Индустриал иқтисодиёт


Аmortizatsiya ajratmalari


Download 309.05 Kb.
bet60/75
Sana29.01.2023
Hajmi309.05 Kb.
#1137396
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
Bog'liq
1 13 темаларLeksiya

Аmortizatsiya ajratmalari – mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar amortizatsiyasi summasi; asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital tamir va yangilash) va to`liq tiklash (renovatsiya) fondlarini yaratishga xizmat qiladi. Аmortizatsiya ajratmalari meyorlari asosiy fondlar qiymatiga proportsional ravishda hisoblanishi, yani taxminiy foydalanish muddatiga tekis taqsimlanishi yoki kamayib boruvchi balans usulida – jadallashtirilgan tartibda hisoblanishi mumkin. Jadallashtirilgan tartibda foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya meyori 2 marta oshiriladi, ikkinchi yili qoldiq qiymatining 20% va shu tarzda ajratmalar nazarda tutiladi. Natijada asosiy fondlar qiymatining 23 qismi ular xizmat muddatining yarmidayoq amortizatsiyalanadi. Аmortizatsiya meyorlarining pasaytirilishi asosiy fondlarning yangilanishini syokinlashtiradi, oshirilgan meyorlar mahsulot tannarxini qimmatlashtiradi. Shu sababli amortizatsiya ajratmalari davlat tomonidan tartibga solinadi. Аmortizatsiya ajratmalari taminlanishi kerak bo`lgan asosiy shart asosiy fondlar eskirishini to`liq qoplashi va ularni takror yaratishni taminlashidir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat amortizatsiya ajratmalari normativlarini belgilab, jadallashtirilgan amortizatsiya orqali tadbirkorlarga soliqqa tortiladigan foyda summasini kamaytirishga imkoniyat yaratib beradi. Аyni paytda asosiy fondlar qiymatini hisobdan chiqarishni tezlatish tadbirkorni asosiy fondlarning manaviy eskirishi bilan bog`liq ehtimoli bo`lgan zarar ko`rishdan saqlaydi, yangi texnika va texnologiyani tezroq joriy etishga rag`batlantiradi.
Аmortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarning o`zini yoki uning bazi qismlarini yangilash vaqti kelguncha shu shaklda malum fondda jamg`arilib turiladi va bu fondni amortizatsiya fondi deb ataydilar. Demak, amortizatsiya fondi – amortizatsiya ajratmalari hisobiga shakllanadigan maxsus fonddir.
Аsosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan moddiy aktivlar amortizatsiyasi degan tushuncha ham mavjud.
Аsosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo`yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining summasi (hisoblangan eskirish);

  • lizing bo`yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, jadallashtiriladigan amortizatsiya summasi.

Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar eskirish, har oyda xo`jalik yurituvchi subekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan natijali foydalanish muddatidan (biror xo`jalik faoliyati yurituvchi subekt muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo`ladi. Natijali foydalanish muhlatini aniqlash imkoni bo`lmagan nomoddiy aktivlar bo`yicha eskirgan normasi 5 yilga hisoblanadi.
Мalumki, amortizatsiya ajratmalari belgilangan normalar bo`yicha tayyor mahsulotning tannarxiga kiritiladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Na  (f1  ft)  (Тa  f1)  100%,
Bu erda:
f1 – asosiy fondlarning dastlabki yoki tiklash qiymati;
ft – asosiy fondlarning tugatish qiymati;
Тa – asosiy fondlarning normativ ishlash muddati (amortizatsiya vaqti).
Аmortizatsiya normasining darajasi asosiy fondlarning eskirgan qismini tiklash uchun resurslar hajmini aniqlaydi. Аmortizatsiya normasi bilan asosiy fondlarning aylanish tezligi belgilanadi va ularni qayta ishlab chiqarish jarayoni jadallashtiriladi.
Аsosiy fondlarning to`liq tiklashni amortizatsiya ajratmalar jami quyidagi formulaga asoslanib hisoblanadi:
Аa Na  f,
Bu erda:
Na amortizatsiya normasi;
f – asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymati.



Download 309.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling