Информатика
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.20-rasm. Mathcadda animatsiya hosil qilish
10.17-rasm. Sohalarni chizish. 10.18-rasm. Diagramma, sohali, kontur grafiklar. 514 10.19-rasm. Nuqtali, sohali grafiklar Mathcadda grafiklarni yaratishdan tashqari ularni hosil bo`lishi (shakllanishi, chizilishi) ni animatsiya orqali ham ifodalash mumkin. Buning uchun Mathcadda [FRAME] o`zgaruvchisi kiritilgan. Funksiyaning animatsiyali grafigini hosil qilish uchun unga parametr sifatida [FRAME] ni berish shart. Animatsiyaga doir funksiyaga urinma o`tkazishni olaylik (-rasmga qarang). 10.20-rasm. Mathcadda animatsiya hosil qilish. 515 Buning uchun funksiyani yozamiz va uning birinchi tartibli hosilasini olamiz. A o`zgaruvchiga [FRAME] ni qiymat qilib, x o`zgaruvchiga esa 0 dan 4 gacha qiymat qilib beramiz. So`ng urinma tenglamasini ikkinchi bir funksiya bilan belgilaymiz. Mathcad bo`limidan [Insert] [Garph] [X-Y Plot] Buyruqlar ketma-ketligini tanlaymiz. Ishchi stolda x – y koordinata hosil bo`ladi. X o`qiga uchta o`zgaruvchi x,x,a ni kiritamiz. Y o`qiga funksiya-f(x), urinma tenglamasi-y(x,a), nuqtadagi funksiya qiymati-f(a) ni kiritamiz. Grafikda funksiyadan x=0 nuqtadagi urinmani ko`rish mumkin. Animatsiya hosil qilish uchun Mathcad bo`limidan [View] [Animate] Buyruqlar bajarilsa ishchi stolda [Animate] muloqot oynasi hosil bo`ladi (-rasmga qarang). Ishchi stoldan grafik jo`ylashgan maydon belgilab olinadi. [Animate] muloqot oynasiga otib, [From] ga 0 qiymat (chunki FRAME 0 dan o`zgarsin), [To] 12 qiymat (ya`ni 12 gacha o`zgarsin) va [At] ga animatsiya 1 sekundda nechta frameni o`qishini ko`rsatamiz (masalan, har bir nuqtada ko`rish uchun [1] ni kiritish kerak). So`ng muloqot oynadagi [Animate] tugmasini bosamiz va ekranga [Playback] muloqot oynasi chiqadi. Muloqot oynadan animatsiyani ko`rish uchun [Play] tugmasi bosiladi. Animatsiyani saqlash uchun esa [Animate] muloqot oynasidan [Save as] tugmasi bosiladi va animatsiya avi kengaytmali video rolik fayli ko`rinishda saqlanadi. Mathcad tayyor rasmlar bilan ham ishlash mumkin. Buning uchun –jadvalda keltirilgan funksiyalardan foydalanamiz. Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling