Ilova ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi


VIII bob. Apellatsiyani ko‘rib chiqish


Download 27.55 Kb.
bet9/9
Sana17.06.2023
Hajmi27.55 Kb.
#1546278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
195-4-son

VIII bob. Apellatsiyani ko‘rib chiqish
45. Manfaatdor shaxslar ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish to‘g‘risidagi OAK Rayosati yoki Kengash qarori yuzasidan u qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida OAKga apellatsiya berishlari mumkin.
46. Apellatsiya quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
mazkur Nizomning 45-bandida belgilangan muddat o‘tganda;
apellatsiya aynan bir masala bo‘yicha takroran berilganda.
47. OAK Rayosati qarori yuzasidan berilgan apellatsiya, shuningdek Kengash qarori yuzasidan berilgan apellatsiya OAK Tartib-qoida komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. OAK Tartib-qoida komissiyasi apellatsiyani ko‘rib chiqishni tegishli ekspert kengashiga topshirishi mumkin. Zarur hollarda, mazkur masalani ko‘rib chiqishning avvalgi bosqichlarida ishtirok etmagan mutaxassis-olimlardan iborat Apellatsiya komissiyasi tuziladi.
48. OAK Rayosati tomonidan Tartib-qoida komissiyasi, tegishli ekspert kengashi yoki Apellatsiya komissiyasi xulosasi ko‘rib chiqiladi va apellatsiya bo‘yicha ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilinadi.
49. Apellatsiya bo‘yicha qabul qilingan OAK Rayosatining yakuniy qarori besh ish kuni ichida apellatsiya bergan shaxslarga, shuningdek Kengashga taqdim qilinadi.
IX bob. Yakuniy qoida
50. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling