3.Innovatsion pedagogik faoliyat bilan innovatsion texnologiyaning farqi nimada?
Javob:
.O‘qituvchining innovatsion faoliyati bu- integratsiyalashgan pedagogik faoliyat(dars va darsdan tashqari ishlar) davomida turli yangiliklarni ishlab chiqish va qo‘llash orqali o‘quvchilarning innovatsion rivojlanishini ta’minlashdir.
Darsning innovatsion loyihasi model bo‘la oladimi? Nima uchun?
Javob:
Ha bo’la oladi.
Konsepsiyadan rejaning qanday farqi bor? Izohlang!
Javob:
Konsepsiya-pedagogik jarayonni tashkil etishdagi nuqtayi-nazar, yetakchi g‘oya va tamoyillar ko‘rinishida bo‘lib, u ilmiy tadqiqot natijasiga asoslanadi va qoidalar, hoyalar, qarashlarni o‘z ichiga oladi
Reja-bu o‘tkaziladigan tadbirlar va ishlar ro‘yxati bo‘lib, unda tadbir va ishlarning o‘tkazilish tartibi va joyi ko‘rsatiladi. Loyihalashtirish jarayonida rejalardan keng foydalaniladi. Masalan: o‘quv reja, ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiyaviy ishlar rejasi, dars rejasi bo‘lib, ularning har biri o‘z maqsadi va o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘ladi
5.Moddiy vositalarning ma’naviy vositalardan farqini izohlab bering!
Javob:
Innovatsion pedagogik muhitni tashkil etish vositalarini shartli ravishda ikki qismga bo‘lib ko‘rsatishimiz mumkin. Birinchisi moddiy, ikkinchisi ma’naviy vositalardir.
Moddiy vositalarga informatika o‘qituvchisi innovatsion pedagogik muhitni tashkil etishda foydalanidigan qonuniy me’yoriy hujjatlar, loyihalashtirish hujjatlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, barcha turdagi texnik vositalar, ma’naviy vositalarga loyihalashtirishning umumiy vositalari: ijtimoiy buyurtmalar, tegishli informatika fanining nazariy amaliy tushunchalari, innovatsion pedagogik texnologiyalardan nazariy va amaliy qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar, fanning o‘quv qo‘llanmalari, majmualari, elektron ta’lim resurslari va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |