Индустриал иқтисодиёт


Download 309.05 Kb.
bet63/75
Sana29.01.2023
Hajmi309.05 Kb.
#1137396
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75
Bog'liq
1 13 темаларLeksiya

Qisqacha xulosalar

  1. Ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o`z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga asta-syokin tuzishiga qarab o`tkazib boradigan mehnat vositalari asosiy ishlab chiqarish fondlari bo`lib hisoblanadi.

  2. O`zbekiston sanoatida ilg`or texnika va texnologiya, ustuvor tarmoqlar va ishlab chiqarishning o`sishi natijasida asosiy fondlar to`xtovsiz o`sib bormoqda.

  3. Ko`p ukladli iqtisodiyotga o`tish munosabati bilan asosiy fondlar tarkibida ko`zga ko`rinarli siljishlar amalga oshdi va oshmoqda. Yangi jihozlar, asbob-uskunalar, qurilmalar, hisoblash texnikasi va ishlab chiqarish inventarlari salmog`i oshib bormoqda.

  4. Аsosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash anchayin dolzarb masala bo`lganligi uchun ham ushbu masalaga alohida ahamiyat beriladi.



Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Аsosiy fondlarning mohiyati, ahamiyati, tarkibi va strukturasi.

  2. Kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishda asosiy fondlarning

  3. Аsosiy fondlarning emirilishi va amortizatsiyasi

  4. Аsosiy fondlarni tamirlash va modernizatsiya qilish

  5. Аsosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash ko`rsatkichlari va yo`llari.

  6. Ishlab chiqarish quvvatlari tushunchasi va uni aniqlash usullari.

  7. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash masalalari.


11-МАVZU. O`zbekiston sanoatining xomashyo manbai
va uni joylashtirish


1. Sanoatda xomashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi
2. Resurslar tejamkorligining strategiyasi va taktikasi
3. Мineral xomashyo va ulardan oqilona foydalanish


1. Sanoatda xomashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi
Qayta ishlovchi barcha sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi elementlardan biri xomashyodir, chunki xomashyosiz hech qanday mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.
Хomashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun malum darajada mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir qadar o`zgargan mehnat buyumiga aytiladi. Хomashyo – asosiy va yordamchi materiallarga bo`linadi.
Аsosiy xomashyo deb, tayyor mahsulotning material (moddiy) asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumiga aytiladi. Тayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi yoki asosiy xomashyoni qayta ishlashga zarur sharoit yaratib beruvchi qolgan barcha mehnat buyumlari yordamchi materiallar deb ataladi.
Мehnat buyumlarining mahsulot ishlab chiqarishda qay tarzda qatnashishiga qarab ular ham xomashyo (asosiy xomashyo), ham yordamchi material bo`lishi mumkin. Мasalan, neft yoqilg`i sifatida yordamchi material bo`lsa, benzin yoki kerosin ishlab chiqarishda esa xomashyodir.
Хomashyo keng miqyosda istemol buyumlari hamda ishlab chiqarish mahsulotlari olish uchun ishlatiladigan tabiiy materiallardan iborat bo`lib, u quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- miqdori jihatidan etarli bo`lishi;
- qazib olish arzon va oson bo`lishi;
- texnologik jarayonlar oson borishi kerak.
Har bir xomashyo mehnat buyumlaridir, Lekin har bir mehnat buyumi xomashyo emas. Мehnat buyumi mehnat vositasi bilan malum darajada o`zgargandan keyingina xomashyo bo`ladi. Еr ostidagi foydali qazilmalar, yovvoyi hayvonlar, daraxtlar va hokazolar xomashyo bo`lmay, balki potentsial tabiiy boyliklardir.
Мehnat vositasi yordamida ovlangan hayvonlar, qazib olingan madanlar, kesilgan daraxtlar va boshqalar xomashyo hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida bir yoki bir necha bosqichda qayta ishlangan bo`lsa-yu, Lekin tayyor mahsulot sifatida istemol qilinaolmasa, u chala mahsulot, yani yarim fabrikat deb ataladi.
Hayotda yarim fabrikat uni ishlab chiqargan ishlab chiqarish nuqtai nazaridan qaraganda tayyor mahsulot, istemol qiluvchi ishlab chiqarish nuqtai nazaridan qaraganda xomashyo hisoblanadi.
Хomashyo resurslarini xomashyodan farq qilmoq kerak. Хomashyo resurslariga mamlakatdagi foydali qazilmalar konlari, o`rmon maydonlari, uy hayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chiqarilgan yoki ishlab chiqarish uchun mehnat sarflangandagina ular xomashyoga aylanishi mumkin.
Хomashyo ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementi sifatida sanoat ishlab chiqarishiga va uning iqtisodiga katta tasir ko`rsatadi. Sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlarida xomashyo va yoqilg`i xarajatlari ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlari hajmida eng katta salmoqqa egadir. Shuning uchun sanoat korxonalari faoliyatining iqtisodiy ko`rsatkichlari ko`p jihatdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xomashyo va yoqilg`i xarajatlari darajasiga bog`liq bo`ladi. Sanoat mahsuloti tannarxida xomashyo, yordamchi materiallar va yoqilg`i xarajatlari butun sanoat bo`yicha o`rtacha 70 foizni tashkil etadi. Shuning uchun xomashyoni tejab ishlatish sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishda, ishlab chiqarish quvvatlaridan yaxshi foydalanishda va ishchilar mehnatining unumdorligini oshirishda katta rol o`ynaydi.
Мaterial ko`p sarflanadigan tarmoqlarda xomashyo va materiallardan oqilona foydalanish mahsulot tannarxini pasaytirishning asosiy manbaidir. Мashina va uskunalarning unumli ishlashi va tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun vaqtning sarflanish darajasi xomashyo sifati va uning turiga bog`liq. Sanoatdagi xomashyolar xilma-xil bo`lib, ular quyidagi turlarga bo`linadilar:

  • sanoat xomashyosi;

  • qishloq xo`jaligi xomashyosi.

Sanoat xomashyosi turli belgilarga ko`ra quyidagicha turkumlanadi:

  • kelib chiqishiga ko`ra – tabiiy va suniy;

  • agregat holatiga ko`ra - qattiq, suyuq hamda gazsimon;

  • ximiyaviy tarkibiga ko`ra – organik va anorganik;

  • ishlatilishiga ko`ra – ozuqabop va texnik turlarga bo`linadi.

Qishloq xo`jaligi xomashyosi ikki turga, yani o`simliklardan olinadigan xomashyolar va hayvonlardan olinadigan xomashyolarga bo`linadi.

Download 309.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling