Ilova ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi


-§. ITM mutaxassislariga katta ilmiy xodim ilmiy unvonini berish


Download 27.55 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi27.55 Kb.
#1546278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
195-4-son

5-§. ITM mutaxassislariga katta ilmiy xodim ilmiy unvonini berish
19. Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaxslarga beriladi:
a) ilmiy darajaga ega bo‘lgan;
b) kamida besh yillik ilmiy va pedagogik, jumladan ITMda uch yillik ilmiy ish stajiga ega bo‘lgan;
v) kamida bir yil davomida grant rahbari yoki ilmiy-tashkiliy tuzilma boshlig‘i yoxud bosh (yetakchi, katta) ilmiy xodim yoki kamida bir yil davomida ITM rahbari, uning o‘rinbosari yoki ilmiy kotibi lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan va ilmiy faoliyat olib borayotgan;
g) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy yoki xalqaro ilmiy jurnalda ilmiy maqola chop ettirgan;
d) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yoxud xo‘jalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;
e) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etayotgan;
j) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zosi, rasmiy opponent va boshqalar).
20. Ilmiy darajasiz shaxslarga katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berilmaydi.
6-§. O‘rindoshlik asosida ishlayotgan mutaxassislarga ilmiy unvonlar berish
21. Ilmiy unvonlar mazkur bobning 2 — 5-paragraflarida nazarda tutilgan tegishli lavozimlarda kamida 0,25 stavka o‘rindoshlik yoki 240 soatdan kam bo‘lmagan mehnatga soatbay haq to‘lash asosida ishlayotgan iqtisodiyot tarmoqlarining yuqori malakali mutaxassislariga mazkur bobning 1 — 5-paragraflarida belgilangan talablarga rioya qilingan holda beriladi. Mazkur qoida asosiy ish joyi OTM va ITM bo‘lgan mutaxassislarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
22. Taqdimnoma talabgorning o‘rindoshlik asosida ishlayotgan ish joyidan beriladi.
III bob. Ilmiy unvonga taqdim etish
23. Ilmiy unvonga taqdim etish bo‘yicha masala quyidagi hollarda Kengashga kiritiladi:
dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlariga – talabgorga ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlangan yoki talabgorning ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi diplomi nostrifikatsiya qilingan kundan e’tiboran kamida bir yil o‘tgach;
professor ilmiy unvoniga – talabgor dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgan kundan e’tiboran kamida bir yil o‘tgach.
24. Talabgorning hujjatlari Kengashga u faoliyat olib borayotgan muassasaning tegishli tuzilmasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
25. Talabgorning hujjatlari Kengash tomonidan ikki oy ichida mazkur Nizom II bobining 1 — 5-paragraflari talablariga asosan ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi. Ko‘rib chiqish muddatini hisoblashda iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.
26. Ilmiy unvonga taqdim etish to‘g‘risidagi Kengash qarori yashirin ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
Kengash majlisi, unda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy unvonga taqdim etish to‘g‘risidagi qarori majlisda ishtirok etgan Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi.
27. Talabgorning attestatsiya ishi Kengash tomonidan ilmiy unvonga taqdim etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida OAKga yuboriladi.
28. Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” tanlovida g‘olib chiqqan darslik muallifiga ilmiy unvon berish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 290-son “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” tanlovi g‘oliblariga ilmiy daraja va ilmiy unvon berish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 13-son, 87-modda) asosan ko‘rib chiqiladi.

Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling