8. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
Bittadan gap yozilgan kartochkalar bolalarga tarqatildi. Har bir bola o‘z katochkasidagi gapning ega va kesimini topib tahlil qiladi. Bolalar bu vazifani bajarguncha o‘qituvchi aqliy rivojlanishi orqada qolgan bola bilan o‘tilgan darsni mustahkamlaydi.
9. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash
3. Ko‘rishda muammosi bo‘lgan bolalar
Ko‘rish analizatori yordamida olamni idrok etish bolaning ruhiy rivojlanishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Tevarak-atrof haqidagi eng kuchli taassurotlar ko‘z bilan idrok etiladi. Bola ko‘rish qobiliyati orqali narsalarning rangi, shakli, hajmi, harakati, uzoq-yaqinligi, fazodagi o‘rni haqida tasavvurlarga ega bo‘ladi.
Ko‘rshlda muammosi bo‘lgan bolalarning ko‘rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko‘rlar), yoki korreksion vositalar bo‘lganda (ko‘zoynak tutilganda) ham ko‘rish o‘tkirligi 0,4 gacha pasaygan bo‘ladi. Zaif ko‘ruvchi bolalarda esa ko‘rish o‘tkirligi 0,4 gacha bo‘lishi mumkin.
Ko‘rish qobiliyatining pasayishi kishi fiziologik va psixologik taraqqiyotini muayyan darajada qiyinlashtiradi, o‘ziga xosliklarni namoyon etadi. Bu namoyonlik albatta salbiy oqibatlarda o‘z ifodasini topadi. Atrof- muhitni ko‘rish sezgisi asosida idrok etishning qiyinlashuvi yoki butunlay yo‘qolishiga atrof-olam haqidagi tasavvurlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Nogiron bolalar normal rivojlanishdagi bolalar singari xayot tarzini kattalardan taklid asosida samarali o‘rgana olmaydi. Bu bolaning u yoki bu hatta-harakatni bajarishida nomutanosiblikka olib keladi. Demak, ko‘zi ojiz bolalar shaxsining taraqqiyoti muayyan kechikishlar bilan kechadi. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarida ko‘rishda muammolari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bilan bir qatorda bolalarda saqlanib qolgan ko‘rish imkoniyatlaridan o‘qish jarayonida to‘g‘ri foydalanish va bularni rivojlantirish, ko‘rish qobiliyati pasayib ketmasligi uchun shart-sharoit yaratish, oliy ruhiy jarayonlarni tarbiyalab bolaning bilim doirasini kengaytirish, rivojlantirish, bolalarda ko‘rish qobiliyati zaifligi natijasida paydo bo‘lgan ikkilamchi ruhiy asoratlarni bartaraf etish va boshqa vazifalar ham amalga oshiriladi.
Shunday qilib, inklyuziv ta’lim tizimida ham umumta’lim pedagoglari tomonidan ko‘rishda muammolari bo‘lgan bolalarni ta’lim-tarbiya yo‘li bilan har tomonlama rivojlantirib borish imkoniyatlarini topish eng muhim zaruriyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |