Ilova ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi


Download 27.55 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi27.55 Kb.
#1546278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
195-4-son

(141-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2014-yil 26-dekabrdagi 211/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2444-1, 26.12.2014-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52-son, 637-modda)
3-§. ITM mutaxassislariga professor ilmiy unvonini berish
15. Ixtisoslik bo‘yicha professor ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan shaxslarga beriladi:
a) fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan;
b) ilmiy unvonga ega bo‘lgan;
v) kamida o‘n yillik ilmiy va pedagogik, jumladan ITMda besh yillik ilmiy ish stajiga ega bo‘lgan;
g) kamida bir yil davomida davlat granti rahbari yoki ilmiy-tashkiliy tuzilma rahbari yoxud bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim yoxud kamida bir yil davomida ITM rahbari, rahbar o‘rinbosari yoki ilmiy kotibi lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan va ilmiy faoliyat olib borayotgan;
d) kamida ikki nafar ilmiy daraja olgan mutaxassisni tayyorlagan yoki bir nafar ilmiy daraja olgan mutaxassis va kamida besh nafar magistrga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat (nomdor) stipendiati yoxud xalqaro yoki respublika olimpiadalari yoki tanlovlari g‘oliblarini tayyorlagan;
e) salmoqli ilmiy va ilmiy-texnik natijalarga erishgan (monografiya yoki risolalar nashr ettirgan yoxud ixtirolarga ega bo‘lgan) hamda dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida o‘nta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy yoki xalqaro ilmiy jurnallarda ikkita ilmiy maqola chop ettirgan;
j) ta’lim jarayonida ishtirok etayotgan;
z) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yoxud xo‘jalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan;
i) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etayotgan;
k) attestatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zosi, rasmiy opponent va boshqalar).
16. Ixtisoslik bo‘yicha professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, mazkur Nizomning 15-bandi “b–g” va “e–k” kichik bandlari talablarini bajargan va fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlariga, shundan yakka mualliflikda chop etilgan darslik va kamida ikkita o‘quv qo‘llanmalari bo‘lgan, kasbiy va ilmiy-pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan, ilmiy daraja olgan mutaxassis tayyorlagan ITM mutaxassislariga berilishi mumkin.
161. Professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, kamida ikki yil davomida ITMda faoliyat ko‘rsatayotgan, fan doktori yoki fan nomzodi (xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan, dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan hammualliflikda yirik ilmiy ish, monografiya chop ettirgan, ilmiy jurnallarda kamida 10 ta (shundan nufuzli xorijiy jurnallarda 2 ta) ilmiy maqola chop ettirgan, pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o‘quv adabiyoti (adabiyotlari) bo‘lgan, salmoqli ilmiy va ilmiy-texnik natijalarga erishgan, jumladan olgan ilmiy natijalari normativ-huquqiy hujjatlarda (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlarida) tatbiq etilgan, ta’lim, fan va amaliyot integratsiyasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va barkamol avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qo‘shgan yuqori malakali mutaxassislarga berilishi mumkin.
(161-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2014-yil 26-dekabrdagi 211/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2444-1, 26.12.2014-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52-son, 637-modda)

Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling