Inklyuziv va maxsus taʼlim izohli lugʻot


Analitik-sintetik tovush metodi —


Download 2.32 Mb.
bet11/92
Sana25.08.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1670259
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92
Bog'liq
Inklyuziv va maxsus taʼlim izohli lugʻot

Analitik-sintetik tovush metodi —

Anamnez -

Anemiya -
butun bir matndan gapni, gapdan so‘zni, so‘zdan bo‘g‘inni, bo‘g‘indan tovushni ajratib olish va aksincha, tovushlardan bo‘g‘inni, bo‘g‘inlardan so‘zni, so‘zlardan gapni tuzish yo‘li bilan savod chiqarishni aks ettiruvchi metod. A.s.t.m. asosan, tayyorlov guruhlari hamda birinchi sinflarda alifbegacha bo‘lgan davrda qo‘llanib, uning yordamida bolalar harflarni taniydilar, tovushlar yordamida so‘zlar tuzadilar. Bu metod bolalar nutqining rivojlanishida katta o‘rin egallaydi.
yunoncha anamnesis — eslash so‘zidan olingan bo‘lib, tashxis qo‘yish va aniqlash, korreksion- tarbiyaviy tadbirlarni belgilash maqsadida tekshirish jarayonida kasal shaxsning o‘zi va yaqinlaridan kasallikning yuzaga kelishi va kechishi, o‘sishi haqidagi ma’lumotlami to‘plash jarayonini anglatadi.
A. ga mutaxassis ko‘rgunga qadar kasallik qanday kechganligi va uning belgilari haqidagi ma’lumotlar kiradi. A. davomida bemorning zararli odatlari (tamaki va nos chekishi, spirtli ichimliklar ichishi), oila a’zolari va qarindoshlarining sog‘lom yoki kasal boMganliklari ham aniqlanadi.
kamqonlik qonda gemoglobin hajmining kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik. Gemoglobin eritrotsitlar tarkibida bo‘lib, kislorod bilan birikib, uni o'pkadan organizm to‘qimalariga yetkazib beradi. A. kelib chiqish sabablarigako‘ra turlicha bo‘lishi mumkin:

  • ко p qon yo‘qotish sababli kelib chiquvchi anemiya;

  • surunkali qon yo‘qotish sababli kelib chiquvchi anemiya;

  • asosiy qon yetkazib beruvchi — orqa miya funksiyasining yetarli darajada emasligi sababli yuzaga keluvchi eritrotsitlaming yuqori darajada buzilishi oqibatida yuzaga keluvchi anemiya.

A. infeksion, gijja kasalliklari oqibatida ham yuzaga keladi. Kasallikning eng ko‘p tarqalgan turi - organizmda temir moddasining yetish- masligi natijasida yuzaga kelgan anemiya sanaladi.
Temir moddasi inson organizmining hayotiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi. U eritrotsitlardagi gemoglobinning yuzaga kelishida zarur omil sanaladi. Inson organizmida temir moddasining yetishmasligi oqibatida ovqat hazm qilish, asab tizimi, bo‘g‘imlarning funksiyalari ham izdan chiqadi. Temir moddasining yetishmasligi oqibatida yuzaga keluvchi anemiya (kamqonlik) kasalligining oldini olish va davolashda uni o‘z vaqtida aniqlash hamda qon ketishi manbasini bartaraf etish, shuningdek, ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish asosiy tadbirlar hisoblanadi.
A. (kamqonlik) kasalligining oldini olish va davolash tadbirlari qat'iy ravishda shifokorlar maslahati hamda nazorati ostida o‘tkaziladi.


Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling