“index”mchj
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
“index”MCHJ
2-rasm. “INDEX” MChj ning tashkiliy – tarkibiy boshqaruv tuzilmasi va bo‘limlarining funksional vazifalari 3 Jamiyat raisi xizmat burchlari: Kompaniyaning barcha turdagi faoliyatiga O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasida kompaniyalar to’g’risida”gi qonuniga muvofiq ravishda rahbarlik qiladi. Ishlab chiqarish bo’limlarining, sexlarning va boshqa tuzilma bo’linmalarining ishlarini va o’zaro “INDEX” MChJ ning nizomi. 3 14 Jamiyat raisi Bosh mutaxassis Konsultantlar Rahbar o’rinbosari Huquqshunos Kadrlar bo’limi Bosh hisobchi Iqtisodchi Bo’lim boshliqlari samarali harakat qilishlarini tashkil etadi, ularning faoliyatlarini rivojlanishning yuqori sur'atini egallashga va ishlab chiqarishni takomillashtirishga, xalq xo’jaligining ishlab chiqariladigan maxsulotga bo’lgan talabini yanada tularoq qondirish maqsadiga uning eng yaxshi namunalariga mos kelishiga, barcha choralar bilan mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, yangi texnika va ilg’or texnologiyani keng joriy etish asosida maxsulot sifatini yaxshilashga, xo’jalik mexanizmini takomillashtirishga yo’naltiradi: - ishchi xodimlarni nazorat qilish va boshqarish; - ishchilarni malakasini oshirishiga ko‘maklashish; - ish unumdorligini oshirish; - tovar ishlab chiqarishni optimal yo‘lini topish; - va yana shu kabi ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni boshqarish va nazorat qilishdir. Bosh mutaxassis xizmat burchlari jamiyat raisdan keyingi pog‘anada turuvchi xodim hisoblanib, bevosita ishlab chiqarish jaroyonini nazorat qilib turadi, shu bo‘yicha javobgar bo‘ladi. Huquqshunos xizmat burchlari: Boshqa bo’limlar bilan birgalikda qonunlarni to’g’ri qo’llashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, huquqiy harakterga ega hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi hamda quyi boshqaruv organlarining, kompaniyalarning amaldagi qonunlarga xilof holda chiqarilgan hujjatlarini bekor kilish choralarini ko’radi. Bosh hisobchi xizmat burchlari:Buxgalterlik hisob-kitobining turli uchastkalari (asosiy vositalarini, aylanma mablag‘larni, ishlab chiqarish tovar moddiy boyliklarini, xizmat ko’rsatishga sarflanadigan harajatlarni, mahsulot sotishni, moliya – xo’jalik faoliyati natijalarini, mol yetkazib beruvchilar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar va hokozalarni hisobga olishdagi) ishlarini bajaradi. 15 Iqtisodchi xizmat burchlari faoliyat harajatlari bo’yicha hisob Kadrlar bo’limi boshlig’i xizmat burchlari:Kompaniyaning, uning bo’limlarining shaxsiy sostavini hamda kadrlar bo’yicha belgilangan hujjatlarning hisobini olib boradi. Mehnat qonunlariga, qoidalariga, yuriqnomalariga hamda jamiyat raisining buyruqlariga muvofiq xodimlarni ishga olinishi, ishdan ishga o’tkazishni va ishdan bo’shatishni rasmiylashtiradi. Bozor iqtisodiyoti shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda kompaniya va tashkilotlarning daromad olishga bo’lgan imkoniyatlari bir tomondan kamayib ketsa, ikkinchi tomondan ortishi mumkin. Bunda esa asosiy omil sifatida tanlangan tashkiliy tuzilma maydonga chiqadi. Shuning uchun ham, ikki imkoniyatdan birini tanlash va unga erishish rahbar-menejerdan mahorat va uddaburonlikni talab qiladi. Boshqaruvning tashkiliy strukturalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning har bir zvenosining ishlab chiqarish- texnik, xo’jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo'yicha hamma funksiyalarni bajarilishining zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu muammolarning yechimi boshqaruvni isloh qilish boshqaruv ishlari va funksiyalarini ratsional taqsimlash boshqaruvning aniq maqsad va vazifalarini belgilash bo’yicha bir qator tadbirlarni o’tkazish orqali amalga oshiriladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling