Индустриал иқтисодиёт
Download 309.05 Kb.
|
1 13 темаларLeksiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rudali mineral xomashyolar
Мineral xomashyolar. Еr ostidan qazib olinadigan mineral birikmalar mineral xomashyolar deyiladi. Хalq xo`jaligida ishlatiladigan minerallar uch turga bo`linadi: a) rudali; b) rudasiz; v) yonuvchi mineral xomashyolar. Bu minerallarning ko`pi qattiq holda bo`ladi. Suyuq mineral boyliklarga faqat neft hamda tuz eritmalari, gaz holdagisiga esa tabiiy gaz kiradi.
Rudali mineral xomashyolar foydali jinslar bo`lib, metallar olish uchun asosiy manbadir. Rudasiz mineral xomashyolar ham tog` jinslari bo`lib, ular metal olish uchun ishlatilmaydi. Bunday mineral xomashyolar hech qanday ximiyaviy qayta ishlanmasdan to`g`ridan-to`g`ri xalq xo`jaligida yoki metalsiz ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Rudasiz minerallar shartli ravishda quyidagi turlarga bo`linadi: qurilish materiallari – to`g`ridan-to`g`ri yoki fizik-ximiyaviy qayta ishlangandan so`ng qurilish ishlarida ishlatiladigan mineral xomashyo; industriya xomashyolari – ximiyaviy qayta ishlanmasdan sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladigan xomashyo. ximiviy mineral xomashyolar – ximiyaviy qayta ishlash uchun ishlatiladigan minerallar; qimmatbaho va rudasiz minerallar – tabiiy holda yoki mexanik qayta ishlangandan so`ng bezak uchun ishlatiladigan minerallar. YOnuvchi mineral xomashyolar yoqilg`i sifatida ishlatiladigan foydali qazilma boyliklardir. Bularga tosh va qo`ng`ir ko`mir, torf, yonuvchi slanetslar, neft hamda tabiiy yonuvchi gazlar kiradi. YOnuvchi gazlar, neft va ko`mir eng arzon hamda foydalanish uchun qulay yoqilg`igina bo`lmay, balki ximiya sanoatida qimmatbaho xomashyo hamdir. O`simlik va hayvonot xomashyolariga yog`och, zig`ir, kanop, yog`lar, o`simlik moylari, hayvonot terilari va shunga o`xshashlar kiradi. Bular xalq xo`jaligida ishlatilishiga ko`ra ozuqabop va texnik xomashyolarga bo`linadi. Оzuqabop xomashyolarga ozuqa sifatida ishlatiladigan birikmalar – o`rmonchilik, baliqchilik va qishloq xo`jalik mahsulotlari kiradi. O`simlik va hayvonlardan olinadigan texnik xomashyolarga yuqorida ko`rsatilgan xalq xo`jaligi tarmoqlarining oziq uchun yaramaydigan mahsulotlari kiradi. Bunday mahsulotlarni mexanik va ximiyaviy qayta ishlab, ulardan turmushda va sanoat ishlab chiqarishida ishlatiladigan xomashyolar olinadi. Bunday xomashyo turlarini ximiyaviy qayta ishlab turib turli mahsulotlar olish mumkin, ularning manbalari ko`pligi, amaliy jihatdan bitmas-tuganmas zahiraga egaligi ular asosida ko`pgina yangi ximiyaviy korxonalar tashkil etishga imkon beradi. Umuman fan va texnikaning nihoyatda tezlik bilan rivojlanishi yangidan-yangi materiallarni, shuningdek, yangi xomashyo materiallarini qidirib topish masalasini qo`yadi. Bu masala asosan olti yo`l bilan amalga oshiriladi: iloji boricha arzon xomashyolarni qidirib topish va ishlatish; xomashyodan kompleks foydalanish; kontsentrlangan xomashyo va mahsulotlar ishlatish; juda toza mahsulotlar ishlatish; texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan ozuqabop xomashyolarni noozuqabop xomashyo bilan almashtirish; iloji boricha mahalliy xomashyolardan foydalanish. Hozirgi vaqtda ximiya va ximiyaviy texnologiyaning yutuqlari muhim texnika xo`jalik mahsulotlarini noozuqabop xomashyolardan olishga imkon beradi. Bunday xomashyolar sifatida toshko`mir, torf, slanets, neft, tabiiy gazlar, yog`och, o`simlik va qishloq xo`jaligi mahsulotlarining chiqindilari ishlatilmoqda. Мasalan, sovun yuvuvchi mahsulotlar, izolyatorlar ishlab chiqarishda, to`qimachilik sanoatida, rezina mahsulotlari ishlab chiqarishda, charm sanoatida, korroziyaga qarshi kurashishda, betonlarni suv o`tkazmaydigan qilishda, metallarni silliqlashda, metallarni qirqishda sovutgichlar sifatida har yili bir necha ming tonnalab qimmatbaho ozuqabop moylar ishlatiladi. Sanoatning ko`pgina tarmoqlarida keng miqyosida ishlatiladigan etil spirt ishlab chiqarish uchun ham juda ko`p miqdorda yuqori sifatli don va kartoshka ishlatiladi. Хuddi shu singari sanoatda un, kraxmal, sut kabi mahsulotlar texnika maqsadlari uchun ishlatiladi. Мasalan, kazein-oqsil modda sutda bo`ladi, kazein elim ishlab chiqarishda, qog`oz va charm sanoatida bo`yoqchilikda hamda muqovalar qilishda asosiy mahsulot sifatida ishlatiladi. Bu maqsadda kazein ishlab chiqarish uchun har yili bir necha yuz ming tonna yog`sizlangan sut sarflanadi. Kraxmal to`qimachilik sanoatida, rezina va ximiya sanoatida, gugurt sanoatida, elektrodlar olishda keng qo`llaniladi. Hozir sanoatda kraxmal poliakrillamid hamda tsellyulozaning suvda eruvchan efirlari – karboksilmetil tsellyuloza (KМC) bilan muvofaqqiyatli almashtirilgan. Shu bilan birga KМC ko`p miqdorda kraxmal o`rnida, to`qimachilik, qog`oz va gugurt sanoatida ozuqabop un o`rnida ishlatilmoqda. Hozir etilendan va yog`ochdan olinayotgan sintetik etil spirt tarkibi va sifati jihatidan ozuqabop xomashyolardan olinadigan etil spirtdan farq qilmaydi va shu bilan birga ancha arzon hisoblanadi. Shuning uchun xalq xo`jaligining ko`p tarmoqlarida bunday etil spirt ko`p ishlatilmoqda. Shuningdek, gaz va neftni qayta ishlash mahsulotlaridan sirka kislota, glitserin va yog`lar ishlab chiqarilmoqda. Мahsulotlarni bu yo`l bilan ishlab chiqarishda ko`p miqdorda ozuqabop xomashyolar tejab qolinadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi bir muncha arzonlashadi. Sanoatni yanada rivojlantirish, texnika taraqqiyoti suratlarini jadallashtirish va sanoat mahsulotlarining turlarini ko`paytirish vazifalari suniy materiallar ishlab chiqarishni intensiv rivojlantirishni taqozo etadi. Suniy materiallar ishlab chiqarish va uni sanoatda qo`llash quyidagi hollarda iqtisodiy samarador hisoblanadi: a) suniy material yagona xomashyo bo`lgan tarmoqda ishlab chiqarishning jadal suratlari bilan va keng masshtabda rivojlantirishga sabab bo`lsa; b) qayta ishlovchi tarmoqlar texnika bazasining mukammallashuviga sabab bo`lsa; v) ushbu materialni istemol qiladigan tarmoqlar mahsulotining sifatini yaxshilashga va assortimentni kengaytirishga sabab bo`lsa; g) qayta ishlash tarmoqlarida texnologik jarayonlarni jadallashtirishga va uskunalarni mukammallashtirishga sabab bo`lsa; d) tayyor sanoat mahsuloti ishlab chiqarish uchun sarflanadigan ijtimoiy xarajatlarni kamaytirishga sabab bo`lsa; e) suniy materiallardan ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini kamaytirsa. Suniy materiallar ishlab chiqarish va qo`llashning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda vaqt omilini, yani qisqa vaqt ichida kerakli miqdorda sanoat mahsulotini ishlab chiqarishga erishish mumkinligini etiborga olmoq lozim. Bu sohada suniy materiallar behad afzalliklarga ega, chunki tabiiy xomashyo bo`lgan paxta, jun, teri va boshqalarni ishlab chiqarishga oylab vaqt ketsa, suniy materiallarni ishlab chiqarishga kunlab va soatlab vaqt kifoya qiladi. Suniy materiallar ishlab chiqarishga tabiiy materiallarga nisbatan ancha kam ijtimoiy mehnat sarf qilinadi. Мasalan, 1 tonna yuvilgan jun ishlab chiqarishga 7000 odam/soat sarflansa, sintetik tolaga 225-1400 odam/soat sarflanadi. Suniy materiallar sanoatning qo`shimcha xomashyo bazasi bo`lib xizmat qiladi. Suniy materiallar ishlab chiqarishda jarayonlarni kimyolashtirish, ayniqsa, organik sintezni rivojlantirish katta rol o`ynaydi. Тurli tarmoqlarda kimyoviy metodlarni qo`llash tabiatda ko`p tarqalgan mahsulotlardan sifati tabiiy materiallarnikidan ancha ustun bo`lgan juda ko`p yangi tur suniy materiallar ishlab chiqarish imkonini beradi. Zamonaviy texnika sintetik materiallarga turlicha talablar qo`yadi. Sintetik materiallar juda ko`p o`ziga xos afzalliklarga ega: ular uzoq vaqt o`ta yuqori va o`ta past temperaturaga, yuqori bosim va juda katta elektr kuchlanishlariga chidamli bo`ladi. Suniy materiallar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni tez suratlar bilan rivojlantirish sanoatni rivojlantirish va sanoat xomashyo bazasini kengaytirishning asosiy yo`llaridan biridir. Sanoatni rivojlantirishda plastmassalar, sintetik kauchuk, suniy va sintetik tolalar, suniy charmlar va charm o`rnini bosuvchi materiallar, sintetik yuvish vositalari va ozuqa xomashyosi o`rnini bosuvchi suniy materiallar alohida, muhim rol o`ynamoqda. Download 309.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling