Nima usun loyiha asosida olib borilgan dars davlat ta’lim standarti va undan yuqori bo‘lashi kerak, asoslab bering!
Javob:
Tayyorlangan loyiha asosida olib borilgan o‘quv jarayoni natijasida talabalarning bilim, ko‘nikma va malaka darajasi (ТBKM ) davlat ta’lim standartida ko‘rsatilgan bilim, ko‘nikma va malaka (DTSBKM) darajasiga mos yoki undan yuqori bo‘lsa (DTSBKM≤TBKM) o‘quv faoliyatining loyihasi talab darajasida tayyorlangan bo‘lib, ta’lim samaradorligi yuqori hisoblanadi, aks holda loyiha talab darajasida tayyorlanmagan hisoblanadi.
Ta’lim metodini loyihalash ta’lim vositalarini loyihalashtiirishdan qaydan farq qiladi?
Misollar asosida tushuntirib bering!
Javob:
Ta’lim metodini loyihalashtirish. Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida an’anaviy usullar bilan bir qatorda turli noan’anaviy ta’lim texnologiyalari, interfaol usullardan foydalanilmoqda. Ta’lim metodini loyihalashda o‘qituvchi qaysi mazmunni qanday an’anaviy, interfaol metoddan foydalanib, qancha vaqt davomida qanaqa tartibda yetkazib berishi loyihalaydi.
Ta’lim vositalarini loyihalashtirish. Ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi, o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish, o‘rganish, shu bilan birga ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar ta’lim vositalari bo‘lib, o‘qituvchi dars mazmunining qaysi qismini, qanaqa vositadan foydalanib, qanday yetkazib berilishini loyihalaydi.
O‘qituvchi tomonidan tayyorlanadigan loyihalar - dars ishlanmalarida, texnologik xaritalarda, o‘quv-uslubiy majmualarda o‘z aksini topadi. Informatika o‘qituvchisining pedagogik va ATni, ulardan foydalanishni bilishi, g‘oyaviy boyligi, kasbiy mahoratining yuqori darajadaligi ta’lim jarayonini loyihalashtirish va tashkil etishda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |