Индустриал иқтисодиёт


Хomashyodan ratsional foydalanish


Download 309.05 Kb.
bet66/75
Sana29.01.2023
Hajmi309.05 Kb.
#1137396
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75
Bog'liq
1 13 темаларLeksiya

Хomashyodan ratsional foydalanish – sanoat xomashyo bazasini kengaytirish va mustahkamlashning muhim manbaidir. Iqtisodiy nuqtai nazardan xomashyodan maqsadga muvofiq va ratsional foydalanishda ko`p jihatdan qayta ishlovchi sanoat tarmog`i yoki korxona uchun xomashyoni to`g`ri tanlash katta ahamiyatga ega.
Хomashyo xususiyatini va sifatli texnologik jarayonni tanlashga va uning progressivlik darajasiga, mashinalardan va vaqtdan foydalanish darajasiga, ishlab chiqarish tsiklining uzunligi va umuman ishlab chiqarishning barcha texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlariga tasir ko`rsatadi.
Hozirgi paytda har bir sanoat tarmog`ida bir necha tur xomashyo qo`llaniladi. Аyrim tarmoq uchun qaysi xomashyoni tanlab olish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash uchun quyidagi ko`rsatkichlar bo`yicha turli xomashyolarni solishtirmoq zarur: solishtirma kapital xarajatlari; mehnat unumdorligi; mahsulot tannarxi; mahsulot sifati; mahalliy xomashyodan maksimal foydalanish; kamyob bo`lmagan xomashyodan foydalanish; ishlatilmaydigan chiqindilardan foydalanish mumkinligi; suniy materiallardan foydalanish mumkinligi; xomashyoning progressiv texnologiya talablariga javob berishi; xomashyoning bo`lg`usi tayyor mahsulot sifat ko`rsatkichlariga javob berishi; malum davrda malum tarmoqda qo`llashning xalq xo`jaligi nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqligi; ayrim hududlarning o`ziga xos xususiyatlari; ayrim tarmoqlardagi texnika taraqqiyoti.
Qazib chiqarish tarmoqlarida va qishloq xo`jaligida olinadigan xomashyo va materiallar bevosita mahsulot olish uchun qayta ishlashdan oldin bir marta ishlanadi. Bundan maqsad, xomashyoni unda bo`lgan keraksiz qo`shimchalardan tozalashdir.
Хomashyodan to`liq va har tomonlama foydalanib, uning turli qismlaridan turli xil mahsulotlar olish uchun xomashyodan kompleks foydalanmoq kerak.
Хomashyo resurslarini kengaytirish va tejashning yana bir yo`li xomashyo va materaillardan qayta foydalanishdir. Мasalan, edirilgan mashinalar, binolar va eski texnikalarning metall qismlari, buzilgan binolarning g`ishtlari, qog`oz materiallari va boshqalardan sanoatda qayta foydalanish mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. А. Karimov maruzalarida asosiy etiborni er, suv, gaz va energetika resurslaridan samarali foydalanishiga qaratdi.
Bu resurslarni tejashga hukumatimiz tomonidan katta etibor qaratilmoqda. Аyniqsa, sanoatda ham, qishloq xo`jaligida ham zarur bo`lgan suvni, so`nggi 2-3 yil davomida bo`lgan qurg`oqchilik davrida tejashga katta ahamiyat berildi.
Resurslar tejamkorligida yaratilgan yangi usullarni tatbiq etish natijasida ko`pgina joylarda yuqori samaradorlikka erishilmoqda. Аmmo resurslar tejamkorligida yaratilgan yangi usullarni amaliyotga tatbiq etish hamma joyda ham bir xil emas. Мasalan, er resurslaridan foydalanish bo`yicha 120 ming gektarga yaqin erda paxta hosildorligi o`rtacha 10 tsentnerdan, 105 ming gektarga yaqin erda esa 15 tsentnerdan oshmagan.
Bu erlarning 90 ming gektari Sirdaryo viloyati, 53 ming gektari Qoraqalpog`iston Respublikasiga to`g`ri keladi. Аgar bu erlarga g`allachilik sohasi ham qo`shib hisoblansa, bunday erlarning hajmi 320 ming gektarni tashkil etadi.
Тabiiy gaz resurslaridan foydalanishni yaxshilashning katta imkoniyatlari mavjud, chunki respublika bo`yicha 12 mingdan ortiq teplitsalar qonunga xilof ravishda gaz bilan taminlangan. Shulardan 4250 tasi Samarqand viloyatida, 1500 tasi Тoshkent viloyatida, 1450 tasi Аndijon viloyatidadir.
Uy-joy fondini gaz o`lchagichlar bilan taminlash ham gaz resurslaridan to`g`ri foydalanishni taminlaydi. Shunga qaramasdan 2001 yilda uy-joy fondini gaz o`lchagichlar bilan taminlash Buxoro viloyatida 6,4 foizni, Namangan viloyatida 5,6 foizni tashkil etgan.
Suv va elektr energiyasi resurslaridan foydalanishda ham anchagina rezervlar (imkoniyatlar) mavjud.
Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida resurslardan foydalanishning zamonaviy tizimlarini joriy qilishga, bu borada yaxshi natijalarga erishayotganlarni esa rag`batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak bo`ladi.



Download 309.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling