Инженерлик геологияси
Download 37.18 Kb.
|
oraliq javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- ЕР ЯДРОСИ ҚАНДАЙ ТУЗИЛГАН Yer yadrosi
ЕР МАНТИЯСИ НИМА?
Yer mantiyasi - Yer poʻsti bilan Yer yadrosi orasida joylashgan qatlam. Yer mantiyasi Yer (atmosferasiz) hajmining 83% ini, massasining 67% ini egallaydi. Yer poʻstidan Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan. Qalinligi 2865 km boʻlib yuqori chegarasi (Moxorovichich yuzasi) oʻrta hisobda yer yuzidan 33 km va ostki chegarasi Moxorovichich yuzasidan qariyb 2900 km chuqurlikdan oʻtadi. Chegaralar qatlamlardan oʻtuvchi seysmik toʻlqin tezligining keskin oʻzgarishi bilan aniqlanadi (ustki chegarada 1,5 km/sek, ostki chegarada 5,54 km/sek). Yer mantiyasi yuqorimantiya oʻtkazuvchanlik obl. va ostki mantiyaga boʻlinadi. Yuqori mantiya oʻz navbatida (yuqoridan pastga) substrat, Gutenberg qatlami (seysmik toʻlqinlarning pasaygan tezligi qatlami) va Golitsin qatlamiga (baʼzida u oʻrta mantiya deb nomlanadi) boʻlinadi. Yer mantiyasining etagidan kalinligi 100 km dan kamroq boʻlgan qatlam mavjud. Qatlamdagi seysmik toʻlqinlarning tezligi chuqurlashgan sari oshmaydi, hatto sal pasayadi. Yuqori mantiyaning tarkibi peridotitga oʻxshash massadan iborat deb faraz qilinadi; qalinligi 850—900 km, hajmi Yer shari hajmining 0,1667 qismiga teng . Unda seysmik toʻlqinlarning tezligi 8,00—8,97 km/sek, zichligi 3,34—3,64 g/sek3, gravitatsion maydon 985 sm/sm2, bosim 0,009* 1012 din/sm2 dan 0,141 x 1012 din/sm2 gacha oʻzgaradi. ЕР ЯДРОСИ ҚАНДАЙ ТУЗИЛГАН? Yer yadrosi — Yerning markaziy eng chuqur geosferasi. Ye. ya.ning yuqori chegarasi 2900 km chuqurliqda, radiusi qariyb 3500 km. Yerning markazida temperatura 5000°, zichlik qariyb 12,5 ming t/m3, bosim 361 GPa gacha. Ye. ya.ning yuqori chegarasida boʻylama toʻlqinlarning tarqalish tezligi keskin sakrab 13,7 dan 8,1 km/sek gacha kamayadi va aksincha Yerning markazi atrofida 11,2 km/sek gacha koʻpayib boradi. Ye. ya.ning tuzilishi, fizik xossalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar geofizika tadqiqot metodlaridan foydalanib olingan. Ye. ya. tashki va ichki yadro (subʼyadro)dan iborat. Subʼyadroning radiusi 1300 km chamasida. Tashqi yadroda koʻndalang seysmik toʻlqinlar tarqalmaydi. Shuning uchun ham tashqi yadro suyuq boʻlsa kerak deb taxmin qilinadi. Tashqi yadrodan ichkisiga oʻtishda boʻylama toʻlqinlar koʻndalang toʻlqinlarni qoʻzgʻatib yuboradi. Shu bois ichki yadro qattiq boʻlsa kerak deb faraz qilinadi. Ye. ya.ning tarkibi toʻgʻrisida yagona fikr yoʻq. Baʼzi olimlar Ye. ya. temir va nikeldan iborat deyishsa, boshqalari metallashgan silikatlardan, uchinchi guruh olimlar esa temir oksidlaridan tashkil topgan deb hisoblaydilar. Geofizik maʼlumotlar va eng kuchli bosim sharoitida bajarilgan tajribalardan olingan maʼlumotlar asosida Ye. ya. ehtimol nikel va oltingugurt aralashmali temirdan tashkil topgan deb faraz qilinadi. Yer magnit maydonining paydo boʻlishini tashqi yadrodagi mexanik-elektromagnit jarayonlari bilan bogʻlaydilar.[1] Download 37.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling