Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Indoneziya, Vetnamda hozirda ham saqlanib qolgan. Dunyoning qator mamlakat- larida, jumladan, Braziliyada har yili «Suv bayrami» o‘tkaziladi. Hatto Afrika qit’asidagi davlatlar- dan birining gerbida suv tomchisi ramzi naqshlangan ekan. Biz, unutilgan va unutilayoz- gan bir qancha urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni istiqlol sharofati bilan tiklamoqdamiz. «Suv bay- rami» ham bizning unutilgan ko‘hna urf-odatlarimizdan, xayrli qadriyatlarimizdandir. Har yili may oyida Namangan viloyatida «Gullar sayili» o‘tkaziladi. Shahar va qishloqlar turli-tuman anvoyi gullarga burkanadi. Gul — go‘zal- lik, ezgulik, muhabbat va nafosat ramzidir. «Gullar sayili» inson- larni go‘zallikka, ezgulikka, tinch- likka undaydi. Xuddi, «gullar sayili»ga o‘xshash har yili ma’lum bir vaqtda respublikamiz miqyo- sida «Suv bayrami» o‘tkaziladigan bo‘lsa, eng ulug‘ xayrli ishni boshlagan bo‘lar edik. O‘zbek xalqida Vatan tuyg‘usi, xalq manfaatlari hissi, vijdon, iymon, muqaddas narsalarga XX
21 e’tiqod bor. Biz aslan qadimiy pok, ma’naviyati but, ma’rifatli, ulug‘ xalqlardanmiz. Abu Rayhon Beruniy, Al-Farobiy, Ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur, Behbudiy, Fitrat, Munavvar qori Abdura- shidxonov kabi buyuk siymolar- ning avlodlarimiz, vorislarimiz. Ularning suvga e’tiqodlari juda yuqori bo‘lgan. Biz ham suvga bo‘lgan yuksak e’tiqodni ulardan o‘rgansak arziydi. Suvning solnomasi — tarixi qadim-qadimlarga borib taqaladi. Suvni e’zozlash, tejash, uvol qilmaslik, behudaga sarflamaslik, sifatini saqlash kerakligi haqidagi dastlabki yozma ma’lumotlar islomgacha bo‘lgan davrlar (eramizgacha bo‘lgan 589 — 512- yillar)da yaratilgan zardushtiy (otashparast)lar dinining muqad- das kitobi «Avesto»da uchraydi. Bu kitobda suv, tuproq, havo, olovni asrash haqida shunday so‘zlar bitilgan: «Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir... Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga mahkumdir». Shu kitob- ning boshqa sahifasida esa «Tog‘- ning bir jilg‘asini quritgan, suvning bir tomchisini bulg‘atgan — ifloslantirgan har bir kimsa tangri qahriga uchrab do‘zaxga kiradi», deb yozib qo‘yilgan. Allohning muqaddas uyi — Masjid-al Haram ostidan chiqa- yotgan «zamzam» suvi butun islom olami uchun naqadar ulug‘, tabarruk bo‘lsa, yurtimiz suvlari ham biz uchun shuncha- lar muqaddas, aziz va tabarrukdir. Bu suvlardan bir marotaba totib ko‘rgan inson dunyoning qaysi go‘shasiga bormasin, u yana qayta- qayta jannatmakon diyorimizga — O‘zbekistonga talpina beradi. Tomchisi gavharga teng zilol suv- larimiz odamlarni mehrigiyodek o‘ziga tortib rom eta beradi. Ajabo, o‘zbek suvining ajib bir sehri, ohanrabosi bormi, deging keladi. Olimlarning ta’kidlashlaricha, «zamzam» suvi bir qator ma’- danlar, jumladan, kumush ma’- danlari orasidan oqib kelar ekan. O‘zbekistonning Parkent, Zarkent, Xumson, Burchmulla, Kumushkon, Chotqol, Tyanshan tog‘laridan oqib keladigan suvlarini ham obi zamzamga qiyoslash, o‘xshatish mumkin. XIX asrda Qo‘qonda yashab ijod etgan iqtidorli shoira va muallima Dilshodi Barno o‘zbekning bir qatra suvini ming obi «zamzamga» qiyoslab: Men senga doim munis-u hamdam, Lahza nasiming dardimga malham.
Har qatra suving ming obi zamzam, Ko‘b mehr-u shafqat sanda mujassam, Farzand erurman, san — onajon, — deb she’r bitganida, ming bora haq edi.
Tomchi suvda olam aks etga- nidek, suv shirin-shakar nashvati- larga, sharbati til yorar olma- anorlarga, uzum-anjirlarga, qovun-tarvuzlarga, xushbo‘y handalaklarga aylanib, xalqimiz dasturxonini bezaydi, to‘kin- Hayqirib keladi suvlar... Burxon RIZOQULOV suvratga tushirdi.
22 sochin qiladi, poliz ekinlariga, eng asosiysi, «oq oltin» — paxtaga ayla- nib, turna qator yuk avtoulov- larida, eshelon-eshelon vagon- larda, havo va suv kemalarida butun dunyoga tarqaladi. Jahon bozorida o‘zbekning ho‘l mevasiga ham, «oq oltini»ga ham talab katta. Buning asosiy sabablaridan biri, albatta, suvdir. Umring boqiy bo‘l- sin, buloqlaring, ariqlaring, soy- laring, anhor-u daryolaring aslo qurimasin, to‘xtamasin, sharqi- rab oqa bersin. Shirinliging, tiniqli- ging, hayotbaxshliging hech qachon arimasin. Sening bir qatrang oltin zarrasiga tengdir, aziz va muqaddas Suv! Suv xotirasida ko‘z ilg‘amas darajada olis tarixning ne-ne voqealari naqshlangan. U qan- chadan-qancha dahshatli urush suronlarini, «suv janjallari»ni boshidan kechirgan... Suv tala- shib, qabilalar, qavmlar, elatlar qirilib ketgan. Suv quduqlari, sardobalar, buloq va chashmalar uchun bo‘lgan to‘polonlarda yuzlab odamlar, hatto go‘daklar ham halok bo‘lgan... Urush suronlarida, qonli bos- qinlarda buloqlarning ko‘zi yumil- gan, sardobalar buzilib yer bilan barobar qilingan, anhorlar, kanal- lar, suv quduqlari ko‘mib tashlan- gan, zaharlangan. Urush ketayotgan davrda suv juda katta harbiy strategik ahamiyat kasb etgan. Misol tariqasida suv bilan bevosita bog‘liq bir tarixiy faktni keltiraylik. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Bo‘zsuv-Anhor Toshkent vohasini suv bilan ta’minlab turuvchi katta qon tomiri — hayot negizi hisob- langan. Anhordan shaharning to‘rt tomoniga bamisoli mayda qon tomirlari kabi kichik-kichik kanal- lar, ariqlar tortilgan bo‘lib, aholi kundalik turmushida ana shu suvdan foydalangan, dehqonchilik qilgan. 1865-yil bahorining so‘nggi kunlarida chor Rossiyasining bos- qinchi armiyasi general Chernya- yev boshchiligida Toshkentni bosib ololmay, qamal qilib, hozirgi G‘azalkent shahridagi Niyozbek qal’asini egallaydi va uni yonida boshlanadigan Bo‘zsuv kanalini to‘sib, suvini qaytadan Chirchiq daryosiga qo‘shtirib yuboradi. Toshkent vohasi ichidagi quduq va buloqlarning suvi xalq- ning yashashiga kifoya qilmay qoladi. Xalqning jonbozlik ko‘rsa- tib jang qilishiga qaramay, Toshkent chor askarlari tomoni- dan bosib olinadi. Buning sababla- ridan biri shahar ichidagi suv taqchilligi muammosi edi... VI — VIII asrlarda toshga o‘yib yozilgan «O‘rxun-Enasoy» bitik- larida ham suv va uning tarixi, taqdiri haqida qimmatli ma’lu- motlar uchraydi. «Qul Tegin» yodgorliklaridagi «Katta yozuv»da suv haqida toshlarga shunday so‘zlar bitilgan: «Ko‘chmay yer-suv egasiz qolmasin deyman». «Yer-suv ega- siz qolmasin» so‘zlariga ahamiyat bering. O‘sha davrlarda ham suv- ning o‘z egasi bo‘lgan. Ulkan daryolardan xalq yashaydigan maskanlarga, deh- qonchilik qilinadigan yerlarga biror odam o‘z mablag‘i hisobiga ariq yoki kanal qazdirib suv kel- tirsa yoxud suv qudug‘i qazdirsa, sardoba qurdirsa, bularning barcha- siga uning o‘zi egalik qilgan. Hozirgacha saqlanib qolgan «Bekning chashmasidan suv ichma», «Suv sultonniki»... kabi naqllarga qaraganda ham suvning egasi bo‘lgan. «Suji bitik toshi»da ham shunday satrlar o‘yib yozilgan: Sizlarimga... elim, Sizlarimga yerim-suvim. Keltirilgan faktga qaraganda ham xoqon yoki ulus, qabila boshlig‘i o‘z vorislariga yerini, suvini meros sifatida qoldirayot- ganligi ma’lum bo‘ladi. Demak, o‘sha davrlarda turli- tuman qimmatbaho buyumlar, uyur-uyur yilqilar, suruv-suruv qo‘y-qo‘zilar, to‘p-to‘p qoramol podalari, sandiq-sandiq oltin-u javohirlar, poyonsiz, hadsiz, chegarasiz yerlar... bilan bir qatorda buloqlar, chashmalar, suv quduq- lari, daryolardan tortilgan kanal- lar, katta ariqlar ham meros tariqasida qoldirilgan ekan. Suv insoniyatning ma’naviy- maishiy, ijtimoiy-siyosiy hayo- tida, o‘troqlashuvida, madaniyla- shuvida juda katta ahamiyat kasb etgan. Tarixiy manbalardan ma’lumki, qadim zamonlarda odamlar ko‘chmanchilikda hayot kechirib, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Ular o‘zlariga qulayliklar izlab, katta suv havza- lari atroflarini, daryolarning, sersuv soylarning qirg‘oqlariga yaqin joylarni makon tutganlar. Natijada dehqonchilikka asos solinib, xalqning o‘troqlashish jarayoni boshlangan. Uzoq o‘tmishda odamlarning suv havza- lari, daryolar, soylar yaqiniga joylasha boshlaganliklari haqida she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy bir g‘azalida shunday o‘xshatish qilib yozadi: Vodiyi ishqing makon qildi ko‘ngul ko‘rgach yuzing, El biyobon ichra manzil aylagandek suv ko‘rub. Suv elatlarning o‘troqlashu- vida, birlashuvida, katta o‘rin tutgan. Sharqning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy (973 — 1048) o‘zining «Geodeziya. Maskanlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarni chegara- lash» kitobida «Odamlar Jayxun- ning har ikkala qirg‘og‘i bo‘ylab
23 uch yuztadan ziyod shahar va kentlar bunyod etishgani, ular- ning xarobalari saqlanib turganligi» haqida aniq ma’lumotlar yozib qoldirgan. Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘zining mashhur tarixiy asari «Boburnoma»sida Farg‘ona viloyatining bir qator shaharlari Sayxun-Sirdaryoning ikki qirg‘o- g‘ida bunyod bo‘lganligi haqida shunday ma’lumot beradi. «Far- g‘ona viloyati beshinchi iqlimdindir. Yetti pora qasabasi bor, beshi Sayxun suyining janub tarafida, ikki shimol jonibida...» («Bobur- noma». T.: Fan, 1960, 60-sahifa). Dunyodagi o‘nlab shaharlarning nomlari ham bevosita suv havzalari — soylari, daryolar, ko‘llarning nomlari bilan uzviy bog‘liq. Qashqadaryo, Surxondaryo, Ohangaron, Panjikent, Ko‘lob (Tojikiston), Yettisuv (Qozo- g‘iston), Qizilsuv (Turkma- niston), Iordaniya, Panjob (Hindiston), Marsel (Fransiya), Chirchiq kabi shaharlar, Soyliq, Tovoqsoy, Obliq kabi qishloqlar fikrimizning yorqin dalilidir. Jayxun va Sayxun daryolari pastda, ularning suvlarini yuqoriga — ekinzorlarga ko‘tarish — tortish zarur. Buning uchun aql-idrok kerak... Sekin-asta dehqonchilikda foydalaniladigan suvni yuqoriga ko‘tarib beruvchi inshootlar, asbob-uskunalar ixtiro qilinadi... Daryo suvlarini to‘suvchi «Band- lar», «Suv bo‘luvchi ravoqli ko‘priklar», «Soqalar», «Arnalar», «Bedaklar», «Solmalar» turli «Suv quloqlari», «Sardobalar», «Korizlar», «Novlar» qurila bosh- lagan. Natijada Farg‘ona vodiysi va Xorazm vohasida o‘z davriga nisbatan ilg‘or bo‘lgan suv irri- gatsiyasi taraqqiy topgan. X — XI asrlarda suv sabab, Farg‘ona vodiysi va Xorazm voha- sida handasa, trigonometriya, al- jabr, geologiya, gidrogeologiya, geodeziya kabi aniq fanlar taraqqiy etdi. Xorazmda Ma’mun akade- miyasiga asos solindi. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Al- Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy kabi jahon miqyosidagi olimlar yetishib chiqdilar. Hatto vatandoshimiz, buyuk olim, Ahmad al-Farg‘oniy Misr davlatining yillik soliq hisob- kitobini Nil daryosi suvining ko‘p yoki kam oqib kelishiga (ko‘tari- lishi yoki pasayishiga) qarab belgilab beruvchi noyob qurilma ixtiro qilganligi haqida tarixiy manbalarda aniq ma’lumotlar mavjud. Barcha davlatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham fan va texnikaning rivojiga suv asosiy «turtki» bo‘lganligi haqiqatdir. O‘ZBEK XALQ IJODI VA MUMTOZ ADABIYOTI SUV HAQIDA ZBEK
ijodkorlari suvni Allohning bashar far- zandiga hadya etgan tabarruk ne’mati deb bilganlar. Chunki suv inson kundalik turmu- shining ajralmas bir bo‘lagi, ma’- naviy olamining ulug‘ boyligi bo‘l- ganligi uchun o‘zbek xalq og‘zaki ijodining va mumtoz adabiyotining yetakchi mavzularidan sanalgan. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida suvni ulug‘lashga, uvol qilmas- likka, toza saqlashga bag‘ishlangan yuzlab topishmoqlar, maqollar, qo‘shiqlar, ertaklar, dostonlar yaratilgan. Elimizning taniqli olimlari To‘ra Mirzayev va Erkli Karimovlarning ta’kidlashlaricha, xalq yaratgan o‘nlab asarlarda suv tanqisligi muammosi kishilik jamiyatining asosiy, dolzarb masa- lalari qatoriga qo‘yiladi. Hatto, xalq og‘zaki ijodiyotida rizq-ro‘zimiz nonga qaraganda ham suv haqida ko‘proq fikrlar bildirilgan. Buni «Qancha yering bor deb so‘rama, qancha suving bor deb so‘ra», degan maqoldan ham ilg‘ash qiyin emas. Xalq yaratgan bir qator ertak va dostonlarda esa suv tanqisligi muammosi alohida mavzu sifatida qo‘yilib, ijobiy hal qilinadi. Bu turkum asarlarning qahramonlari suv izlab, quduqlar qaziydi, cho‘l-u biyobonlarga ariqlar tortib bog‘-u bo‘stonlar yaratadi. Katta daryolarni to‘sib, suvini cho‘llarga buradi... Alisher Navoiy ta’biri bilan ayt- ganda, «Suvdin o‘t yondirib, o‘tdin sepib suv» uning har qatrasini inju va marvaridga tenglashtirishgan. Qadimda yaratilgan afsona va rivoyatlarda, ertak va dostonlarda, topishmoqlarda xalq o‘zining suv haqidagi asriy orzu-umidlarini kuylagan. Suv haqida bitilgan to- pishmoqlarni o‘qiganimizda ona xalqimizning didiga, aql-zakova- tiga, teran fikrlashiga yana bir bor tahsinlar aytamiz. Masalan: U o‘tgan bog‘-u bo‘ston, Maysalarga go‘yo kon. Bosib o‘tar qancha yo‘l, Ishidan gullaydi cho‘l. Keltirilgan to‘rtlik — topish- moqda suvning giyoh unmas bepoyon sahrolarga hayot bag‘ishlashi, u oqib o‘tgan yerlar bog‘-u bo‘stonlarga, ko‘zni quvontiradigan, dilni yayratadigan maysazor va gulzorlarga aylanishi juda o‘rinli, chiroyli, badiiy o‘xshatishlar asosida, aniq va to‘g‘ri ta’rif berilgan. Suvning inson hayotida tutgan o‘rni haqida yaratilgan she’riy topishmoqlar, maqol-matallar va hikmatli iboralar — qimmatbaho ma’naviy javohirlardir. Bunday asarlar, ona xalqimizning suvga bo‘lgan yuksak e’tiqodining, O‘
24 hurmatining bir ko‘rinishidir, shu bilan birga, ular xalqimizning suvni tejashga, e’zozlashga bo‘lgan da’vatlari hamdir. Suv haqida ikki misra, bir misra, hatto bir jumlada olam- shumul fikrlar bayon qilinganki, ularni o‘qib hayratga tushasan kishi. Suvning qadr-qiymati, ta’rifi, muqaddasligi, muqobili — tengi yo‘qligi betakror badiiy lavhalarda ifodalangan: «Suvsiz hayot bo‘l- mas», «Tomchi suvda olam aks etadi», «Yaxshilikni daryoga qil, biyobondan top», «O‘t bergan o‘tini olar, suv bergan suvini», «Tomchi toshni kesar», «Suv tugagan joyda hayot tugaydi», «Toshni siqqan bilan suv chiqmas», «Daryoga hazil qilsang, suvi seni g‘arq etar», «Suvi toza xalqning avlodi toza» kabi. Suv bilan bog‘liq afsona va rivoyatlarning, ertak va doston- larning deyarli barchasi mashhur tarixiy shaxslarning tarjimai hol- larini, faoliyatlarini aniqlashda ham ma’lum ahamiyatga egadir. Dar- haqiqat, bu asarlarni o‘qir ekan- miz, ona yurtimizning bir qator tarzi, urf-odatlari, qadriyatlari va ko‘hna e’tiqodlari bilan tanishtiradi. Eng asosiysi, bu turkum asarlar o‘zida mujassam etgan umuminsoniy qadriyatlar, ezgu g‘oyalar bilan bugungi hayotimiz va kelajagimiz haqida fikrlashga ham da’vat etadi. Odam och qolsa, bir amallab uni to‘ydirish — ilojini topish mumkin. Umuman yegulik, noz-u ne’matlarning sanog‘i ko‘p. Lekin odam tashna bo‘lsa-chi? Suv istasa-chi? Suvning o‘rnini hech qachon, hech narsa bosa olmagan. Bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Buni o‘zingiz ham juda yaxshi bilasiz. Sharqning mashhur shoirlari- dan biri hatto gulob sharbati ham tashnalikni qondirishga aslo qodir emasligini, suv o‘rnini bosa olmas- ligini juda o‘rinli misralarda shunday ifodalagan edi: Gulob sharbatini to‘yib ichsang ham, Suvsiz tashnaliging aslo bo‘lmas kam. Suvga tashna odamning ko‘ziga hech narsa — na «oltin qadah» na «siym-u zar» ko‘rinadi. Bu haqda Alisher Navoiy o‘zining falsafiy fikrlarini she’rga solib, shunday degan edi: Tashnaki ul suv ila istar farah, Qayda kirar ko‘ngliga oltun qadah. Noz-u ne’mat, kiyim-kechak, xullas, inson tirikchiligi uchun hamma narsa bisyor bo‘lsa-yu, tashnalikni qondirishga qodir bo‘lgan bir qultum suv bo‘lmasa, barchasi bekor. Suvsiz ularning sariq chaqachalik ham qadri yo‘q. Bashar farzandi uchun suvdan aziz va tabarruk, qiymatli va zarur ulug‘ ne’mat bormi dunyoda? Uning odamga bo‘lgan marhama- tini faqatgina ona mehri bilan, uning qadimiy shaharlari va qal’alarining, qishloq va kentlarining, buyuk tarixiy shaxslarining nomlari suv manbalari bilan bog‘liq holda badiiy tasvirlanganligining guvohi bo‘la- miz. Xalqimiz yaratgan «Jayxun», «Amudaryo qayerdan boshlanadi», «Chashmai Ayub», «Nurota bulo- g‘i», «Tomdi bulog‘i», «Obi rahmat» kabi afsonalarning mavzu qamrovi nihoyatda keng, rang-barang, ularda o‘zbek xalqining badiiy tafakkuri o‘zining bor jilosi bilan aks etgan. Buloqlar, chashmalar, quduq- lar, hovuzlar, ko‘llar, daryolar haqida o‘nlab xalq afsonalari, rivoyatlari, ertak va dostonlari yaratilganki, ularni bemalol suv tarixi haqidagi badiiy solnomalar deb atash mumkin. Bu turkum asarlarda suvning «ming bir xislati» bo‘rttirilgan fantastik voqealar, xayoliy, badiiy to‘qimalar asosida bayon qilinadi. Suv haqida yaratilgan afsona va rivoyatlar, maqol va hikmatli iboralar, qo‘shiq va topishmoqlar, ertak va dostonlar bizni ajdodlari- mizning xayoliy dunyosi, turmush Shodlik favvorasi. Vladimir GRANKIN suvratga tushirdi.
25 4 «Sog‘lom avlod uchun», 2010-yil, 10-son. oq suti bilan qiyoslash mumkin. Nogoh, biror narsadan qattiq qo‘rqib ketganimizda, bizga suv tutishadi, hushimizni yo‘qotgani- mizda esa, yuzimizga suv sepi- shadi... Jismimizda biror ruhiy o‘zgarish yuz berganida ham, xayolimizdan: «Qaniydi, shu tobda bir piyola suv bo‘lsa», — degan fikr o‘tadi. Hayotimizning eng og‘ir daqiqalarida ham juda, juda suv istab qolamiz. Xayolimizga bir qultum suvdan boshqa hech narsa kelmaydi, ha, ha, bir ho‘plam suvdan o‘zga hech narsani o‘yla- maymiz.
Mana bir misol: barchamizga ma’lumki, 1999-yilning 19-avgusti- da Turkiya davlatining Izmir shahri- da juda katta tabiiy ofat — zilzila yuz berdi. Uning silkinish kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 7-8 ballni tashkil etdi. Zilzila natijasida 15 ming nafardan ziyod aholi halok bo‘ldi. Minglab odamlar vayronalar ostidan qutqarib olindi... To‘rt kecha-kunduz vayrona- lar tagida qolib, o‘lim bilan yuzma- yuz bo‘lgan 8-9 yoshli bolani qutqarib olganlaridan so‘ng uning xayolidan nimalar kechganligini so‘raganlarida, bola faqat suvni o‘ylaganligini, xayoliga bir qultum suvdan boshqa narsa kelmaganli- gini yig‘i aralash so‘zlab berdi. Bola bilan bo‘lgan suhbatni Turkiya televideniyasi butun dunyoga na- moyish etdi. Ba’zan, bir tomchi suv inson taqdirini hal etishi ham mumkin. Suv — najot. Suv — o‘lim. Bu haqda mashhur allomalarimiz hayotidan o‘nlab voqeiy hikoya- larni keltirish mumkin. Siz va bizning tashnaligimizni qondira- digan suv odamni halok qilishi ham, o‘limdan saqlab, najot- hayot bag‘ishlashi ham mumkin ekan. Sharqning mashhur shoiri, «Guliston» va «Bo‘ston» kabi pand- nasihatga oid yirik asarlar muallifi Shayx Muslihiddin Sa’diy Shero- ziy Chingizxon istilosi davrida bir mo‘g‘ul sarbozi tomonidan bandi etilib, haydab olib ketiladi. Ular cho‘l-u biyobonda adashib, yetti kun suvsiz, sargardonlikda yo‘l yurib, bir chashma ustidan chiqib qoladilar. Cho‘l odami — mo‘g‘ul sarbozi tashnaligini qondirish uchun suvdan to‘xtamay ichib, qorni yorilib halok bo‘ladi. Alloma Sa’diy bo‘lsa, avval suv bilan labini, so‘ng halqumini xo‘llaydi, oz fursat o‘tgach, undan bir qultum ichib najot topadi. «Suv bilganga najot, bilmaganga — o‘lim», — deb shuni aytsalar kerak. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy ham «suvning elga o‘limdan amon- lik» beruvchilik fazilati haqida shunday yozgan edi: Suvki berur elg‘a o‘lumdan amon, Tiyra qilur o‘tga yetishgan zamon. Ozarboyjonning yirik adibi Nizomiy Ganjaviy esa hamma narsaning, hatto yeb-ichishning ham me’yori borligini alohida ta’kidlagan edi: O‘qigandim, ikki ziyrak bir yurtda, Bir buloq boshiga kelgan vaqtda,
Biri oz ichishdan o‘ldi nogahon,
Biri ko‘p ichishdan taslim qildi jon. Yeb-ichish yo‘lini bilmayin qanday, Ochlig-u to‘qlikdan o‘ldilar shunday. Suv hayotimizning asl maz- muni, ajralmas bir bo‘lagidir. Kun- Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling