Aleksiya -
|
yunoncha a - inkor etish, lego - o‘qiyman so zlaridan olingan bo‘lib, o‘qish jarayonining shakllanmaganligi, o‘qish jarayonini butunlay o‘zlashtira olmaslikni bildiradi. A. ko‘pincha alaliya, afaziya, dizartriya, duduqlanish kabi nutq kamchiliklarida kuzatiladi (qarang: alaliya, afaziya, dizartriya, duduqlanish). A. maxsus logopedik usullar yordamida bartaraf etiladi.
|
Altruizm —
|
o‘z foydasini ko‘zlamagan holatda boshqalar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyat turi.
|
Ambidekstriya —
|
(lotincha atbo - ikkala, dextez - o‘ng so‘zlaridan) ikkala qo‘l harakatchanligi, faoliyatining baravar rivojlanganligi. Bu holat juda kam uchraydi. Odatda insonda o‘ng qo‘l harakatchanligi, faoliyati yaxshiroq rivojlangan bo‘ladi. Lekin chap qo‘lning o‘ng qo‘lga nisbatan yaxshi rivojlanganligi holati ham uchrab turadi.
|
Amimiya -
|
yuz muskullari ma’nodorligining yo'qligi yoki uning sustlashishi. A. parezlar, paralichlar, nerv tizimining turli kasalliklarida yuz muskullari harakat koordinatsiyasining buzilishi natijasida, yuz nervining parezlari va paralichlari oqibatida paydo bo‘lishi mumkin. A. ba'zi bir psixik kamchiliklarda ham kuzatiladi.
|
Alifbo -
muayyan tartibda joylashtirilgan harflar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |