Immunosorbentlar va ularni olish usullari


Limfositlar harakati va umri


Download 138.6 Kb.
bet11/22
Sana30.04.2023
Hajmi138.6 Kb.
#1403185
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Immunosorbentlar va ularni olish usullari (2)

Limfositlar harakati va umri
Suyak iligida va timusda qayta ishlangan T va B limfositlar periferik qonga chiqariladi. Ularning periferik qondagi miqdori 7:3 nisbatda boʻladi. Periferik qondagi limfositlar bir necha soatdan soʻng periferik limfa tugunlari, limfoid folikulalar, hazm sistemasiga bogʻlangan limfoid toʻqimalar, taloq, nafas va ayirish sistemasiga bogʻliq boʻlgan limfoid folikulalarga oʻtadi va u yerdan yana periferik qonga chiqariladi. Limfoid toʻqimalarda jami limfositlarning 2%i boʻladi. Limfositlar organizm ehtiyojiga koʻra limfoid folikulalarda toʻplanadi va yana qonga chiqarib turiladi. Shu zaylda ular bir necha oy va yillab yashashi mumkin.
Immunologik tolerantlik
Tolerantlik yoki immunologik tolerantlik – barcha antigenlarga immunoreaktivlik xususyatini saqlagan
holda organizmning muayyan antigenligiga nisbatan immunologic javobini yo'qolishi yoki susayishi.
«Tolerantlik» terminini ingliz olimi P.Medavar (1953) tomonidan ko'chirib o'tqazilgan begona to'qimaga nisbatan organizm immuno sistamasi «chidamliligini» ko'rsatish maqsadida taklif etilgan.
«Immunologik falajlik» , «areaktivlik» ,
«antigen og'irligi» kabi teminlar tolerantlikning
Har xil shakillariga mos keladi.
Sog'lom organizmning immun tizimi o'zining antigenlariga nisbatan tolerant bo'lishi tufayli organism to'qima va hujayralariga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan antitelolarni ishlab chiqarmaydi. Homilaning alloantigenlarga nisbatan tolerantlikning fiziologik holati homiladorlik paytida vujudga keladi, degan taxminlar mavjud. Qon hosil qiluvchi (plazmatik) hujayralarnimg ona qornida bo'ladigan almashinuvlari natijasida har xil tuxumli egizaklarda ham qonning guruhlangan antigenlariga nisbatan o’zaro fiziologik Tolerantlik paydo bo'lishi mumkin.
Bakterya va viruslarga nisbatan Tolerantlik latent, ya'ni yashirin infeksiya yuqqanida (masalan odamda zardobida gepatit virusi tushganda) kuzatiladi. Organ va toʻqimalar transplantatsiyasi (koʻchirib oʻtqazish) da transplantantning taqdiri retsipiyentda donorning gistooʻrindosh antigenlariga nisbatan hosil qilinayotgan Tolerantlikning qanchalik toʻliq va uzoq boʻlishi bilan aniqlanadi. Xususiy antigenlarga nisbatan Tolerantlikning buzilishi avtoimmun kasalliklarni keltirib chiqaradi.Tolerantlik toʻliq yoki immun javobning biron shakliga taalluqli boʻlishi mumkin (masalan antigenlar hosil qilish qobiliyatini yoʻqotganda hujayra immunitetini saqlab qolish) Tolerantlikning murakkab tabiati, bu holatni oʻrganish uchun tajribalar oʻtkazish vaqtida ochiladi. Immunokomponent hujayralar maʼlum klonlari hayot faoliyatining pasayishi yoki butunlay toʻxtashi natijasida qaytmas Tolerantlik vujudga kelishi kuzatilgan. Bunday holat immune sistema pishib yetilmagan davrda, ayniqsa, organizmga koʻp miqdorda antigenlar kiritilganda paydo boʻladi (homilaning ona qornida rivojlanishi davrida yoki bola tugʻilgandan keyingi dastlabki kunlarda).
Voyaga yetgan organizmlarda Tolerantlikni, ionlovchi nurlar yoki immunodepressantlar yordamida immunokomponent hujayralarni toʻliq boʻgʻish bilan vujudga keltirish mumkin. Organizmga kichik dozadagi eruvchan antigenlar kiritib, qaytar Tolerantlik hosil qilsa boʻladi. Bunday antigenlarning molekulalari limfotsitlar membranasiga joylashgan immunoglobulinlarning molekulalari bilan birikib, ularni toʻsib qoʻyadi, deb taxmin qilinadi.
Qaytar Tolerantlikni antigen-antitelo kompleksi ham hosil qiladi. Tolerantlik V limfotsitlar hamda fagotsitlarning immun javobini toʻxtatib turuvchi maxsus T-limfotsitlar mavjud. Bunday T-limfotsitlar (supressorlar) xususiy antigenlarga nisbatan fiziologik Tolerantlikni saqlab turishi mumkin. Antitelolarning bir meʼyorda hosil boʻlishini amalga oshiruvchi Tolerantlik shakli ham mavjud; bu jarayonda vujudga kelgan barcha antitelolar toʻqimalardagi antigenlar bilan bogʻlanadi. Tolerantlikni organizmga koʻp miqdorda antitelolar kiritish orqali ham hosil qilish mumkin. Bu antitelolar antigen molekulalarini limfotsitlarga yetkazmasdan ushlab qoladi yoki antigenni immunokomponent hujayralardan toʻsib turadi. Organizmning tashqi muhitning noqulay sharoitlariga chidashi ham Tolerantlik deb ataladi.
Oʻsimliklarda Tolerantlik himoya reaksiyasining bir turi, yuqtirilgan kasallikka javoban oʻziga xos chidamlilikning namoyon boʻlishi. Turda Tolerantlikning paydo boʻlishi tanlash natijasi bilan bogʻliq boʻlib, tabiiy populyatsiyalardagi evolyutsion jarayonda oʻsimlik bilan patogen oʻrtasida uzoq vaqt davom etgan oʻzaro taʼsirlar natijasida vujudga keladi. Madaniy oʻsimliklar Tolerantlik tufayli epifitotiya (yoppasiga zararlanish) sharoitida qam qoniqarli hosil beradi. Tolerantlikning namoyon boʻlishi ekologik sharoitlarga (harorat, havo, tuproq), yosh oʻsimlik ontogenezi fazalariga va boshqalarga bogʻliq. Barcha navlarga mansub boʻlgan oʻsimliklar Tolerantlikni qulay sharoitlarda oʻstirilganda (oziqlantirish, agrotexnika) oshadi. Tolerant navlardan keng miqyosda foydalanish xavfli, chunki ular boshqa oʻsimliklarni zararlovchi manba boʻladi; kasallik qoʻzgʻatuvchi yangi mikroorganizmlarning paydo boʻlishiga qulay sharoit yaratadi.
Voyaga yetgan organizmlarda Tolerantlikni, ionlovchi nurlar yoki immunodepressantlar yordamida immunokompetent hujayralarni toʻliq boʻgʻish bilan vujudga keltirish mumkin. Organizmga kichik dozadagi eruvchan antigenlar kiritib, qaytar T. hosil qilsa boʻladi.Bunday antigenlarning molekulalari limfotsitlar membranasiga joylashgan immunoglobulinlarning molekulalari bilan birikib, ularni toʻsib qoʻyadi, deb taxmin qilinadi. Qaytar T.ni antigenantitelo kompleksi ham hosil qiladi.
Bakteriyalarga qarshi immunitet. Bakterial infeksiyaning patogeneziga qarab immunitet mikroblarga yoki ularning toksinlariga qarshi qaratilgan bo'lishi mumkin. Masalan, bo'g'ma, qoqshol, botulizm kabi kasalliklar patogenezida ular ishlab chiqargan ekzotoksinlarning ahamiyati juda katta , shuning uchun hosil bo'lgan gumoral im m un javob, asosan,toksinlarga, keyin mikroblarga qaratilgan bo'ladi. Organizmda mikroorganizmlarga qarshi himoyaning asosiy mexanizmi Fagositoz hisoblanadi. Maxsus antitelo va limfokinlarning opsonik ta’siri natijasida fagositoz kuchayadi. Bunda antitelolar faol markazlari bilan epitopni(antigen determinantasi) biriktirsa, Fc-qismi bilan fagositoz qiluvchi hujayra membranasidagi retseptorlarga birikadi. Bunda hosil b o 'lg a n immun kom pleks(antigen-antitelo) kom plem ent sistemani faol lashtirishi hisobiga bakteriyalarning immun lizisi amalga oshadi. Hujayra ichida ko'payuvchi bakteriyalarga n isbatan (brutsella, Men ingokokk, gonokokk va mikobakteriyalar) hujayraviy immunitet rivojlanadi. Sil mikobakteriyalari, brutsella, salmonella va boshqa fakultativ hujayra ichi parazitlari fagositoz qiluvchi hujayralarda tirik saqlanib qoladi (tugallanmagan fagositoz). Ularni faqat sustkor giper ta’sirchanlik reaksiyalaridii yuzaga keladigan immun yallig'lanish o'choqlarida limfokinlar ta’sirida Faollashgan makrofaglar o'ldira olishi mumkin.Odam shilliq qavatlaridagi bakteriyalarga qarshi himoyani sekretor immunoglobulinlar ta’minlaydi. Bu antitelolar bakteriyalarning yuza qismida joylashgan antigenlar bilan birikib, mikroblarning epiteliy hujayralariga yopishishiga yo'l qo'ym aydi.Вakteriyalarga qarshi immunitet steril va nosteril bo'lishi mumkin. Steril immunitetda odam organizmi infeksiya qo'zg'atuvchisidan to'liq ozod bo’ladi. Bunday holat ko'kyo'tal, chinchechak va boshqa ko'pgina kasallliklardan keyin yuzaga keladi. Nosterillanilmagan imunitetda kasallik qo'zg ‘atuvchisi ma’lum vaqtgacha organizmda saqlanib qoladi. Masalan, brutsedlyoz, sil, zaxm kabi surunkali kasalliklarda nosteril immunitet kuzatiladi. Ma’lum bir hollarda nosteril immunitet steril immunitetga aylanishi ham mumkin. Odam organizmida har minutda bir necha ming hujayra har xil omillar ta’sirida mutatsiyaga uchraydi va ulardan ma’lum bir qismi havfli o'smasimon (raksimon) hujayralarga aylanadi.

Shunga qaramay, rak kasalligi boshqa kasalliklar orasida birinchi o'rinda turmaydi, chunki immun sistema organizmni mutatsiyaga uchragan hujayralardan tozalab turadi. O ' smaga qarshi immunitetning rivojlanishida quyidagi jarayonlar kuzatiladi: mutatsiyaga uchragan hujayra usti membranasidagi antigenlar o'z tuziilishini o'zgartiradi yoki yangilari paydo bo'Iadi. HLA-sistemaning 1 sinfgenlari sintez qilgan biomolekulalarham tuzilishini o'zgartiradi. Bu o'zgargan antigenlarni organizmda 3 xil immun tizim hujayralari tanib olish xususiyatiga ega: 1) tabiiy killerlar, ular doimo organizmda bo'lib, o'sm a


hujayralarini tezda taniydi va o'ldiradi; 2) K-limfotsitlar, ular faqat o'sma hujayralari antigenlariga antitelolar birikkanidan so'ng, bu kompleksga birikib, organizmdagi «yot» hujayrani o'ldiradi; 3) T-killerlar, hujayraviy immunitet mahsuli bo'lib, o'sm a hujayrasini topgach uni o'ldiradi. Organizmni o ‘sma hujayralaridan himoya qilishda interferonlar ham kattaahamiyatga ega. Oxirgi izlanishlar, o'smta hujayralari organizm immun tizimi faoliyatini susaytiruvchi omillar ishlab chiqarishini ko‘rsatdi. Shuning uchun o'sma kasalligini davolashda maxsus usul va dorilar bilan bir qatorda immune holatni tiklovchi vositalar (interferon, timus preparatlari, interleykin-1 va2, monoklonal antitelo va boshqalar)dan ham foydalaniladi qo'shilganda, uning antigenlik va immunogenligini oshirib bera oladigan m oddalarga adyuvantlar (lot. adjuvans, adjuvantis - yordam yoki imkon beruvchi) deb aytiladi. Bularga aluminiy gidroksid yoki aluminiy fosfat, yog' emulsiyasi, sirt faol moddalar, grammanfiy bakteriyalarning lipopolisaxaridlari va Freynd adyuvanti (mineral yog‘,emulgator vao'ldirilgan sil mikobakteriyalarining birikm asi) misol bo'la oladi. Adyuvantlarning ta’sir mexanizmi, ular kiritilgan joyda antigenlarni parchalanishdan saqlash (depo vazifasi),fagositozni kuchaytirish, limfotsitlarga mitogen ta’sir qilishigaasoslangan.Harqanday antigen o'ziga xos, ya’ni noyob tuzilishgaega boiganligi sababli ularning quyidagi tasnifi tafovut qilinadi:
1 . Geteromaxsuslik - har xil turga xos mavjudotlarda bir biriga juda o 'xshash bo'lgan antigenlar borligi. M asalan, Forsman antigenlari ot, qo'y eritrotsitlari va cho'chqa miyasi hujayralarida topilgan.

Download 138.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling