Ilova ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi


Download 27.55 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi27.55 Kb.
#1546278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
195-4-son

pedagogik ish staji — shaxsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida pedagog lavozimida ishlagan muddati;
o‘quv adabiyoti — muayyan ta’lim turi, yo‘nalishi yoki mutaxassisligining o‘quv rejasida belgilangan fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari yoritilgan (jumladan, xorijiy tarjimalari) manba;
professor — tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs;
dotsent — tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs;
katta ilmiy xodim — tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs;
professor, dotsent yoki katta ilmiy xodim attestati (keyingi o‘rinlarda Attestat deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda OAK deb yuritiladi) Rayosati qarori bilan professor, dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga beriladigan davlat namunasidagi hujjat;
apellatsiya — ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish yoxud undan mahrum etish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi qarorlar yuzasidan berilgan shikoyat arizasi.
2. Professor va dotsent ilmiy unvonlari kafedra yoki ixtisoslik bo‘yicha, katta ilmiy xodim ilmiy unvoni faqat ixtisoslik bo‘yicha beriladi.
3. Kafedra bo‘yicha professor va dotsent ilmiy unvonlari oliy ta’lim yoki kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda OTM deb yuritiladi) pedagogik faoliyat olib borayotgan, chuqur kasbiy bilim hamda ilmiy va pedagogik sohada yutuqlarga erishgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga beriladi.
4. Ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvonlar OTM yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi yoki unga tenglashtirilgan muassasa yoxud OTMning ilmiy-tadqiqot tuzilmasida (keyingi o‘rinlarda ITM deb yuritiladi) ilmiy faoliyat olib borayotgan, fanning muayyan sohasida chuqur kasbiy bilim hamda ilmiy va pedagogik sohada yutuqlarga erishgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga beriladi.
5. Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni o‘z maqomiga ko‘ra ixtisoslik bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga tenglashtiriladi.
6. Ilmiy unvon tegishli ilmiy darajaga, magistr darajasi, magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot yoki oliy harbiy ta’lim diplomiga yoki oliy ma’lumotli mutaxassis diplomiga ega bo‘lgan shaxslarga mazkur Nizomga muvofiq ilmiy unvon beruvchi OTM kengashlari yoki ITM ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashlari (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) taqdimnomasiga asosan, OAK Rayosati qarori bilan OAK tomonidan beriladi. Taqdimnoma talabgorning asosiy ish joyidan beriladi.
7. Ilmiy unvon berilgan shaxslarga Attestat beriladi.

Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling