Uqituvchi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan boladan (agarda u zaif ko‘ruvchi bo‘lsa) sinf taxtasini ko‘rish uchun eng qulay joyni so‘rab uni o‘sha joyga o‘tqizishi kerak;
Agar ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolaning ko‘zlari yorug‘likka sezgir bo‘lsa, uni deraza yoniga o‘tqazmaslik shart. Shuning uchun ham bolaning ko‘zlarini yorug‘liqdan saqlash uchun boshiga kepka kiyishi hamda o‘qish va yozish jarayonida ko‘z uchun karton to‘siq ishlatish kerak;
Sinfdagi eng axloqli va olijanob o‘quvchini aniqlab, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolaga "yo‘l boshlovchi" o‘quvchi qilib tayinlash kerak.
Uqituvchi sinf taxtasiga yozilgan ma’lumotlarni baland ovozda o‘qishi talab etiladi;
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bola ma’lumotlarni eshitish va taktil sezgilari asosida egallaydilar. Shuning uchun ham ularga buyumlarni ushlab ko‘rish imkoniyatini berish kerak.
O‘qituvchi sinfiy munozaralarda kim gapirayotganligini ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bola bilishi uchun har bir o‘quvchining ismini aytib turishi kerak.;
Ko‘rishda muammosi bo‘lgan bolaning ko‘zi tez charchab qolishini hisobga olib, dars vaqtida ularga ish turlarini mumkin qadar o‘zgartirib turish lozim;