Информатика
Mustahkamlash uchun savollar
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.10. Matematik kutubxonaning funksiyalari Muhim so`zlar
Mustahkamlash uchun savollar.
1. C++da funksiyaning vazifasini ayting. 2. C++da qanday funksiyalar bor ? 3. C++ning standart funksiyalari qayerda joylashgan ? 4. Funksiya qanday chaqiriladi ? 5. Dasturda bir funksiyani necha marta chaqiriladi ? 254 6. Dasturda xatolarni topishda funksiya yordamlashadimi yoki qiyinlashtiradimi ? 7. Tipsiz funksiyaga misol keltiring. 8. Dasturda funksiya tipini e`lon qilish shartmi ? 9. Funksiyalardan foydalanishning avzallik tomonlarini ayting. 10. Darajaga ko`tarish funksiyasini tuzing.. 5.10. Matematik kutubxonaning funksiyalari Muhim so`zlar: math kutubxonasi, funksiya, matematik funksiyalar, recurrent qator, cheksiz qator, leksik analiz, rekursiv funksiya. Bilib olasiz: math kutubxonasi, uning funksiyalari, recurrent qatorlar uchun dasturlash, cheksiz qatorlar uchun dasturlash, leksik analiz, rekursiv funksiyalarni yatarish va ularni ishlatishni. Standart kutubxonaning matematik funksiyalari ko`pgina amallarni bajarishga imkon beradi. Biz bu kutubxona misolida funksiyalar bilan ishlashni ko`rib chiqamiz. Masalan, double = k; int m = 123; k = sin(m); Kompilyator ushbu satrni ko`rganida, standart kutubxonadan sin funksiyasini chaqiradi. Kirish qiymati sifatida m ni berdik. Javob, yani funksiyadan qaytgan qiymat k ga berildi. Funksiya argumentlari o`zgarmas sonlar (o`zgarmas) o`zgaruvchilar, ifodalar va boshqa mos keluvchi qiymat qaytaradigan funksiyalar bo`lishi mumkin. Masalan, 26-listing. Output: int g = 49, k = 100; cout << "4900 ning ildizi -> "<< sqrt( g * k ); 4900 ning ildizi -> 70; 255 Matematik funksiyalar aksariyat hollarda double tipidagi qiymat qaytarishadi. Kiruvchi argumentning tipi sifatida esa double ga keltirilishi mumkin bo`lgan tip beriladi. Bu funksiyalarni ishlatish uchun math.h (yangi ko`rinishda cmath) e`lon faylini include bilan asosiy dastur tanasiga kiritish kerak.Quyida matematik funksiyalar kutubxonasining ba`zi bir funksiyalarini beraylik. x va y o`zgaruvchilari double tipiga ega. Funksiya Aniqlanishi Misol ceil(x) x ni x dan katta yoki unga teng b-n eng kichik butun songacha yaxlitlaydi ceil(12.6) = 13.0 ceil(-2.4) = -2.0 cos(x) x ning trigonometrik kosinusi (x radianda) cos(0.0) = 1.0 exp(x) e ning x chi darajasi (eskponental f-ya) exp(1.0) = 2.71828 exp(2.0) = 7.38906 abs(x) x ning modul qiymati x>0 => abs(x) = x x=0 => abs(x) =0.0 x<0 => abs(x) = -x floor(x) x ni x dan kichik bo`lgan eng katta butun songacha yaxlitlaydi floor(4.8) = 4.0 floor(-15.9) = -16.0 fmod(x,y) x/y ning qoldig`ini kasr son tipida beradi fmod(7.3,1.7) = 0.5 log(x) x ning natural logarifmi (e asosiga ko`ra) log(2.718282) = 1.0 log10(x) x ning 10 asosiga ko`ra logarifmi log10(1000.0) = 3.0 pow(x,y) x ning y chi darajasini beradi pow(3,4) = 81.0 pow(16,0.25) = 2 sin(x) x ning trigonometrik sinusi (x radianda) sin(0.0) = 0.0 sqrt(x) x ning kvadrat ildizi sqrt(625.0) = 25.0 tan(x) x ning trigonometrik tangensi (x radianda) tan(0.0) = 0 0> Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling