Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana12.09.2017
Hajmi0.49 Mb.
#15581
  1   2   3   4   5   6   7

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal

Barkamol avlod — Vatanning baxti

BU SONDA:

10 ( 174)- son

2 0 1 0 - y i l ,

o k t a b r

Muqovamizda:

B i r i n c h i     b e t :

Muassislar:

  O‘zbekiston Respublikasi

  Xalq ta’limi vazirligi

«Sog‘lom avlod uchun»

Xalqaro xayriya jamg‘armasi

«Sog‘lom avlod uchun» jurnali

O‘zbekiston  Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

1995-yil 13-aprel 127-sonli

qaroriga asosan

«Maktabgacha tarbiya» jurnali

negizida tashkil etilgan.

1996-yil yanvardan

chiqa boshlagan.

©

 

«Sog‘lom avlod uchun»



— Chevarlar: «Anorgul —

serfarzandlik timsoli», —

deyishadi.

Baxtiyor AKRAMOV

 suvratga tushirdi.

Mustaqillik ufqlari

Jahon bilan hamkor, hamqadam

                                                 2

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni

Yurtboshimizning «O‘zbekiston o‘qituvchi

va murabbiylariga

» 

tabrigidan



                                                  5

Karvon qo‘ng‘irog‘i

Faol munosabatlar, yangi istiqbollar

                                                  6

Huquqiy ma’rifat

Keng va atroflicha muhokama

                                                    8

2010-yil — Barkamol avlod yili

Orzuingizga yeting, bolalar

                                                      11

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatidan

O‘zbekiston bolalar sporti — xalqaro musobaqalar ko

‘z

gusida 


               12

Jamg‘arma faoliyati

Savob ishlar bulog‘i — mehr

                                                     16

Xizr suvi

Tomchi suvda hayot jilvasi

                                                        18

Suv tarixiga bir nazar

                                                               20

O‘zbek xalq ijodi va mumtoz adabiyoti suv haqida

                            23

Osmon to‘la yulduz

Ma’rifatga muhabbat qo‘ygan edi

                                              27

Barkamol avlod — mamlakat kelajagi

Ahdimiz — qat’iy

                                                                 29

Ibn Sino darsxonasi

Maishiy kimyoning foyda va zararlari

                                           30

Qaldirg‘och keldi

Yer saxovati, mehnat barokati

                                                   32


2

NSONIYAT


 yugurik

vaqtning mohiyatini har

taraflama, teran anglashga

azaldan intilib keladi.

Vaqt ustidan hukm yuritish

— odamzod imkoniyatidan tash-

qarida; uni to‘xtatish, ortga qay-

tarish yoki uzoqroqqa cho‘zish

mumkin emas. Lekin insonning

aqli, donishmandligi shundaki, u

nurdan ham tez oquvchi vaqtning

har bir lahzasiga o‘z ezgu maq-

sadi, bunyodkor mehnati bilan

mazmun baxsh etadi.

Respublikamizda nihoyatda

ulug‘ va ezgu ishlar rejali, tadrijiy

tarzda ro‘yobga chiqmoqda. 1996 —

Amir Temur yili, 1997 — Inson

manfaatlari yili, 1998 — Oila yili,

1999 — Ayollar yili, 2000 —

Sog‘lom avlod yili, 2001 — Ona-

lar va bolalar yili, 2002 — Qariya-

larni qadrlash yili, 2003 — Obod

mahalla yili, 2004 — Mehr-

muruvvat yili, 2005 — Sihat-

salomatlik yili, 2006 — Homiylar

va shifokorlar yili, 2007 — Ijtimoiy

himoya yili, 2008 — Yoshlar yili,

2009 — Qishloq taraqqiyoti va

farovonligi yili, 2010 —Barkamol

avlod yili davlat dasturlarida belgi-

langan, amalga oshirilgan va amalga

oshirilayotgan ishlar miqyosi

hamda hayotiy ahamiyati voqe-

likda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Shaharlar-u qishloqlarimizdagi

obodlik har birimizning zavqimizni

keltirmoqda, xorijlik do‘stlari-

mizning havasini uyg‘otmoqda.

Maktabgacha ta’lim muassasalari,

maktablar, akademik litseylar,

kasb-hunar kollejlari, sport,

jumladan, bolalar sporti majmua-

larini, zamonaviy turarjoylarni,

ma’muriy binolarni ko‘rganda,

kishi ko‘nglida bundan ham ajoyib

ishlarni qilish ishtiyoqi paydo

bo‘ladi.


Mustaqillik yillarida har biri-

mizning tabiatimiz ham, dunyo-

qarashimiz ham o‘zgardi, tashab-

buskorlik, xalq bilan birdamlik,

milliy g‘oyaga kamarbastalik,

oilaparvarlik, vatanparvarlik umri-

miz mazmuniga aylandi.

Xalqimiz azaldan yosh avlodga

mehr-muhabbatli; lekin mustaqil-

lik yillarida bu fazilati tamomila

yangicha sifat kasb etdi. Geno-

fondni asrab-avaylash, repro-

duktiv salomatlikni mustahkam-

lash, onalik va bolalikning ijtimoiy

muhofazasiga, sog‘lom turmush

tarzi rioyasiga ahamiyat berish

milliy va insoniy burchimizning

tarkibiy qismi bo‘lib qoldi.

Har yilimiz biri birining

mantiqiy davomi bo‘lib, mazmun-

mohiyatan birlashib, o‘z oldiga

qo‘ygan hayotiy va istiqbolga

yo‘nalgan vazifalarini bajarar

ekan, mustaqillikning hayotbaxsh

g‘oyalari amalda mujassam

topishiga xizmat qilmoqda.

«Inson mohiyati aqlda, aql-

ning mohiyati xatti-harakatda

bilinadi», — deb yozgan edi buyuk

faylasuf Abu Nasr Forobiy. Aql-u

xatti-harakatning mohiyati natijada

namoyon bo‘ladi.

Mamlakatimiz mustaqillik-

ning ilk yillaridayoq Prezident

Islom Karimov tomonidan ishlab

chiqilgan — «o‘zbek modeli» deb

nom olgan o‘z taraqqiyot yo‘lini

tanlab oldi. Bu nihoyatda to‘g‘ri

qaror bo‘lganini hayotning o‘zi

ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston izchil sur’atlar

bilan rivojlanmoqda. Jahon iqti-

sodiy krizisi davom etayotgan

sharoitda, respublikamiz o‘z

tadrijiy taraqqiyoti maromini

ta’minlagan sanoqli davlatlardan

biri sifatida ham obro‘-e’tibor

qozondi.


Mamlakatimiz erishgan va

erishayotgan muvaffaqiyatlar

naqadar salmoqli ekanini Ming-

yillik rivojlanish maqsadlari yo‘lida

amalga oshirilayotgan ishlar miso-

lida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Islom Karimovning

BMT sammiti Mingyillik rivojla-

nish maqsadlariga bag‘ishlangan

yalpi majlisida so‘zlagan nutqi

jahon ahli tomonidan zo‘r e’tibor

bilan kutib olindi, chunki unda

ilgari surilgan fikrlar, Mingyillik

rivojlanish deklaratsiyasida ta’-

kidlanganidek, qashshoqlik,

ochlik, onalar va bolalar o‘limi,

epidemiyalar va insoniyatning

boshqa muammolariga qarshi

kurash borasidagi to‘siqlar —

jahonning turli nuqtalarida hamon

davom etayotgan urushlar va

qarama-qarshiliklar, saqlanib

qolayotgan davlatlararo, millatlar-

aro va dinlararo ziddiyatlar mohi-

yatini ochishga, ya’ni ularning

ijobiy hal etilishiga qaratilgan.

Afg‘oniston muammosi yechi-

mini topishga doir O‘zbekiston

tashabbusini olg‘a surib, Davla-

timiz rahbari shunday dedi:

«Hozirgi vaziyatda Afg‘o-

nistonda tinchlik va barqarorlikka

erishishning muqobil yo‘llarini

topish g‘oyat muhim ahamiyat

kasb etadi. Ushbu yo‘llardan biri,

JAHON BILAN HAMKOR,

HAMQADAM


I

3

bizning fikrimizcha, O‘zbekiston

tomonidan 2008-yilda taklif etilgan

BMT shafeligida 6+3 muloqot

guruhini tashkil qilish muhim rol

o‘ynagan bo‘lur edi. Tashabbusi-

mizning mazmun-mohiyati

shundan iboratki, afg‘onistonlik-

lar o‘z mamlakati muammolarini

o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan

holda, Afg‘onistonda urushning

tugashi va uning barqaror kelaja-

gidan manfaatdor mamlakatlar

ko‘magida o‘zlari hal etishlari

darkor.

Ular sirasiga, avvalambor,



tinchlik o‘rnatish missiyasiga

daxldor AQSH, NATO, Rossiya,

shuningdek, Afg‘oniston bilan

bevosita qo‘shni mamlakatlarni

kiritish zarur. 6+3 muloqot guru-

hining eng muhim maqsadi — bir-

biriga qarshi kurashayotgan

tomonlarga Afg‘onistonda harbiy

harakatlarni to‘xtatish dasturini

taklif etish, mamlakatni parokanda

qilayotgan asosiy muammo va

ziddiyatlar bo‘yicha o‘zaro murosa

asosidagi yechimlarni topish,

xavfsizlikni ta’minlash hamda

barcha tomonlarning manfaatlarini

hisobga olgan holda zarur kafo-

latlarni berishdan iborat.

Bu borada ushbu Dasturda

iqtisodiy yordam ko‘rsatish, ijti-

moiy, infratuzilma va gumanitar

loyihalarni amalga oshirish, aholi

bandligi muammolarini, qashshoq-

lik, huquqsizlikka qarshi kurash

bo‘yicha eng dolzarb vazifalarni hal

etishga alohida e’tibor berilishi

lozim. Afg‘oniston xalqi amal

qiladigan ko‘p asrlik an’analar,

urf-odatlar, islom dinining qadri-

yatlari to‘liq hurmat qilinishi

zarur».


Prezidentimiz shu yilning

iyunida Qirg‘izistonda ro‘y bergan

fojiali voqealar Markaziy Osiyo

mintaqasidagi vaziyatni izdan

chiqarishi mumkin bo‘lgan jiddiy

xavf ekanini uqtirdi:

«Shu yilning aprelida obro‘-

e’tiborini yo‘qotgan prezident

hokimiyatining ag‘darilishi, yuzaga

kelgan keskinlik va qarama-

qarshiliklar, shuningdek, mamla-

katda qonuniy hokimiyatning

zaifligi Qirg‘iziston janubida

millatlararo qonli va shafqatsiz

voqealar yuzaga kelishiga sabab

bo‘ldi. Buning natijasida yuzlab

begunoh odamlar qurbon bo‘ldi,

minglab tinch aholi jabr ko‘rdi.

Qirg‘izlarning o‘zi ham, res-

publika janubida yashayotgan ko‘p

sonli o‘zbeklar ham uchinchi

kuchlar tomonidan puxta o‘ylan-

gan va uyushtirilgan aksiyaning

qurboniga aylandi, deyish uchun

bugun barcha asoslarimiz bor.

Uzoqni ko‘zlab amalga oshiril-

gan bu aksiyadan maqsad mamla-

katda nafaqat tartibsizlik va paro-

kandalikni yuzaga keltirish, balki

O‘zbekistonni ushbu vahshiyona

xunrezlikka tortish, pirovard nati-

jada, millatlararo qarama-qarshi-

likni ikki qo‘shni mamlakat —

Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston

o‘rtasidagi davlatlararo qarama-

qarshilikka aylantirishdan iborat

edi».

Davlatimiz rahbari nutqida,



yuqorida eslangan — qaltis va

murakkab sharoitda O‘zbekiston

uzoqni ko‘zlab olib borgan dono

siyosatning boy, hayotbaxsh

ma’no-mazmuni yaqqol ifodalab

berildi:


«O‘ta murakkab va o‘t olib

ketish xavfi bo‘lgan mazkur

vaziyatda qabih niyat bilan tashkil

etilgan voqealarning rivojlanishiga

yo‘l qo‘ymaslik biz uchun

nihoyatda og‘ir muammoga

aylandi. O‘z hududimizda yuz

mingdan ortiq qochqinlar, bola-

lar, xotin-qizlar, qariyalarni qabul

qilish, ularni joylashtirish va barcha

zarur narsalar bilan ta’minlash

juda katta kuch, mehnat va resurs-

larni talab qildi. Ayni paytda o‘ta

shafqatsiz zo‘ravonlikning avj

olishiga yo‘l qo‘ymaslik, chegara

hududida osoyishtalikni saqlash,

favqulodda oqibatlarga olib kelishi

mumkin bo‘lgan qahr-u g‘azabni

jilovlash, ekstremizmning shiddatli

tus olishining oldini olish zarur

edi.

Faqat aql-idrok, oddiy haqi-



qatni, ya’ni ushbu zaminda ko‘p

asrlar davomida o‘zbeklar va

qirg‘izlar yonma-yon yashab

kelgani va bundan buyon ham

ularning farzandlari hamda avlod-

lari ko‘p asrlar mobaynida birga

yashashini teran anglash bizga va

xalqimizga mazkur fojianing

Markaziy Osiyoda qarama-qarshi-

liklarning yangi, keng ko‘lamli

o‘chog‘iga aylanib ketishining oldini

olishda muhim omil bo‘ldi».

Davlatimiz rahbari jahon

jamoatchiligi e’tiborini quyidagi

muhim masalalarga ham tortdi:

«Albatta, bugun Qirg‘iziston

insonparvarlik yordamiga, qo‘shni-

lari hamda jahon hamjamiyatining

ko‘magiga muhtoj.

Biroq 11—14-iyun kunlari

Qirg‘iziston janubida sodir etilgan

talon-torojlar, xunrezlik va zo‘ra-

vonliklar bo‘yicha mustaqil xalq-

aro tekshiruv o‘tkazish, ushbu

qonli vahshiyliklarning barcha

buyurtmachilari, tashkilotchilari

va ijrochilarini jinoiy javobgarlikka

tortish yanada muhim vazifa

hisoblanadi.

Ishonchim komilki, taxmin-

larga asoslangan har qanday

fikrlar va bir yoqlama yondashuv-

larni istisno qiluvchi xolis va

mustaqil xalqaro tekshiruvlarni o‘z

vaqtida o‘tkazish, xalqaro ham-

jamiyatning bu boradagi qat’iy

prinsipial pozitsiyasi Qirg‘iziston

janubida qirg‘izlar hamda kamsonli



4

o‘zbeklarning murosaga kelishi va

totuvligini ta’minlash uchun yo‘l

ochib berishi mumkin. Bunday

pozitsiyadan har qanday cheki-

nish Qirg‘iziston janubida fojiali

voqealarning yana takrorlanishi,

o‘ta xavfli keskinlik manbaining

paydo bo‘lishiga olib kelishi

mumkinligini alohida ta’kidlashni

istardim.

Shu munosabat bilan biz

BMTdan fojiali voqealar yuzasi-

dan mustaqil xalqaro tekshiruvlar

o‘tkazish borasida har tomonlama

yordam ko‘rsatishini kutishga

haqlimiz. Bu, o‘z navbatida,

qo‘shni Qirg‘izistonda voqealar-

ning yana avj olishining oldini

olish imkonini beradi».

Prezident Islom Karimov

ekologiyani muhofaza qilish va

atrof-muhitni asrab-avaylash

masalasiga Mingyillik dekla-

ratsiyasida belgilangan maqsadlarga

erishish nuqtai nazaridan qarab,

«bugun Orolbo‘yida nafaqat

ekologik, balki dunyo miqyosida

og‘ir oqibatlarga olib kelishi mum-

kin bo‘lgan murakkab ijtimoiy-

iqtisodiy va demografik muammo-

lar» paydo bo‘lganini bildirib, Orol

inqirozining halokatli ta’sirini

kamaytirish bilan bog‘liq masalani

eng muhim vazifa sifatida kun

tartibiga qo‘ydi:

«Orol dengizining qurishi

davom etayotgani va uning atrofida

gumanitar falokat sodir bo‘layot-

gani sababli Orolbo‘yining tabiiy

biologik fondini asrab-avaylash,

Orol inqirozining atrof-muhitga,

eng muhimi, bu yerda istiqomat

qilayotgan yuz minglab va million-

lab odamlar hayotiga halokatli

ta’sirini kamaytirish bugungi

kundagi eng muhim vazifa

hisoblanadi.

Shuni hisobga olish zarurki,

Orolbo‘yi hududi ikkita asosiy

manba — Amudaryo va Sirdaryo

hisobidan suv bilan ta’minlanadi,

ushbu daryolar oqimining kama-

yishi mazkur keng mintaqaning

shundoq ham zaif ekologik

muvozanatini butunlay o‘zgartirib

yuborishi mumkin».

Ushbu tarixiy nutqda Amu-

daryo va Sirdaryodan energetika

quvvatlari olish bilan bog‘liq

istiqbolli tavsiyalar ham o‘rtaga

tashlandi.

«Bunday sharoitda 30-40 yil

avval, sobiq sovet davrida ishlab

chiqilgan, mazkur daryolar

yuqori qismida ulkan gidroinshoot-

larni qurish bo‘yicha loyihalarni

amalga oshirishga har qanday

urinishlar, boz ustiga, ushbu

inshootlar barpo etiladigan zona-

larning seysmik xavfi 8-9 ballni

tashkil etishini hisobga olsak,

bularning barchasi ekologiyaga

o‘nglab bo‘lmaydigan zarar

yetkazishi va xavfli texnogen halo-

katlarga olib kelishi mumkinligi

ayon bo‘ladi.

Ko‘plab xalqaro ekologiya

tashkilotlari va nufuzli ekspertlar

tavsiya qilayotganidek, ushbu

daryolardan shu miqdordagi ener-

getika quvvatlarini olish uchun

nisbatan xavfsiz, ammo ancha

tejamkor kichik GESlar qurilishiga

o‘tish oqilona yo‘l bo‘lur edi.

Qurib borayotgan Orol

muammosi — bu ushbu minta-

qada yashayotgan, BMTdek

nufuzli tashkilotga umid bilan

yordam so‘rab murojaat qilayot-

gan millionlab odamlarning

muammosidir».

Respublikamiz mustaqillik yil-

larida jahon hamjamiyatida o‘ziga

munosib o‘rin egalladi. Davlatimiz

rahbari buni yaqqol ifodalab

beruvchi ma’lumotlar va haqqoniy

xulosalarni olam ahli e’tiboriga

yetkazib, shunday dedi:

«O‘tgan yillar mobaynida yalpi

ichki mahsulot 3,5, aholi jon

boshiga hisoblaganida esa 2,5

baravar o‘sdi, o‘rtacha ish haqi

14 baravar oshdi. Davlatning ijti-

moiy soha va ijtimoiy muhofaza

uchun sarf-xarajatlari 5 baravar-

dan ziyodroq ko‘paydi. Har yili

davlat budjetining 50 foizi ijtimoiy

sohaga yo‘naltirilmoqda.

Bugungi kunda aholini toza

ichimlik suvi bilan ta’minlash

darajasi 82,5, tabiiy gaz bilan

ta’minlash 83,5 foizga yetdi,

sog‘liqni saqlash tizimini tubdan

isloh qilish va rivojlantirish, o‘ta

og‘ir yuqumli kasalliklarga barham

berish hamda ularni kamaytirish

borasida qat’iy choralar ko‘rildi.

Onalar o‘limi darajasi 2 baravar-

dan ko‘proq, bolalar o‘limi 3

baravar kamaydi. Ushbu davrda,

ya’ni qariyb 20 yil mobaynida

odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi

67 yoshdan 73 yoshga, ayollar-

ning umr ko‘rishi esa 75 yoshgacha

oshdi. Bugun mamlakatimizda ish

bilan band bo‘lgan aholining 48

foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiro-

zining jiddiy ta’siriga qaramay,

O‘zbekiston dunyodagi kamsonli

davlatlar qatorida iqtisodiyotning

barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini

ta’minlamoqda, ishonchli faoliyat

ko‘rsatayotgan moliya-bank

tizimini saqlab turibdi.

Masalan, 2008 — 2009-yil-

larda O‘zbekiston iqtisodiyotining

o‘sish sur’atlari 9 va 8,1 foizni

tashkil qildi, joriy yilda bu

ko‘rsatkich 8,5 foiz darajada

bo‘lishi kutilmoqda. Davlatning

tashqi qarzi yalpi ichki mahsu-

lotning 10 foizidan oshmaydi.

Mustaqilligimizning dastlabki

yillarida qabul qilingan mamlakatni

demokratlashtirish bo‘yicha o‘z

modelimiz, iqtisodiyotning mafku-

radan xoliligi va siyosatdan ustun-

ligi, davlatning bosh islohotchi

vazifasini bajarishi, qonun

ustuvorligini ta’minlash, kuchli

ijtimoiy siyosat o‘tkazish, islohot-

larni bosqichma-bosqich va izchil

amalga oshirish tamoyillariga

asoslangan  ijtimoiy yo‘naltirilgan

erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish


5

ushbu yutuqlarni qo‘lga kiritishda

muhim omil bo‘lmoqda. Biz, avval

boshdan «shok terapiyasi» deb

atalgan usullarni chetdan turib

joriy etishga qaratilgan urinishlar-

dan, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi

tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va

aldamchi tasavvurlardan voz

kechdik, «yangi uyni qurmasdan

turib, eskisini buzmang» degan

hayotiy tamoyilga tayangan holda,

ma’muriy-buyruqbozlik, musta-

bid tizimdan boshqaruvning bozor

tizimiga o‘tish jarayonida tadrijiy

yondashuvni tanladik.

Ta’lim jarayoni va odamlar

tafakkurining yuksalishi ushbu

barcha o‘zgarishlarni amalga

oshirishda muhim ahamiyat kasb

etayotganini alohida ta’kidlashni

istardim.

O‘zbekistonda har yili ta’lim

uchun sarflanayotgan xarajatlar

yalpi ichki mahsulotning 10-12

foizini tashkil etadi. Holbuki, jahon

tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5

foizdan oshmaydi. Mamlakatimiz-

da noyob Kadrlar tayyorlash milliy

dasturi amalga oshirildi, 2009-

yildan boshlab 12 yillik majburiy

ta’lim joriy etildi. O‘zbekiston

dunyoning rivojlangan davlatlari

qatoriga qo‘shilish, siyosiy va

iqtisodiy islohotlarni, mamlakatni

modernizatsiya qilishni davom

ettirish hamda chuqurlashtirish,

fuqarolik jamiyatini shakllantirish

va shu asosda o‘z fuqarolari uchun

munosib turmush sharoitini

yaratishni o‘zining istiqboldagi

muhim vazifalari deb biladi».

Prezidentimiz O‘zbekiston

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun

taklif etgan Mingyillik rivojlanish

maqsadlariga erishish borasidagi

Taraqqiyotni jadallashtirishga oid

global harakatlar rejasini qo‘llab-

quvvatlashini va uni amalga

oshirishda faol ishtirok etishini

ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Islom Karimovning

BMT sammiti Mingyillik rivojla-

nish maqsadlariga bag‘ishlangan

yalpi majlisida so‘zlagan nutqi

respublikamizning jahon ham-

jamiyatidagi munosib o‘rnini yana

bir marta yaqqol namoyish etdi.

Ayni paytda bu tarixiy nutqda ilgari

surilgan istiqboliy ahamiyatga molik

muhim fikrlar jahonda tinchlikni

barqaror qilish, Afg‘oniston

muammosining yechimini topish,

ekologik xavfsizlikni ta’minlash,

umuman, Mingyillik rivojlanish

maqsadlari yo‘lidagi sa’y-harakat-

larni tobora kuchaytirish va bir-

lashtirishga xizmat etuvchi, ilhom-

lantiruvchi kuch sifatida hayotiy

ro‘yobini topishi, samaralar

berishi shak-shubhasizdir.

Bu kungi globallashuv davri-

da, olimlar vaqt siqilib, hayot

maromi jadallashmoqda, deb

tashxis qo‘yayotgan zamonda,

yurtimizda amalga oshirilayotgan

bunyodkorlik ishlari, Yurtboshi-

mizning nafaqat mamlakatimiz va

mintaqamiz, balki butun inso-

niyat taqdirini o‘ylab aytgan

so‘zlari hamda bu yo‘ldagi sa’y-

harakatlari, ushbu damning dam-

ligini, qimmatini bizga va kelajakka

ibrat etgulik maqomda qadr

toptirmoqda, Tarix zarvarag‘iga

o‘chmas qilib muhrlamoqda.

TAHRIRIYAT

Islom KARIMOV

Yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbaridan turib, O‘zbekistonning mustaqillik yillarida

— tarixan qisqa bir davrda erishgan, shu jumladan, ta’lim va ma’rifat sohasida qo‘lga kiritgan yutuq va

marralari haqida keltirilgan ma’lumotlar yig‘ilganlarda katta qiziqish va havas uyg‘otdi.

Eng muhimi, ana shu davr mobaynida chuqur o‘ylangan va aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda amalga

oshirgan  ulkan ishlarimiz natijasida mamlakatimiz dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar qatorida 12 yillik

majburiy umumiy va o‘rta maxsus ta’lim  tizimiga o‘tgani O‘zbekistonimiz erishgan yutuqlarning yaqqol

tasdig‘i sifatida  qabul qilindi.

Haqiqatan ham, mamlakatimizda keyingi o‘n-o‘n ikki yil mobaynida  1 ming 394 ta kasb-hunar kolleji,

142 ta akademik litsey, 9 ming 772 ta  maktab, o‘nlab oliy o‘quv yurtlari yangitdan bunyod etilgani,

rekonstruksiya qilingani va kapital ta’mirlanganining o‘zi tariximizda ilgari hech ko‘rilmagan  ulkan hodisadir.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling