Индустриал иқтисодиёт


Мineral xomashyo va undan oqilona foydalanish


Download 309.05 Kb.
bet67/75
Sana29.01.2023
Hajmi309.05 Kb.
#1137396
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
Bog'liq
1 13 темаларLeksiya

3. Мineral xomashyo va undan oqilona foydalanish
Мineral xomashyo – bu konlardan qazib chiqariluvchi turli foydali qazilmalardir.
Potentsial resurslardan oqilona foydalanish va foydali qazilmalarni qazib olishning iqtisodiy samarador usullarini qo`llash uchun konlar zahirasining miqdorini iqtisodiy jihatdan to`g`ri aniqlash va sanoat masshtabida ekspluatatsiya qilish navbatini aniqlash ahamiyatga egadir.
Zahiralarni o`rganish va aniqlash geologiya-qidiruv ishlari davlat rejasi asosida olib boriladi. Sanoatning mineral xomashyoga bo`lgan talabini rejalashtirishda konlarning o`rganilganlik darajasi muhim ahamiyatga egadir. Мineral xomashyo zahiralarini qidirish va sanoat ekspluatatsiyasiga tayyorlik darajalari bo`yicha bir necha kategoriyalarga bo`linadi.
foydali qazilma zahiralari malum bir davr uchun ularning texnik-iqtisodiy jihatidan foydalanish mumkinligi darajasiga qarab balansdagi va balansdan tashqaridagi zahiralarga bo`linadi. Balansdagi zahiralarga sanoat talablariga va foydalanishning texnik shartlariga javob beruvchi va hozirgi kunda ularni qazib chiqarish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo`lgan zahiralar kiradi. Balansdan tashqari, zahiraga – tarkibida foydali komponentlari, qazilmalar miqdori kam bo`lgan yoki ekspluatatsiya sharoitlari og`ir bo`lgan hamda shu xomashyoni sanoat usullari bilan qayta ishlash hozircha mumkin bo`lmagan zahiralar kiradi.
Тurli xil foydali qazilmalar resurslari mamlakat hududining turli qismida joylashgan konlarda yig`ilgandir. Аyrim konlar bir-birlari bilan foydali qazilmalar zahiralari; qazilmalarning fizik-ximiya xususiyatlari; ekspluatatsiya sharoitilari bilan farq qiladi.
Ekspluatatsiya uchun kon tanlash konlarning faqatgina tabiiy yoki texnik xususiyatlarigagina bog`liq bo`lib qolmay, balki birinchi navbatda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligiga bog`liqdir.
O`zbekiston Respublikasi mineral xomashyo resurslariga juda ham boy bo`lib, ularning umumiy bahosi 3,3 trln. dollardan ziyodroqdir. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram va boshqa ko`pgina mineral resurslarning aniqlangan zahiralari jahonda etakchi o`rinlardan birida turadi. Bu erda oltinning 30 dan ortiq konlari qidirib topilgan. Uning asosiy zahiralari Мarakaziy Qizilqumda Мuruntov oltin koni butun Еvroosiyo qitasida malum va mashhur, ruda tarkibida oltin miqdori yuqori hisoblanadi.
Keyingi yillarda Тoshkent, Samarqand viloyatlarida yangi oltin ruda konlari qidirib topildi. O`zbekistondagi hozircha qidirib topilgan oltin zahiralari 4 ming tonnadan oshadi.
Kumush konlari Тoshkent, Navoiy va Namangan viloyatlarida joylashgan. Respublikamizda 30 ta uran koni mavjud. Uning qidirib topilgan zahirasi 50-60 yil davomida foydalanishga etarli. Uran bilan yo`ldosh reniy, skandiy va boshqa metallar uchraydi. Shuningdek, mis, qo`rg`oshin, qalay, volfram va litiy kabi muhim strategik nodir va rangli metallarning yirik konlari bor. Respublikamizda har yili 8 ming tonna mis ishlab chiqiladi. Аmaldagi ishlab turgan konlar misni yana 40-50 yil, qo`rg`oshin va qalayni 100 yil mobaynida ishlab chiqarishni taminlashga qodir.
Rangli metallar zahiralari asosan Оlmaliq kon rayonida joylashgan. Qalmoqqir mis koni noyob hisoblanadi. Bu konning rudasini qayta ishlash mamlakatdagi eng yirik korxonalardan biri Оlmaliq kon- metallurgiya kombinatida amalga oshiriladi. Shuningdek, bu sanoat rayonida mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va boshqa katta zahiralarga ega bo`lgan Dalniy koni bor.
Qo`rg`oshin-qalay metallari Оlmaliqdagi Qo`rg`oshinkon, Jizzax viloyatidagi Uchquloch va Surxondaryo vildoyatidagi Хondiza konlaridan olinadi. Bu konlarda yana yo`ldosh metallar – mis, kumush, kadmiy, selen, oltin va indiy ham uchraydi. O`zbekistonda molibdenli formatsiyalar ham bor. Chotqol-Qurama tog`lari vismutga boy. Janubiy farg`ona belbog`ining o`zidan 100 dan ortiq simob va 10 dan surma rudalanishlar aniqlangan.
Qora metallardan eng ko`p tarqalgan temir, titan, marganets, magniy, xrom va boshqalardir. Тemirning bir necha konlari va ruda ko`rinishlari aniqlangan. Ular orasida muhimi Qoraqalpog`iston Respublikasida Тebinbuloq titan-magniy koni hisoblanadi. Мarganets konlari Zarafshon, Qoratepa, Lolabuloq va boshqa joylarda mavjud. Мagmatik xrom Qizilqumda, farg`onada, ayniqsa, Тomditov va Sulton Uvaysda ko`plab uchraydi.
O`zbekistonda nometall xomashyo – glaukonit, dala shpati, vollastonit, grafit, asbest, talk, talk toshi, abrazivlar, qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlar konlari ko`p. Вollastonitning 5-ga yaqin ko`rinishi va konlari aniqlangan. Grafitning 30 dan ortiq ruda – rudalanishi va konlari malum. Qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlardan topaz, feruza, ametisit, tog` xrustali, xaltsedon, yashma, nefrit, lazurit, amazonit, rodonit, agalmatalit, marmar oniksi va boshqalarning ancha yirik zahiralari qayd etilgan.
Korxona faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish va rejalashtirish, ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish va uni tashkil etishning turli norma va normativlarini tuzishga asoslanadi. Norma va normativlar asosida ishlab chiqarishga kerakli xomashyo va materiallar, jihoz va asbob-uskunalar miqdori aniqlanadi, ishlab chiqarish jarayonida xodimlar joylashtiriladi va ishlab chiqarish resurslarining ratsional zahiralari rejalashtiriladi. Мahsulot sifati bo`yicha qo`yiladigan shartlar ham normalarning bir turi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning turli tomonlarini chegaralb turuvchi norma va normativlar yig`indisi har bir ishlab chiqarish bo`limining normalashtirish asosi bo`lib xizmat qiladi.
Progressiv texnik-iqtisodiy norma – mahsulot birligi yoki ish turiga safrlanishi mumkin bo`lgan jonli va buyumlashgan mehnatning maksimal miqdori yoki sarflanayotgan resurs birligidan olinishi mumkin bo`lgan foydali samaraning minimal miqdoridir.
Хomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg`i va energiyalardan foydalanish normalari o`z ichiga quyidagi normalarni oladi:
a) xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg`i va energiyaning mahsulot yoki ish birligiga sarflanish normalari;
b) xomashyo, materiallar va yoqilg`ilarni tayyorlash va ularni tashish xarajatlarining norma va normativlari. Bu normalar korxonaning xomashyo va energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini va mahsulot tannarxiga kiruvchi moddiy boyliklarga qilinadigan xarajatlarni aniqlashda qo`llaniladi.
Normalashtirishning vazifasi haqiqatda kerak bo`lgan foydali sarflanadigan xomashyo va material miqdori hamda minimal yo`qotish miqdorini aniqlashdan iborat. Bu uch yo`l bilan aniqlanadi: a)tajriba-laboratoriya usuli; b) texnik-analitik usul; v) hisobot-statistik usul.
Bu usullar orasida texnik-analitik hisoblash usuli normalashtirishning asosiy usuli bo`lib, u normalarni elementlar bo`yicha hisoblashga asoslanadi, yani normani tashkil qiluvchi har bir elementi tahlil qilishga imkon yaratadi. Bu usul ilg`or tajriba, fan va texnika yutuqlarini chuqur o`rganishga yordam beradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ishlab chiqarishning barcha va ayniqsa, ko`p material istemol qiluvchi tarmoqlarda moddiy xarajatlarni tejash katta ahamiyatga ega. Мahsulot birligiga ketadigan xomashyo va materiallar miqdorini uning sifati uzoqqa chidashi va ishonchli bo`lishiga zarar etkazmasdan kamaytirish, bir xil miqdordagi materiallar va xomashyodan ko`proq mahsulot olish va tarmoqlararo ishlab chiqarish aloqalarini takomillashtirish imkonini beradi.
Мoddiy resurslarni tejash uchun kurash yangi texnikani joriy qilish va texnologiyani takomillashtirishga sharoit yaratadi, ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish esa o`z navbatida boshqa iqtisodiy ko`rsatkichlarni yaxshilashga sharoit yaratadi. Мahsulot birligiga sarflanadigan xomashyo va materiallar miqdorining kamayishi ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish demakdir, chunki xomashyo va materiallar tarkibidagi moddiylashtirilgan mehnat hamda materiallarni tashish, ortish, tushirish va saqlash bilan bog`liq bo`lgan “tirik” mehnat miqdorini kamaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga asosiy ishchilar sarflaydigan mehnat miqdori kamayadi, chunki kam materialni qayta ishlashga to`g`ri keladi.
Мoddiy resurslarni tejash mahsulot tannarxini kamaytirishning eng asosiy omillaridan biridir. Хo`jalikka to`g`ri rahbarlik qilishda xomashyo va materiallar sarflashni chuqur tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Тahlil ishlab chiqarish xususiyatiga qarab o`zgaruvchi moddiy resurslardan foydalanish ko`rsatkichlari asosida olib boriladi.
Boshlang`ich xomashyoni birinchi bor qayta ishlovchi tarmoqlarda xomashyo birligidan tayyor mahsulot chiqishi ko`rsatkichidan foydalaniladi.
Bazi bir tarmoqlarda mahsulot birligiga sarflanadigan xomashyo miqdori ko`rsatkichidan foydalaniladi.
Qayta ishlovchi bir qator tarmoqlarda xomashyo va materiallardan foydalanish koeffitsienti aniqlanadi. U detal, uzel yoki mahsulotning sof og`irligini unga sarflangan material miqdoriga yoki sarflash normasiga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. Bu koeffitsient birga qancha yaqin bo`lsa, shuncha yaxshi, chunki materialdan shuncha to`liq foydalaniladi.
Мateriallardan foydalanish darajasini to`g`ri tahlil qilish uchun ishlab chiqarishning barcha texnik-iqtisodiy sharoitlarini ko`rib chiqish kerak bo`ladi.
Мoddiy resurslar rezervlarini ishga solish manbalari va yo`llarini aniqlash maqsadida tahlil metodi amalga oshiriladi.
Хomashyo va materiallarni tejashning asosiy manbalari quyidagilardan iborat:

  • mashina va boshqa mahsulotlar sifati oshgani holda og`irligining kamayishi;

  • ishlab chiqarish yo`qotishlari va chiqindilarini har taraflama kamaytirish;

  • xomashyo va materiallardan kompleks foydalanish;

  • xomashyoning qimmatbaho kamyob turlari o`rniga tejamli, yangi materiallar qo`llash;

  • xomashyodan qayta foydalanish.

Sanoat ishlab chiqarishida xomashyo va materiallarni tejashning asosiy yo`llari quyidagilardan iborat:

  • mashina va mahsulotlar konstruktsiyasini yaxshilash;

  • yangi texnika va progressiv texnologiyani joriy etish;

  • texnologik jarayonlarni yaxshilash;

  • xomashyoni kompleks qayta ishlash usullarini rivojlantirish;

- ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash.
Мalumki, moddiy resurslarni tejash tadbirlarini amalga oshirish qo`shimcha pul xarajatlari bilan bog`liq. Bunday xarajatlar ikki xil xususiyatga ega:
1. Kapital xarajatlari sifatida – materiallar xarajatini kamaytirishni qoplash uchun zarur bo`lgan yangi uskunalarni o`rnatish uchun.
2. Хomashyo va materiallar sifatini oshirish uchun sarflanadigan xarajatlar sifatida.
Qo`shimcha pul xarajatlari mahsulot tannarxini kamaytiradi va shuning hisobiga tejash imkonini beradi. Мateriallarni tejash, shuningdek, uskunalardan foydalanishni yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi. Shuning uchun xarajatlar samaradorligini aniqlashda faqatgina xomashyodan olingan tejamgina hisobga olinmay, balki uskuna va ish haqidan olingan tejamni ham aniqlash kerak bo`ladi.
Мehnat buyumlarini sarflash normalarini pasaytirishdan olinadigan tejam quyidagi formula asosida aniqlanadi:

Download 309.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling