Qonun loyihasining kon- sepsiyasi va mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali munta- zam ravishda ma’rifiy-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, televideniyada, radioda, gazetalar sahifalarida Qonun loyihasining ahamiyati, dolzarbligi va kiritila- yotgan normalarning aholi man- faatlariga mos ekanligi, shu bilan birga, o‘z yechimini kutayotgan muammolar to‘g‘risida fikr yuri- tilmoqda. Ushbu Qonun loyihasining mukammal va jahon andozalariga mos bo‘lishini nazarda tutgan holda, ishchi guruhi tomonidan 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning kutubxonachilik to‘g‘risidagi qonunlari o‘rganildi. “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Res- publikasi Qonunining qabul qili- nishi kutubxonalarning axborot- kutubxona va axborot-resurs markazlari sifatida yangi mavqeini belgilash, respublika axborot- Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling