Inklyuziv ta’lim


Download 238.85 Kb.
bet44/56
Sana14.11.2023
Hajmi238.85 Kb.
#1772332
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
Bog'liq
Fanning maqsad va vazifalari Fanning maqsadi-fayllar.org

Darsning borishi

-bolalardan o‘tilgan mavzuni so‘rash (Mavzu: Gap bo‘laklari);


-o‘qituvchi 3-4ta o‘quvchini sinf doskasiga chiqarib mavzuga oid qoidalarni va uyga berilgan mashqni yozishni topshiradi.
-qolgan bolalarga esa daftarlariga beshtadan gap yozib, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga ajratishni topshiradi.
-bolalar bu vazifalarni bajargunlaricha o‘qituvchi aqli zaif bola bilan ishlaydi. O‘qituvchi uning uyga berilgan vazifani qanchalik darajada bajarganini tekshiradi va unga bir qancha predmetlarninig rasmini berib, ularning nomini yozib chiqishi lozimligini aytadi; (u vazifani bajargunga qadar, o‘qituvchi boshqa bolalarga yangi mavzuni tushuntiradi)
3. Yangi mavzu bayoni
- bolalar diqqatini yangi mavzuga qaratish maqsadida sinf taxtasiga yangi mavzuni yozib qo‘yish ,Bosh bo‘laklar";
-yangi mavzuni tushuntirish uchun o‘qituvchi o‘zi tayyorlab kelgan ko‘rgazmali qurolda matn yozib kelgan bo‘lishi kerak. TAXMINIY MATN: Yamin duradgorlik to‘garagiga satnaydi. To‘garakda bolalar yogochdan turli buyumlar yasashni o‘rganadilar. Yaminkursicha, xontaxta yasashni biladi..."
4. Matn yuzasidan savollar berish.
O‘qituvchi: Matnda kim haqida hikoya qilinyapti?
O‘quvchilar: Yamin haqida.
-Demak, gapning kim yoki nima haqida aytilayotganini bildirgan bo‘lak ega deb ataladi. Matnga e’tibor bering, matndagi birinchi gapda Yamin haqida nima deyilyapti?-Duradgorlik to‘garagiga qatnaydi. Demak, gapning egasi haqida nima ekanligini bildirgan bo‘lak kesim deyiladi. Ega va kesim gapning bosh bo‘laklaridir. Eganing tagiga bir chiziq, kesimnig tagiga ikki chiziq chizamiz. (O‘qituvchi birinchi gapni tahlil qilib bergach, qolgan gaplarni daftarda mustaqil tahlil qilishlari lozimligini bildiradi.)

Download 238.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling