“index”mchj


“INDEX” MChJ ning strategik boshqaruv jarayonlari bilan tanishuv


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana23.01.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1113073
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
“index”MCHJ

3. “INDEX” MChJ ning strategik boshqaruv jarayonlari bilan tanishuv. 
Korxonalarda boshqaruv strategiyalari va strategik rejalashtirishni o’rganish 
Amalyotimiznning eng kerakli va o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadigan 
mavzulardan biri “INDEX” MChJ ning faoliyatidagi strategic boshqaruv va uni 
tashkil etish mexnizmlarini o’rganish bo’ldi. Bunda men “INDEX” MChJ 
boshhqaruvidagi hodimlarning egallab turgan lavozimi va boshqaruvdagi strategic 
qarorlar qabul qilishda qatanashish nuqtayi nazaridan o’rganib chiqdim. 
Strategiya faqatgina menejerlar avvalroq o’ylab chiqqan harakatlar emas, 
balki kutilmagan vaziyatlarda kiritilishi lozim bo’lgan tuzatishlar hamdir. 
Strategiyani ishlab chiqish uchun tadbirkorlik iste’dodi va fikrlashning strategik 
tarzi bo’lishi kerak. Strategiyani ishlab chiqish mahorati menejerning tadbirkorlik 
iste’dodiga bog’liq. 
Menejerning tadbirkorlik mahoratini belgilash mezoni uning yangi strategik 
imkoniyatlarni ko’ra bilishi va yangiliklarga o’chligidir. Tadbirkorlik iste’dodiga 
ega bo’lgan menejerlar odatda birinchi qaldirg’ochlar bo’ladilar. Ular yangiliklarni 
tez o’zlashtirib oladilar, tavakkalchi bo’ladilar va keskin yangi strategiyalar 
yaratadilar. 
Kompaniya strategiyasiga tuzatishlar kiritish me’yoriy oddiy hol 
hisoblanadi. Ba’zan strategiyaga o’zgartirish kiritish zarur bo’lib qoladi. Kamdan-
kam hollardagina kompaniya strategiyasi vaqt sinovidan o’ta oladi. Strategiyani 
qanday qilib yaxshilash mumkin, degan savol menejerni hech qachon tark 
etmasligi lozim. Shuning uchun strategiyani ishlab chiqish dinamik jarayondir. 
Kompaniya strategiyasi mohiyatan qator savollarga javob beradi. Bu 
savollar quyidagilardan iborat:
-Ishni qanday rivojlantirish kerak? 
-Mijozlarni qanday qilib qanoatlantirish mumkin? 
-Raqiblardan qanday qilib o’zib ketsa bo’ladi? 
-O’zgaruvchan bozor sharoitlariga qanday javob berish lozim? 
-Kompaniyaning ayrim funktsional bo’limlarini qanday boshqarish kerak? 
-Moliyaviy va strategik maqsadlarga qanday qilib erishish mumkin? 
19


Strategik ko’rish va kompaniya missiyasini ishlab chiqish, maqsadlarni 
aniqlash va strategiyani tanlash, kompaniyaning rivojlanish yo’nalishini 
belgilashda asosiy vazifalardir. Kechikib tuzilgan strategik rejalar yoki o’z vaqtida 
kiritilmagan tuzatishlar hech qanday natija bermaydi. 
Strategiyani amalga oshirish ishlari ma’muriy vazifalarga kiradi. U 
quyidagilardan iborat . 
Yuqoridagi 4 ta vazifa bir necha bor qayta ko’rib chiqiladi, chunki 
yangidan yuzaga keladigan holatlar har xil tuzatishlar kiritishni talab qiladi. O’tgan 
tajribalar natijasi va kompaniyaning istiqbol maqsadlari shunday o’zgartirishlar 
kiritilishga sabab bo’lishi mumkin. Strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish 
yo’llarini axtarish doimiy hisoblanadi. Strategiyani amalga oshirishda uning ayrim 
qismlari keraksiz bo’lgani bois o’zgartirish talab etiladi. 
Yuqorida ko’rib o’tilgan strategik boshqarish vazifalarining har biri doimiy 
tahlil va qarorlar qabul qilishni talab etadi: ishni belgilangan yo’nalishda davom 
ettirish kerakmi yoki unga o’zgartirishlar kiritish kerakmi? Chunki strategik 
menejment doimiy harakatdagi jarayondir. Bu besh vazifa bir-biri bilan o’zaro uzviy 
bog’langan. Masalan, kompaniyaning missiyalariga bog’liq masalalar muayyan 
maqsadlar bilan bog’langan. Mazkur besh vazifa alohida holda amalga oshirilmaydi. 
Kuchli raqobatchilik sharoitida har bir faoliyat yuritayotgan kompaniya va 
kompaniyalar faoliyati iqtisodiy faoliyatga asoslangan, shunung uchun kompaniya 
strategik boshqaruv jarayonida albatta marketingga juda katta ahamiyat beradi.
Marketingning firmaning iqtisodiy operatsiyalarida o‘ynaydigan roli 3-
rasmda ko‘rsatilgan. Bu erda boshqaruvning to‘rt asosiy funksiyasi (tadqiqot va 
ishlab chiqish, ishlab chiqarish, marketing va moliya) o‘rtasidagi asosiy moliyaviy 
aloqalar keltirilgan. Strategik marketing - bu avvalo jismoniy shaxslar va 
tashkilotlar ehtiyojlarining tahlilidir. Marketing nuqtai nazaridan qaraganda xaridor 
tovarning o‘ziga emas, balki shu tovar yordamida yechiladigan muammoning hal 
qilinishiga muhtojdir. Yechimga turli texnologiyalar yordamida erishiladi, 
texnologiyalarning o‘zi esa tinimsiz o‘zgarib turadi. Strategik marketingning roli - 
berilgan bozorning evolyusiyasini kuzatib borish va qondirishga muhtoj 
20


ehtiyojlarni tahlil qilish asosida turli mavjud yoki kutilayotgan bozorlarni yoki 
ularning segmentlarini aniqlashdan iboratdir. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling