523
misolda e`lon qilingan f(x) ni x=0 da hisoblab bo`lmaydi. Mathcadda uni
boshqarib bo`ladi. F(x) ni e`lon qilishda on error
funksiyasidan foydalanilgan
bo`lib, ya`ni 1/x xato bo`lganda 0 ni qiymat qilib qaytarish olingan. 2-misol 1-
misoldan farqli bo`lib F(x) ning xato qiymatida Mathcad xato ko`rsatadi va xato
funksiya tanlanganda xatoda ko`rsatilgan so`zni chiqaradi.
10.34-rasm. Hisoblashdagi xatolikni aniqlash.
Mathcad dasturida dasturlash uchun barcha qulayliklar mavjud. Tuzilgan
dasturlarning algoritmi bilan bir xil bo`lishi ham mumkin.
Mathcadda dasturlash
uchun atigi 10 ta dasturlash operatorlarini bilish talab etiladi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Mathcadda dasturlash elementlari qaysi asboblar panelida joylashgan ?
2. Add line nima vazifani bajaradi ?
3. Dasturlash orqali funksiya qanday aniqlanadi ?
4. Satrlar bilan ishlashga misol keltiring ?
5. Mathcaddagi takrorlash operatorlarini ayting.
6. Massiv elementlar yig`indisini hisoblash dasturini tuzing?
7. Rekursiv dasturlashga misol keltiring ?
8. Tarmoqlanish dasturiga biror misol keltiring ?
9. B
a va b sonlari orasidagi umumiy bo‘luvchilari ro‘yxatini topadigan
dastur tuzing?
10. Berilgan sondagi toq raqamlari sonini topadigan dastur tuzing.
10.7. Maple dasturi
Muhim so`zlar: kompyuterli matematika, Maple, variant, interfeys,
matematik amallar, oddiy hisoblashlar, xotira, funksiya, operator.
524
Bilib olasiz: kompyuterli matematikaning yana bir dasturi Maple
dasturi va uning variantlarini, Maple interfeysi, Mapleda matematik amallar,
oddiy hisoblashlar, Maple xotira bilan ishlash, funksiyalarni e`lon qlish,
Maplening ba`zi bir operatorlarini.
Kompyuter matematikasi sohasi bo`yicha dunyodagi lider bu Waterloo
Maple Inc (Kanada) kompaniyasi bo`lib hisoblanadi. Bu kompaniyaning ishlab
chiqaradigan mahsuloti Maple matematik dastur bolib hisoblanadi. Malpe –
matematik oynali dasturi qisqa vaqt ichida keng qamrovli
hisoblashlarni bajarish
imkoniyatiga ega. 1984 yildan boshlab Waterloo Maole Inc kompaniyasi Maple
dasturlarini sotuvga chiqara boshlagan.
Maple dasturida ishlash qulay bo`lib, asosan matematik masalalar va
geometrik fazolar bilan ishlashga mo`ljallangan 3000 ta amallari bor.
Mathcad
2000 dasturida esa atigi 300 ta amallar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: