Ingenerlik geodeziyasi
9 2.2.2. Shartli belgilar
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Ingenerlik geodeziyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartli belgilar - Davlat geodezik tarmoq punktlari - Nivelirlash markalari va reperlari Aholi punktlari va ularning yozilishi
- Joylardagi alohida narsalari
2 9 2.2.2. Shartli belgilar Kartalarda joy tafsilotini (aholi punktlari, o`simliklar, yo`llar, daryolar, ko`llar, dengizlar) va har xil ob`ektlarni belgilash uchun shartli belgilardan foydalaniladi (6.2- rasm). Shartli belgilar - Davlat geodezik tarmoq punktlari - Nivelirlash markalari va reperlari Aholi punktlari va ularning yozilishi Shahar mavzelari va shahar tipidagi qishloqlarda yong‘inga chidamli binolar Shahar mavzelari va shahar tipidagi qishloqlarda yong‘inga chidamsiz binolar - Yong‘inga chidamli - Yong‘inga chidamsiz 2000 dan kam aholi yashaydigan shahar turidagi (0,9aholi soni minglarda) 100 dan 500 nafargacha bo‘lgan aholi yashaydigan - qishloq va dala hovli tipidagi xo‘jaliklar (0,47-aholi soni minglarda) Joylardagi alohida narsalari Ochiq joydagi qazilmalar (karerlar) loyli material topilmalari, karerning chuqurligi metrlarda - Haykallar, monumentlar - Yoqilg‘i omborlari - Minora tipidagi kapital inshootlar - Asalarichilar - Molxona - Тorfni qayta ishlash joyi a) Qabriston b) daraxtzorli qabriston Aloqali havo yo‘llari (telefon, telegraf, radiotranslyatsiya) Тemirbeton tayanchili elektr o‘tkazgich chizig‘i, tayanchning balandligi 18 metrda 20-rasm. Shartli belgilar Hamma masshtablar uchun shartli belgilar mutasadi tashkilotlar tomonidan o`rnatiladi va hamma bajaruvchilar uchun ularni qo`llash majburiy bo`ladi. Shartli belgilar kartani o`qish, ya`ni tasvirlangan joyni tushunish imkonini beradi. Hamma shartli belgilar to`rt-maydon (masshtab)li, masshtabsiz, chiziqli va izohlovchi turlarga bo`linishi mumkin. Joyda katta maydonni egallagan va karta masshtabida ifodalanadigan ob`ektlar masshtabli shartli belgilar bilan tasvirlanadi Maydonli shartli belgi ob`ekt chegarasi belgisi va uni to`ldiradigan yoki shartli bo`yash belgilaridan iborat. Ob`ekt konturi nuqtali punktirda yoki ob`ektning chegarasiga tegishli (yo`l, ariqlar, to`siqlar va h.k.) shartli belgilardan iborat. Yuzani shartli belgilar bilan - - - - - - - 3 0 to`ldirish misoli bo`libbutazor, yaylov, botqoqlik, konturni bo`yashga o`rmonlar, bog`lar, tomarqalar va h.k. xizmat qiladi. Kartada (6.1 -rasm) maydonli belgilar -o`tloq, butazor, siyrak o`rmon, kesilgan o`rmon ko`rsatilgan. Agar joy ob`ekti karta masshtabida o`zining kichikligi tufayli ifodalanmasa, unda masshtabsiz shartli belgilar qo`llaniladi. Masalan, un zavodi, shamol dvigateli, o`rmonchi uyi. Chiziqli shartli belgilarga yo`llar, aloqa va elektr uzatish liniyalari va h.k. kiritiladi. Izohlovchi belgilarda ob`ektlar tavsiflari har xil yozuvlar va ob`ektlarning o`z nomlari bilan ko`rsatiladi, masalan, ko`prik uzunligi 30 m, kengligi 6 m, yuk ko`tara olishi 10 t, o`rmon qayinli, daraxtlar balandligi 16 m, tanasi diametri 0,30 m, daraxtlar orasidagi o`rtacha masofa 5 m. Topografik kartalar ko`p rangli qilib nashr etiladi, gidrografiya (daryo, ko`llar) havorang, o`simliklar yashil rang, shosseli yo`llar qizil rang, yaxshilangan yo`llar - sariq, relef elementlari – jigarrangda tasvirlanadi. Bunday bo`yash ob`ektlarni o`qishni osonlashtiradi. Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling