Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
dalik turmushimizning bir oni ham suvsiz o‘tmaydi. Suv va inson yonma-yon. Inson dunyoga kelgan kunidan boshlab to umrining so‘nggi daqiqasigacha suv bilan birga bo‘ladi. Chaqaloq yorug‘ olamga kelgan zamonoq suv uni «marhabo» deb kutib oladi. Go‘dakni suvda poklaydilar - cho‘miltiradilar. Inson hayotining eng so‘nggi nafasida ham paxtani ho‘llab, uning lablariga suv tomi- ziladi. Bu holni Navoiy bobomiz she’rda shunday ifodalagan edi: Ham Navoiyning ko‘zin qilmish bulutkim za’fdin, Istar og‘ziga tomuzg‘aylar momug‘ birla suni. Insonni oxirgi safarga — dunyoyi foniydan dunyoyi boqiyga yuvib-tarab, poklab, «alvido» deb kuzatuvchi ham suvdir. Suvsiz inson hech kim emas. Suv insonning doimiy posboni. Suv insonsiz yasha- shi aniq. Lekin inson suvsiz aslo yashay olmaydi. Suvning bu dunyoda muqad- dasligi, azizligi haqiqat. Buni hech birimiz inkor qilmaymiz. Islom tarixiga oid kitoblarda, Hadisi shariflarda yozilishicha, oxirat kuni Allohning nazari tushgan banda- lariga kuch-quvvat baxsh etish uchun eng avval, Havzi Kavsardan suv tutilar ekan. Gunohkorlarga bu suvning bir tomchisi ham nasib bo‘lmas ekan. Suv bu dunyoda ham, u dunyoda ham aziz va muqaddasdir. «Suvni aziz tutgan odam bu dunyoda ham, u dunyoda ham xor bo‘lmas» degan naqlga amal qilaylik. Suvni imkoni boricha, kuchimiz yetganicha aziz va mo‘tabar tutaylikki, toki bizni ham aziz va mo‘tabar bilsinlar. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakillari o‘zlarining o‘nlab asarlarida Siz va bizning har daqiqada, har soatda, har kuni, qisqasi, umrimizning so‘nggi nafa- sigacha ishimiz tushadigan muh- taram va aziz Suv haqida juda qimmatli fikrlar bildirganlar. Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy, Komil,
26 Muqimiy, Dilshod, Anbar otin kabi shoir va shoiralar o‘z ijodiy faoliyatlari davomida suvning xalq hayotida tutgan o‘rni, muqaddas- ligi, abadiyat suvi — Xizr suvi bilan barobar ekanligi to‘g‘risida o‘nlab she’riy asarlar ijod etganlar. Hatto Muhammad Fuzuliy suvga bag‘ishlab katta qasida ham yozgan. XI asrning mashhur qomusiy olimi Mahmud Koshg‘ariy o‘zi- ning «Devonu lug‘atit turk» nomli asarida ichimlik suvi zaxiralariga bag‘ishlangan, bir qator ajoyib to‘rtliklarni keltirgan: Qor va muzlar erishdi, Tog‘ suvlari yurishdi. Ko‘kda bulut yurishdi, Qayiqlardek o‘ynashur. Bobokalon shoirimiz Alisher Navoiy hazratlari ijodida suv mavzui asosiy qirralari bilan yoritib berilgan. Alisher Navoiy ijodining bilimdoni filologiya fanlari doktori, professor Abduqodir Hayitmetov va akademik Azizxon Qayumovlar ham Navoiyning suv bilan bog‘liq asarlari o‘zining «ho‘bligi va ko‘b»ligi bilan ajralib turishini alohida ta’kidlagan edilar. Buyuk ijodkorning to‘rt devondan tashkil topgan «Xazoyinul maoniy»sidan o‘rin olgan g‘azallarida va «Xamsa»siga kirgan besh dostondan suvning muqaddas va azizligi, insonning ajralmas hamrohi ekanligi, uning barcha tirik mavjudot va borliq uchun nihoyatda zarurligi haqidagi falsafiy fikrlari o‘z in’ikosini topgan. Navoiy suvning inson hayoti uchun nihoyatda zarurligi haqida shunday yozadi: Suvsizg‘a suv shavqi bo‘lsa jondin ortuq. Bil, siflag‘a mol shavqi ondin ortuq. Yirik davlat arbobi, shoir va tarixchi Zahiriddin Muhammad Bobur lirik g‘azal va ruboiylar bitish bilan bir qatorda suv haqida «Kitob-s-salat» nomli risola yarat- gan (Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993-yil). Boburning bu asarida suvning tozaligini saqlash, tejash, uvol qilmaslik xususida foydali fikrlar bayon qilinganki, ular hozirda ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan. Bu ijodkorning yirik qomusiy asari «Boburnoma»sini o‘qir ekanmiz, uning o‘ta sinchkov suvchi-mirob ekanligiga ham amin bo‘lamiz. Bobur bu tarixiy memuarida Markaziy Osiyo va Hindiston yarim oroli suvlari haqida juda noyob ma’lumotlar yozib qoldirgan. U o‘zi tug‘ilib o‘sgan Farg‘ona viloyatining suvlari haqida qiziqarli va mufassal ma’lumotlar keltiradi. Bobur Andijonning tabiati, ob- havosi haqida fikr yuritar ekan, uning suvlarini alohida diqqat bilan bayon qiladi; «...Janubiy tarafidan qasaba- lar(ning) bir(i) Andijondurkim, vasatta voqi’ bo‘lubdur, Farg‘ona viloyatining poytaxtidur. To‘qqiz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir yeridan ham chiqmas». Xorazmning yetuk shoir va tarixchilari, tarjimonlari bo‘lgan Munis va Muhammad Rizo Ogahiy she’riy devon tuzish, o‘n- lab tarixiy kitoblarni fors tilidan o‘zbekchaga tarjima qilish bilan bir qatorda yirik davlat arboblari — Xiva xonligining suv vazirlari — bosh miroblari ham edilar. Hatto Munis Xorazmiy anhor va kanallar, soy va ariqlar haqida, suvni asrash, uvol qilmaslik, tejash haqida alohida «Arnalar» nomli risola ham yozgan. Bu asarning o‘sha davrda Markaziy Osiyo miroblari uchun asosiy qo‘l- lanma vazifasini o‘taganligi haqi- qatdir. O‘rni kelganda, shuni alohida ta’kidlash kerakki, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abulg‘ozi- xon, Abdullaxon, Muhammad Rahimxon — Feruz, Munis, Ogahiy kabi yirik davlat arboblari mohir miroblar sifatida Markaziy Osiyo irrigatsiyasining taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan edilar. Turkistonda suv nihoyatda tanqis bo‘lgan. Uzoq o‘tmishni qo‘ying, yaqin XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida ham suv taqchilligidan — kamligidan o‘lkaning katta-katta mintaqalari cho‘lga aylanib qaqrab yotgan. Bu haqda qo‘qonlik shoir Maxmur: Cho‘l, yo‘q qatrai suv, katta-kichik Qo‘lini qumga yuvib ketiga surtar guvalak, — deb istehzo bilan bekorga she’r bitmagan. Turkiston hududida asosan sug‘oriladigan yerlarda dehqonchilik qilinganligi sabab xalqning bor umidi suvdan bo‘lgan. Suvga ham «yo zaring yoki zo‘ring bo‘lsin» qabilida munosabatda bo‘lingan. «Zari ko‘p» boylar, «zo‘ri bor» amaldorlar suvdan istaganlaricha foydalangan. Suv taqsimotida ham «tanish-bilish»lik hukmron bo‘l- gan. Hatto, suv pora evaziga berilgan, pulga sotilgan. Bu haqda urgutlik shoir Xumuliy shunday satrlarni yaratgan: Elga sangi jafoni otdilar, Suvni dehqon eliga sotdilar. Natijada xalq orasida tez-tez suv tanqisligi bilan bog‘liq to‘po- lonlar, janjallar bo‘lib turgan. Zavqiyning «Suv janjali» manzuma- si bevosita ana shunday to‘polon- larga bag‘ishlangan. Shoir yozadi : Xoh rozi, xoh xunob, Yurt-elga suv bermay mirob. Hoji yerin qilmish serob, Dehqon uchun qattol ekan. (Davomi bor). Abduhamid JALOLOV 27 Bu ma’rifatli, el-yurti istiq- boliga kuyunchak kishi — sobiq sho‘ro tuzimi qatag‘oni qurbon- laridan biri — har amali, fao- liyatida o‘z maslagiga sodiq bo‘lgan. Uning qamoq va surgun davrida qizlari, yaqinlariga yozgan mak- tublari buni ayon qilib turadi. Biz sizning hukmingizga havola etib, izohlayotgan xatlarni garchi mual- lif qiziga yo‘llagan bo‘lsa-da, ular- ning ko‘pchilikka ibratli jihatlari bor, deb o‘ylaymiz. “O‘zbekiston milliy ensiklope- diyasi”da (5-jild, 692-bet) ushbu xatlar muallifi — Saidnosir Mir- jalilov (1884—1937.9.10) ma’ri- fatparvar va jamoat arbobi sifatida ta’riflanib, u haqida yetarli ma’- lumotlar berilgan. Maktublar bilan tanishish- ning o‘ziga xos tomonlari bor, undan nimanidir o‘rganasiz, fikr olasiz. Muhimi, har bir maktub- dan xulosa chiqarasiz, unda so‘z yuritilayotgan masalalar yuza- sidan, tilga olingan shaxslar haqida ham muallif nuqtai nazaridan, ham o‘z qarashlaringizdan kelib chiqib, ma’lum tasavvurga, mushohada qilish imkoniga ega bo‘lasiz. Ushbu maktublar ota va far- zandlar o‘rtasidagi munosabat- lardan bizni voqif etish bilan birga davr haqida ham qimmatli ma’- lumotlar berishi bilan ajralib turadi. Ma’rifatparvar S.Mirjalilov bilan uning qizlari o‘rtasidagi yozishmalarni o‘rganish jarayo- nida maktub satrlari ortidan sizib turgan davr ruhi, ota-bola o‘rta- sidagi munosabatlar, oila boshiga tushgan muammolar hamda sog‘inch taftini his etdik. Oybek uy-muzeyi direktori Oynur Tosh- muhamedova taqdim etgan, Said- nosirboy tomonidan 1927-yilda yozilgan maktublarni o‘rganib chiqish davomida xat muallifining hayoti, tabiatiga xos chizgilarni ham aniqladik. Ayni maktublar rus tilida juda savodli yozilgan. Ular 1926 — 1929-yillarda uning Solovkidagi uch yillik jazo mud- datini o‘tash kezlari yozilgan. Jazo muddati tugagach, S.Mirjalilov surgun yillarini o‘tkazish uchun Semipalatinsk viloyatidagi Biysk shahrida istiqomat qiladi. U O‘zbekistonga qaytib kelishi uchun ruxsat yo‘q edi. Maktub satrlaridan Said- nosirboyning qizlariga bo‘lgan muhabbati ufurib turadi: “Qizim Sharifa, men musiqada erishgan muvaffaqiyatlaringdan juda xursand- man. Bu sohada tan olinganingdan mamnunman. Lekin sen bu bilan kifoyalanmasliging, balki musiqa sohasidagi bilimlaringni, soz chalishda mahoratingni oshirishing va kelajakda bu sohada yangilik yaratishni orzu qilishing kerak bo‘ladi. Musiqa chalishda mahorat cho‘qqisini egallagan o‘zbek qariyalaridan saboq olishing kerak bo‘ladi. Menga qolsa, dutordan ko‘ra tanbur chalishni o‘rgani- shingni istardim, lekin senga fikrim- ni o‘tkazish niyatim yo‘q, o‘zingga qara. ... Ammo asosiy o‘qishingdan zinhor orqada qolmagin. Sening “akang” Saidnosir”. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, Saidnosirboy qiziga yo‘llagan maktublarini otang emas, “akang” deb imzolagan, buning sababini biz nazorat (senzura) bilan bog‘- liq deb topdik. Chunki, u kezlarda yuborilgan xoh xat, xoh boshqa narsa bo‘lsin, albatta qattiq nazo- ratdan o‘tkazilardi. Aftidan, buning yana bir sababi, Saidnosirboyning familiyasi Mirjalilov bo‘lgan, qizlarining familiyasi Saidnosirova bo‘lgan. Saidnosirboy qizlarini “boyning qizi” degan tazyiqdan asrash ma’nosida ham “akang” deb imzolashni ma’qul topgan. Lekin u nechog‘lik qizlarini bu tazyiqdan asrashga harakat qilma- sin, O‘rta Osiyo davlat dorilfunu- nining biologiya fakultetiga o‘qishga kirgan Sharifa “boyning qizi” sifatida ustidan tushgan arizaga asosan o‘qishdan haydalgan. Uzoq o‘lkada surgunda yurgan Saidnosirboy e’tiboridan qizlari- ning faqat o‘qishda erishgan nati- jalarigina emas, ularning yashash tarzi ham, ovqatlanish tartibi ham chetda qolmas edi: “Ovqatlanish tarzi inson uchun juda muhim masala, shu bois unga jiddiyroq munosabatda bo‘lishingiz lozim. Boz ustiga, bu masalada sizlar mendan ham yaxshiroq xabardorsizlar. Bizning taomlari- miz to‘yimli, baquvvat bo‘lsa ham, ular bir xil. Ko‘katlar, qaylalarga nisbatan go‘sht, unni ko‘p ishlata- miz. Shu sababli, Zulfiya qizim, sen MA’RIFATGA MUHABBAT QO‘YGAN EDI
28 va Safo ham yevropa taomlaridan tanovul qilib turishlaring kerak. (4 kun bizning milliy taomdan, shunda ham bir kun go‘shtsiz taom tayyorlash lozim. 2 kun yevropa taomlaridan suyuq ovqat, so‘ng go‘sht va shirinliklar va 1 kun 2 - 3 xil sabzavotli (vegetarian ovqat) tayyorlash kerak). Imkon qadar ko‘katlardan ko‘proq tanovul qiling- lar. Bu masalada Toshkent ko‘kat- ga boy”. Ko‘ramizki, xat muallifi uzoq, sovuq, sharoitsiz o‘lkada surgunda bo‘lishiga qaramasdan qizlariga sog‘lom turmush tarzi — to‘g‘ri ovqatlanish masalasida maslahat berib turadi. Umuman, bu mak- tublardan faqat ota-bola munosa- batlarini emas, do‘stona muno- sabatni ham ilg‘ash mumkin: “Zarifa! 28/I da yuborgan xatingni oldim. Moskvaga ariza yuborganing yaxshi bo‘libdi. Borib o‘tirishga hojat yo‘q. Ortiqcha vaqt va mablag‘ sarf bo‘ladi. Umuman olganda, imkoniyat bo‘lsa, Qizil xoch ma’lumotnomani sizlardan ko‘ra tezroq ola bilardi. Agar fevral- ning oxirigacha javob kelmasa, yana ikkinchi marta yozgin, faqat xatingda bundan avval ariza yozib yuborganingni qayd etib, arizaning ko‘rilayotgani yo ko‘rilmayotganini so‘ragin. Javob olsang, menga xabar bergin. ...Xatlaringni olib turibman, ular ba’zan kechikib keladi. ...Tez- tez xat yozib turgin. Jilla bo‘lma- ganda, 4 — 5 kunda bitta yoz. Orada otkritka yozib yubor. Xatla- ring menga malhamdir. Agar, yozda ishlab chiqarish amaliyotini o‘taydigan bo‘lsang, menimcha, sharob zavodidan ko‘ra, yog‘ zavodini tanlaganing ma’qul. Agar imkoniyat bo‘lsa, yozda bir oy (yoki yarim oy) bo‘sh vaqting qolishiga harakat qilgin. Chunki biron yerda dam olishing kerak. Bu haqda yana gaplashamiz. Gaplaringga qaraganda, ovqat- lanishingizning mazasi yo‘q. Aslida sen yozgandan ham yomonroq bo‘lsa kerak. Bu aniq. Sening oyli- ging hech narsaga yetmasligi ma’lum. Oyligingdan menga ham yuborib turasan, o‘zingga ham xarajat qilishing kerak. Uyda esa ko‘pchiliksizlar. Men shu qadar yaxshi ota edimki, sizlarni biron narsa bilan ta’minlab qo‘yish kerakligini o‘ylamabman. Tan olaman, men uzoqni ko‘ra olmas ekanman.
Safo bilan Zulfiyaning alohida yashash istaklari yaxshilikka olib kelmaydi. Onang uydami? Qaysi uyda? Ikkalasi ish berayaptimi yoki bittasimi? Zarifa! Ubaydulladan so‘ra, 1- may (ko‘chasi)dagi uy qaysi ahvolda (Turkiston ishi munosabati bilan). Garovdan ozod etilganmi, ya’ni xatlashdan. Agar ozod etilgan bo‘lmasa, uyni garovdan ozod etish uchun nima qilish kerak. Bu yerda sovuq havoning haro- rati biroz kesildi. Sizlarda fevral- ning boshida kunlar iliy boshlagan bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Mening taqdirim hamon mav- hum. Agar biron narsa bilsam, albatta, xabar qilaman. Kutishdan boshqa iloj yo‘q. Kutayapman. Sizlar ham xotirjam, iztirobga tushmasdan mendan yo Moskva- dan xabar kutinglar. Yaqin kun- larda diydor ko‘rishishdan umid qilaman. Hammaga salom. Saidnosir. 1929. 16/II KPP”. Xat mazmunidan Saidnosir- boyning qizlaridan kelgan mak- tublar uni tutib turgani, unga madad, suyanchiq bo‘lgani ko‘ri- nib turibdi. Otaning oilasidan uzoqdaligi, shu sababli qizlariga berishi lozim bo‘lgan mehrni berolmayotganidan qalbi iztirob- daligi va bu bo‘shliqni maslahatlari bilan to‘ldirishga harakat qilganini ko‘ramiz. Qizlari bilan bog‘liq masala katta-kichikligidan qat’i nazar — har bir masalada uning ishtirokini ko‘ramiz: “Sharifa! 26/VI da jo‘natgan xatingni oldim. Shu kuniyoq «hozircha to‘xtab tur» degan mazmunda otkritka yubordim, olgan bo‘lsang kerak. O‘ylashimcha, Moskvaning taklifi senga to‘g‘ri kelmaydi: a) ular seni rahbar qilib tayinlash maq- sadida ishga taklif qilishayapti, shuning o‘zidanoq masala oydin. Bu ish ko‘p vaqtingni oladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, sen ishlaringga ulgur- maysan va asosiy o‘qishingdan qolib ketasan; b) muttasil ishlash va senga to‘g‘ri kelmaydigan sharoitda yashash sog‘ligingga to‘g‘ri kelmaydi. Bu bilan hisob- lashmaslikka ilojing yo‘q; d) masa- laning moddiy tomonini ham o‘ylashga to‘g‘ri keladi, agar u yerga boradigan bo‘lsang, shimol ob-havosiga mos kiyim-kechak olishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, kundalik xarajatlarga, ko‘p bo‘lmasa ham, pul kerak bo‘ladi. Bu senga og‘irlik qiladi... Rus tilini Toshkentda ham o‘rganishni davom ettirsang bo‘ladi. Ko‘proq rus tilida kitoblar o‘qigin, dugonalaring bilan ko‘proq rus tilida gaplashishga harakat qilgin. Bundan tashqari, agar sen Toshkentda II bosqichni tugatayot- gan bo‘lsang, Zarifa ko‘magida uch yil davomida, asta-sekinlik bilan universitetning ikkinchi kursiga tayyorgarlik ko‘rishing mumkin bo‘ladi. Zarifa, menga 2ta ichki ko‘y- lak, qorako‘l yoqalik eski bo‘z paltomni, kalishimni... yuborgin. Agar ularni 30da yuboradigan bo‘lsang, ko‘proq “patir” jo‘natgin, faqat “sok”i maydaroq bo‘lsin. Qishkisi haqida keyinroq yozaman. Pul yuborsang, ikki mingga kam- roq yuborishing mumkin. Saidnosir. 1927”. Ota qizini o‘ylab, tashvish chekib, maslahat berar ekan, har bir fikrini asoslashga — qizini ishontirishga harakat qiladi. Mavzu maishiy masalaga ko‘chganda, xat muallifi hamma masalada o‘ta rejali, intizomli bo‘lganligi bilinadi. U surgunda inson hayoti nechog‘lik qadrsizligining shohidi bo‘lsa-da,
29 tushkunlikka tushmaydi, o‘zidagi buloqdek qaynab turgan tuganmas fikrlarini so‘nggi misqoligacha qiz- lariga maktub orqali yetkazishga intiladi. O‘z navbatida, unga qizlari yo‘llagan mehr to‘la maktublarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, ularda- gi otaga bo‘lgan munosabat namoyon bo‘ladi. Otasi qizlarini ayab, pulni odatdagidan ikki ming kamroq yuboring, deb yozsa, Zumrad qizi bunday deb maktub bitadi: “... hozircha 40 rubl yubora olamiz, keyinchalik 50 rubldan yuborishimiz mumkin. Faqat bu pul sizga yetadimi-yo‘qmi — shundan xavotirdamiz. Bu haqda bizga, albatta, xabar qiling. Biz mustaqil yashayapmiz, hech kimdan yordam so‘ramayapmiz, xavotir bo‘lmang. Yana xat yozamiz. Yaxshilik bilan ko‘rishaylik”. Qizlar uyda kechayotgan har bir voqea, yangilikdan otalari Saidnosirboyni boxabar etib turishadi: “...Safo o‘qiyapti. Uning o‘qish- lari haqida keyingi xatimda yoza- man. Men ertaga botanikadan amaliyotni topshirmoqchiman. Olim, Sharifa texnikumda o‘qish- moqda. Sulton — Turkistonda. Buvim, oyimlar va men sog‘ salomatmiz. Salom bilan, Zarifa. Ha, aytmoqchi, men musiqa va rasmdan ulgurmayapman, ammo unutmaslikka harakat qilayap- man. Zulfiya ishlayapti, hozircha biron noxushlik ro‘y bergani yo‘q. Sharifa musiqa bilan shu- g‘ullanishda davom etayapti, kelasi yil musiqa texnikumini tugatadi. 17/XII-26”. Mazkur maktublarda andoza olishga loyiq o‘rinlar ko‘p, ovqat- lanish, o‘qish, til o‘rganish masa- lasida Saidnosirboyning qizlariga bergan maslahatlari shular jumla- sidandir. Zero, u ma’rifatga muhabbat qo‘ygan inson edi. Ra’no IBROHIMOVA, filologiya fanlari doktori “Ma’naviy barkamol inson” tushunchasi keng qamrovli, serqirra. Ayni vaqtda u “sog‘lom avlod” tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Odamzodni to‘g‘rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka, ya’ni yuksak axloqiylikka boshlovchi barcha fazilatlar “ma’naviy bar- kamol inson” tushunchasi mohiyati va mazmunini tashkil etadi. Bugungi kunda butun inso- niyatni tashvishga solayotgan global muammolarga: odam savdosi, xalqaro terrorizm va diniy ekstre- mizm, giyohvand moddalar va qurol-yaroq savdosiga barham berish talab etilmoqda. Shuning uchun yosh avlod har tomonlama uyg‘un rivojlangan — barkamol bo‘lib voyaga yetishi, xalq xizmatiga bel bog‘lab, bu global muammo- larni hal etishda faol qatnashmog‘i zarur.
Boz ustiga, jahonda “ommaviy madaniyat” va globallashuv niqobi ostida aslida milliy qadriyatlar tizimini o‘zgartirish, ularni yo‘qo- tish jarayonlari ham kechmoqda. Mamlakatimizda bunday salbiy jarayonlarga yo‘l qo‘ymaslik — qarshi turish borasida juda katta ishlar qilindi va qilinmoqda. Bunda yoshlar, albatta, katta kuchdir. Bugungi jahonda kechayotgan globallashuv, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “avvalo, hayot sur’atining beqiyos darajada tez- lashuvi demakdir”. Uning yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, hozirgi sharoitda mafkuraviy ta’sir o‘tka- zishning nihoyatda turli-tuman yo‘l- lari, imkoniyatlari mavjud. Ya’ni yosh avlod xilma-xil xabar va ma’- lumotlarning faqatgina foydalisini olishi, zararlisini inkor qilishi lozim. Barkamol avlod yili Davlat dasturining hayotga tatbiq etilishi jarayonida biz, yoshlar ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarda qatnashar ekanmiz, ko‘nglimiz ham, ongi- miz ham boyib borayotganini his qilmoqdamiz. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” asaridagi: “Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geo- politik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manza- rasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar torti- shuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda”, 1 — degan so‘zlarining ahamiyatini teranroq anglamoqda- miz.
Barkamollikka intilish odam- zodga xos tug‘ma xislatdir. Lekin uni ro‘yobga chiqarishda ta’lim- tarbiyaning ahamiyati katta. Biz ta’lim-tarbiya olishimiz, har Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling