Inklyuziv ta’lim


Inklyuziv ta’lim muassasalarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun shart-sharoitlar yaratish


Download 238.85 Kb.
bet48/56
Sana14.11.2023
Hajmi238.85 Kb.
#1772332
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
Bog'liq
Fanning maqsad va vazifalari Fanning maqsadi-fayllar.org

4. Inklyuziv ta’lim muassasalarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun shart-sharoitlar yaratish
Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalarida o‘qitish ya’ni inklyuziv ta’lim uchun quyidagi shart-sharoitlarni yaratish lozim:
  • nogironlikni erta tashxis qilish;


  • umumta’lim muassasalari binolarida alohida ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan barcha shart-sharoitlar (inshoatlar)ni yaratish;


- korreksion yordamni amalga oshirishning markaziy tarmog‘iniko‘paytirish;


- umumta’lim muassasalari va maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasidamustahkam aloqa o‘rnatish, ya’ni "birodarlashgan" muassasalarfaoliyatini yuzaga keltirish;
- ayrim nogiron bolalarni umumta’lim muassasalari sharoitidao‘qitishni tashkil etish maqsadida umumta’lim pedagoglari malakasinioshirish, qayta tayyorlash kurslaridan o‘tkazish va ularni maxsus
yordamchi vositalar, o‘quv-metodik adabiyotlar, uslubiy qo‘llanmalar bilanta’minlash, shuningdek maktabda turli dasturlar yordamida ta’limnitashkil etish;
- barcha bolalar uchun ta’lim sharoitini yaratish va ta’limsamaradorligini oshirish.
6-Mavzu: Inklyuziv sinflarda o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun zaruriy tavsiyalar. 2 soat
Reja
  • Darslik va O‘quv dasturlari


  • Sinf bilan ishlash hamda talim va topshiriq


  • Faoliyat turlarini o‘zgartirish


  • Yozma topshiriqlar


  • Bilimlarni baholash:Testlar,matematika


  • Qo‘shimcha ma’lumot


  • Hatti-harakat



Ayrim toifadagi imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim dasturlarini yaxshiroq o‘zlashtirishlari uchun o‘quv rejani o‘zgartirilishi talab etiladi. Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalar bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan Davlat ta’lim talablari ham bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan hola moslashtirildai. Ammo ushbu masalani hal etishda mukammal tashxis, bilim, ko‘nikma va malakalarni baholashda yuqori kasbiy mahorat hamda korreksion talablarni bilish o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan eng muhim talabdir. Agar o‘qituvchi yuqoridagi kabi talablarga javob bera olmasa, imkoniyati cheklangan bolani "buni bilmaydi", "buni bilish imkoniyatiga ega emas" qabilida, yoki bolaning uquv qobiliyati egallay olmaydigan darajagi og‘ir topshiriqlarni berish orqali bolaga yuklamani orttirib yuborish ehtimoli kuchli.

Har bir o‘quvchining "Ma’lumotlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari" va ta’limiy talablarni modifikasiyalash tushunchalarini yetarlicha o‘rganib olish maqsadga muvofiq. O‘quvchilarning ma’lumotlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari har bir bolaning ma’lumotlarni o‘zlashtirish tezligi, o‘zlashtirish uchun zaruriy vositalar kengligi nazarda tutiladi. Ma’lmotlarning o‘zgartirilishi test yechtirish orqali olingan natijalarga ta’sir etmaydi. Masalan, ko‘rishda muammosi bo‘lgan o‘quvchi Brayl tizimi bo‘yicha yozilgan testni topshiradi. Ayrimlarga esa topshiriqni bajarish vaqtida tashqi shovqinlardan xoli bo‘lgan sinfda qolish muhimdir.


Modifikasiyalashni esa topshiriq yoki testni bajarish standart jarayonini o‘zgartiruvchi ayrim o‘zgarish yoki imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilimi darajasiga qo‘yiluvchi talablarning o‘zgarishi sifatida qabul qilish mumkin.
Ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajasi, holati va modifikasiyalashdagi muhim o‘zgartirishlar o‘quvchilarning individual ta’limiy rejasiga kiritilishi kerak. Bu o‘zgarishlarni alohida yordamga muhtoj o‘quvchilarning individual talablarini aks ettiradigan qilib qo‘llash lozim.
Quyida inklyuziv sinf o‘quvchilari uchun darslik, dastur, o‘quv reja va boshqa ta’limiy masalalarni moslashtirish bo‘yicha o‘qituvchilarga tavsiyalar taqdim etilgan.

Download 238.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling