Информатика


Mustahkamlash uchun savollar


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

 Mustahkamlash uchun savollar.  
1. Latexda matematik formulalarni yozish uchun qaysi belgilar bo`limidan 
foydalaniladi ?  
2. Matematik formulalar ibora orasida kelsa qanday yoziladi ? 
3. Matematik formulalar alohida qatorda kelsa qanday yoziladi ? 
4. Index yozishga misol keltiring ? 
5. Daraja yozishga misol keltiring ? 
6. Formula orasida bo`sh joy qo`yish amallarini ayting. 
7. Matnlarni yangi abzatsdan yozish buyrug`ini ayting. 
8. \dotfill nima vazifani amalga oshiradi ? 
9. \dot nima vazifani amalga oshiradi ? 
10. 
Matritsani qanday yozamiz ? 
10.3. Mathcad - matematik amaliy dastur 

Muhim so`zlar: kompyuterli algebra, Mathcad, WYSIWYG texnologiyasi, 
variant, interfeys, yozish qoidasi, asboblar paneli, matematik amallar, munosabat 
amallari, funksiya.

Bilib olasiz: kompyuterli algebra dasturlari to`g`risida ma`lumot, 
mathcad dasturi,interfeysi, formula yozish qoidasi, asboblar paneli, oddiy 
matematik amallar,munosabat amallari standart funksiyalardan foydalanish, oddiy 
hisoblashlarni. 
Mathcad — kompyuterli algebra tizimi bolib, unda avtomatlash, loyihalash, 
hisob-kitob amallari interaktiv va visual hisoblashlarga mo`ljallangan dastur. 


497 
Mathcad dasturi Mussachus texnologiya institute (MIT) olimi Allenom Razdovom 
(Алленом Раздовом) tomonidan Mathsoft kompaniyasida yaratilgan. Mathsoft 
2006 yildan buyon PTC (Parametric Technology Corporation) kompaniyasi 
tarkibida faoliyat olib boradi. Mathcad juda qulay interfeysli dastur bo`lib, 
ma`lumot va formulalarni kiritish uchun klaviaturadan foydalanish yoki maxsus 
asboblar panellaridan foydalanish imkoniyati bor. Yana bir qulaylik tomoni 
shundaki, mathcadda formulalarni xuddi matematik ko`rinishda yozish mumkin. 
Hisoblashlar faqat formulalar orqali emas balki dasturlash, loyihalash orqali 
bajarish mumkin. Mathcadning ba`zi imkoniyatlar Maple (MKM, Maple Kernel 
Mathsoft) kompyuterli algebra tizimi asosida yaratilgan (13.1 variantigacha). 14 
versiyadan boshlash MuPAD yadro simvollari foydalanilgan.
Mathcad dasturining varaqlarida bajariladigan amallar va tenglamalar
grafikli tasvirlar, matnlar dasturlash tili asosida yaratilgan. Bu varaqlarni varaq – 
dastur deyiladi va uni ishlash prinsiplari WYSIWYG (What You See Is What You 
Get — «что видишь, то и получаешь») texnologiyasi asosida yaratilgan. 
Ta`lim jarayoni, hisoblash va injenerlik tajribalarida Mathcad dasturidan 
foydalanish qulay. Bundan tashqari XML va .NET texnologiya asoslarida ishlash, 
e-kitoblarni tez va oson tayyorlash mumkin. Mathcad dasturidan foydalanuvchilar 
soni taxminan 1.8 mlnga yetarkan. 
Bugungi kunga kelib Mathcad dasturining quyidagi Mathcad 1.0-5.xx, 
Mathcad 6, Mathcad 7, Mathcad 8, Mathcad 2000 (9 variant), Mathcad 2001 (10 
variant), Mathcad 2001i, («interaktivli»), Mathcad 11-11.2a, Mathcad 12,
Mathcad 13-13.1, Mathcad 14, Mathcad 15, Mathcad Prime 1.0 variantlari bor. 
Mathcad dasturining texnologiyasini kelajakda rivojlantirib, Mathcad Application 
Server (MAS) texnologiyasini yaratish ko`zda tutilgan. MAS texnologiyasida 
Mathcadning ixtiyoriy variantini tan olish, hamda Mathcad varaqlarini veb-
interfeys (Web Calc texnologiya) ga o`tkazish rejalashtirilgan.


498 

Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling