Ilova ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi
VI bob. Attestatlarni rasmiylashtirish va berish
Download 27.55 Kb.
|
195-4-son
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII bob. Ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash
VI bob. Attestatlarni rasmiylashtirish va berish
36. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va bir oy ichida Attestat rasmiylashtiriladi. 37. Attestat yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq OAK tomonidan uning dublikati beriladi. Talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgargan taqdirda, Attestat yangisiga almashtirib berilmaydi. VII bob. Ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash 38. Shaxs attestatsiya ishi ekspertizadan noxolis o‘tkazilganligi natijasida shaxsga berilgan ilmiy unvondan OAK Rayosatining qarori asosida mahrum etilishi mumkin. 39. Shaxsni ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash bo‘yicha OAKga yoki tegishli Kengashga murojaat qilinadi. Bunda manfaatdor shaxslar tegishli dalillar (hujjatlar)ni o‘z murojaatiga ilova qilgan holda taqdim etishi shart. Bunday masala bilan OAKga murojaat qilinganda, taqdim etilgan dalillar OAK ekspert kengashi tomonidan muhokama qilinib, masalani ko‘rib chiqish uchun tegishli Kengashga yuboriladi. 40. Kengash tomonidan Kengash a’zolari orasidan uch kishilik tarkibda komissiya tuziladi. Ushbu masala bir oy ichida komissiya tomonidan o‘rganib chiqiladi va Kengashning tegishli qarori loyihasi tayyorlanib, masala kengash majlisida ko‘rib chiqiladi. Kengash majlisi unda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Kengash majlisi ilmiy unvondan mahrum etilayotgan shaxs ishtirokida o‘tkaziladi. Shaxs bu haqda majlis o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin ogohlantirilishi shart. Agar shaxs majlisga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa yoki majlisga kelishdan bosh tortsa, Kengash tomonidan uning ishtirokisiz majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Mazkur shaxs uzrli sabablarga ko‘ra majlisga kelaolmasligi haqida oldindan xabar qilganda, Kengash majlisi boshqa kunga yoki boshqa vaqtga qoldiriladi. Zarur hollarda, boshqa mutaxassislar Kengash majlisiga taklif etilishi mumkin. 41. Kengashning ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi qarori yashirin ovoz berishda ishtirok etgan Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilgan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi. Kengash tomonidan Kengash qarori, Kengash majlisi bayonnomasi hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, o‘n kun ichida OAKga yuboriladi. 42. Kengash tomonidan taqdim etilgan hujjatlar OAK ekspert kengashida muhokama qilinadi va tegishli tavsiya qabul qilinadi. Kengashning ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi qarori hamda OAK ekspert kengashining tavsiyasi OAK Rayosatida ko‘rib chiqilib, yakuniy qaror qabul qilinadi. 43. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish to‘g‘risidagi qarori o‘n yil oldin qabul qilingan bo‘lsa, ilmiy unvondan mahrum etish masalasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. 44. Kengash murojaatnomasiga asosan ilmiy unvondan mahrum etilgan shaxsning ilmiy unvoni ushbu Kengashning murojaatnomasiga muvofiq OAK Rayosati qarori bilan tiklanishi mumkin. Download 27.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling