“index”mchj


“INDEX” MChJ ning tashkiliy strukturasi va xodimlari faoliyatini


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana23.01.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1113073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
“index”MCHJ

2. “INDEX” MChJ ning tashkiliy strukturasi va xodimlari faoliyatini 
boshqarish bilan tanishish 
Tashkilotlarni tuzish – bu uning tarkibini shakllantirish, bo’limlarini 
aniqlash jarayoni bo’lib, uning maqsadlari va aniq vazifalarini bajarish uchun etarli 
bo’lishi kerak. 
Tashkilotning strukturasi kompaniya maqsadlari va vazifalaridan kelib 
chiqqan holda tuziladi uning boshqarish pog’onalari, zvenolari kompaniya faoliyati
xususiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Ishlovchi xodimlar, xizmatchilar va 
ishchilar soni ham strukturaga mos holda aniqlanadi. 
Boshqaruvning tashkiliy strategiyasi keng ma’noni anglatib, uboshqaruv 
tizimining tizimlari va bo’limlari orasidagi o’zaro bog’liqlikni va ular 
yig’indisining anglatadi. Boshqaruv strukturasi tashkilotning faoliyat turiga qarab, 
murakkab ko’p bosqichli, pog’ona, ko’p bo’limli va sodda bo’lishi mumkin. Har
ikki holda ham boshqarish funktsiyalari bo’lgan rejalashtirish, tashkil etish, nazorat 
va rag’batlashtirish funktsiyalari bajariladi. Bir butun bosharish strukturasi 
ierarxik tartibda tuziladi. 
Boshqarish strategiyasining tub mohiyati ko’p iqtisodchilar tomonidan talqin 
qilingan. Bir qator avtorlar tomonidan – “ boshqarish strategiyasi – bu bir butun 
tashkiliy tizim bo’lib, unda ma’lum belgilarga ko’ra elementlar va struktura osti
tizim shakllanadi va ular o’zaro bog’liq jarayonlar bilan bir biri bilan uzviydir”.
Yana boshqa ta’rif “Boshqarishning tashkiliy strukturasi bu bo’limlar va 
lavozimlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, vakolatlarning, majburiyat va 
vazifalarning ular orasida bo’linishi, hamda boshqarish jarayonida yuzaga 
keladigan. 
Kompaniya O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi bo’lib, mustaqil 
balansiga, banklarda hisob raqami, dumaloq muxr, burchak shtampiga ega. O’z 
faoliyatini xo’jalik hisob-kitobi, shaxsiy ta’minot va o’z-o’zini moliyalashtirish 
asosida amalga oshiradi. Kompaniya faoliyatining maqsadi O’zbekiston 
Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan, xo’jalik faoliyatining moliyaviy 
13


natijalari asosida foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi 
asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan faoliyat ko’rsatishdir.
Kompaniya o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Davlat 
organlari Farmoyishi va qarorlari, jamiyat Nizomi va jamiyat boshqaruv organlari 
qarorlariga muvofiq olib boriladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling