Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanidan yakuniy nazorat savollari
Download 70.37 Kb.
|
Yakuniy nazorat savollari 4 -kurs Informatika 12345
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test va uning turlari. Test darajalari va ularni aniqlash ko’rsatkichlari
Matritsali nazorat - bu bilimlarni boshqarishning noan'anaviy shakllaridan biri. Ushbu nazoratda javoblarning ko'p qirraliligiga yo'l qo'yilmaydi (testdan farqli o'laroq); oquvchi aniq javob berishi va aniq baho olishi kerak. Matritsali nazoratni boshqarishning mohiyati quyidagicha: O’quvchilarga savollar oldindan tayyorlangan matritsalarning turli xil variantlarida beriladi va ularning har biri matritsada keltirilgan barcha javoblardan bittasini to'g'ri deb tanlaydi va uni "x" yoki "+" belgisi bilan belgilaydi. Ish oxirida o'qituvchi barcha javoblarni yig'adi. Matritsali nazoratning namunaviy varaqasi quyidagicha:
Umumiy o’rta maktab informatika darsligidan ixtiyoriy mavzuni “Intellektualniy ring (Intellektual halqa)”o’yini metodi yordamida baholashni yoritib bering! Javob: “Intellektual ring (Intellektual halqa)” o’yini. Bu metod otilganlarni takrorlash darslarida qo’llaniladi. Butun guruh ikki qism(jurnaldagi toq va juft raqamlar yoki 2ta sardor bittadan o’quvchi tanlashi asosida A, B)ga bo’linadi. Kapitan saylanadi, o’tilgan mavzulardan 10 tadan savol tuzish uchun 10 minutdan vaqt beriladi. Qur’a tashlanib, savol berishni boshlovchi guruh aniqlanadi. Har bir savolga 2 ball ajratib, o’qituvchi guruhlar bahosini doskaga tushirib boradi: Testning boshqa nazorat turlaridan farqi nimada? Test va uning turlari. Test darajalari va ularni aniqlash ko’rsatkichlari. Pedagogik test bilimlarni o‘lchashning eng to‘g‘ri vositasidir. Pedagogik testning bosh afzalliklaridan biri – bu o‘quvchi bilimini nazorat qilish va baholashda xolislikni ta’minlash imkoniyatining yaratilganligidir. Test (ingl. – sinov) birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J. Fisher tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo‘nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta Amerikalik psixolog E. Torndayk(1874-1949) tomonidan ishlab chiqildi. CH.Grin (1926) o‘zining «Тестновоготипа» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko‘rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi. test sinovlari uchun mo‘ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish; mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo‘li bilan aniqlash; o‘quvchilarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o‘rtacha tezligi to‘g‘risidagi amaliy ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash; test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to‘g‘riligini va mantiqqan muvofiqligini tekshirish; topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo‘l quymaslik. CH.Rassel test sinovlarining natijalarini o‘rganishni davom ettirib CH.Rassel test sinovlarining natijalarini o‘rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to‘g‘risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi o‘quvchilarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi hollarda: qaysi materialdan boshlab o‘rganish zarurligini ta’minlashda, o‘quvchilarni guruhlarga taqsimlashda, o‘qitish jarayonida sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni oldindan aniqlashda, shuningdek mamlakatning turli tumanlaridagi o‘quv yurtlarida ma’lum yoshdagi o‘quvchilarning yutuqlarini taqqoslashda qo‘llashi mumkin. Pedagogik testlar ta’lim-tarbiya jarayonida bilimlar darajasini aniqlaydi. Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Yaponiya va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro‘yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog‘lanish mavjud: testlarni qo‘llash ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; ta’lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog‘liq oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi. Testning ishonchlilik, validlik va xolislik mezonlarining o‘zaro farqini tushuntirib bering! Javob:: Pedagogik test o‘tkazishning uchta o‘zaro bog‘liq sifat mezonlari ajratiladi va shu mezonlarga ko‘ra tekshiriladi. Bular ishonchlilik, validlik va xolislik. Download 70.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling