Ingenerlik geodeziyasi
O`lchash xatoliklari va xatoliklar nazariyasi
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Ingenerlik geodeziyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`pol xatolik deb
- Muntazam xatolik deb
3.2.1. O`lchash xatoliklari va xatoliklar nazariyasi Bir kattalikni ko`p marta o`lchash qanchalik tirishqoqlik bilan bajarilsa ham uning natijalari bir-birlaridan va bu kattalikning xaqiqiy o`lchamidan birmuncha farq qiladi. Agar o`lchash mukammalroq asboblar, usullarda, tajribali kuzatuvchilar tomonidan qulay tashqi muhitda bajarilsa, ularning izlanayotgan natijalari absolyut miqdori bo`yicha kichikroq xatoliklarga ega bo`ladi. Lekin bunday holda ham xatoliklar ta`siridan qugulish mumkin emas. Shu sababli o`lchashlar zaruriy aniqlikda bajarilishi 7 1 kerak ortiqcha aniqlikka yerishish katta harajatlarga, etarli bo`lmagan aniqlik esa qutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. O`lchash natijasi l bilan o`lchangan kattalikning aniq (hakikiy) qiymati X orasidagi farq xatolik deyiladi. (1) U yoki bu kattalikning o`lchangan (hisoblangan) qiymatini nazariy qiymatdan farqi ham (1) formulada hisoblanadi, u holda natija bog`lanmaslik deyiladi. Masalan, kartada yassi uchburchak burchaklari o`lchanib, ularning yig`indisi 179°30' bo`lsa, uning nazariy qiymati (X=180°) dan farqi bog`lanmaslik f= 179°30' -180° =-30'. Xatoliklar kelib chiqishiga ko`ra qo`pol, muntazam va tasodifiy xatoliklarga bo`linadi. Qo`pol xatolik deb xatoliklar qatorida absolyut qiymati bo`yicha boshqalardan katta farq qiladigan miqdorga aytiladi. Masalan, chiziqni o`lchashda lentani yotqizish sonini sanashda adashish yoki uning teskari tomonidan sanoq olish kabilar. Qo`pol xatolik o`lchovchi shaxsning o`z ishiga befarq qarashidan kelib chiqadi, qayta o`lchash orqali topiladi va to`zatiladi. Muntazam xatolik deb xatoliklar qatorida bir xil ishora va qiymatlar bilan takrorlanadigan xatoliklarga aytiladi. Muntazam xatoliklar o`lchayotgan shaxe, qo`llanilayotgan asbob va muhit xatoliklariga bo`linadi. Masalan, lentaning qabul qilingan (nominal) uzunligini haqiqiy uzunligidan farqi, lenta uzunligining xavo temperaturasiga qarab o`zgarishi, o`lchovchi shaxsni sanoqni oshirib yoki kamaytirib olishga odatlangani kabi xatoliklar bo`ladi. Demak bu xatoliklarni kelib chiqishi manbalari ma`lum qonuniyatlarga bo`ysunadi, shu sababli bunday xatoliklarning o`lchash natijasiga ta`sirini kamaytirish yoki yo`qotish mumkin. Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling