Innovatsion faoliyat samaradorligi ko'rsatkichlari va tasnifi
-ma’ruza. Farmatsevtik ishlab chiqarishda
Download 0.7 Mb.
|
ФИЧИ маъруза матни 2 кисм
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobat turlari
5-ma’ruza. Farmatsevtik ishlab chiqarishda raqobat va monopoliya
"Konkurentsiya" (raqobat) termini lotincha "concure" (maqsadga yugurish) so'zidan kelib chiqib, biror bir faoliyatda bir maqsadga etish uchun insonlar orasidagi, xo'jalik sub'ektlari orasidagi bahslashish tushuniladi. Raqobat bir necha o’ziga xos belgilarga ega bo'lib, ulardan: 1) bir necha raqiblar bo'lishi; 2) bir xil faoliyatga tegishli bo'lish; 3) bozordagi o'xshash maqsadlar. Raqobat majburiy tabiatga ega bo'ladi, negaki ishlab chiqaruvchilarni bozordan chetlashish xavfi ostida o'z mahsulotlarini muntazam sifatini mukammallashtirish va yaxshilab borishni talab qiladi, bozor esa – ularning faoliyatlari natijalarini jiddiy va ob'ektiv baholaydi. Raqobat turlari Marketing nuqtai nazaridan raqobat uch turda (xilda) bo'ladi: • funktsional raqobat talabni turli yo'llar orqali qondirilishi tushuniladi. Ma'lum talablarni qondiruvchi barcha mahsulotlar funktsional raqiblar hisoblanadi. Bunga oddiy misol yo'lda vaqt o'tishini ta'minlaydigan mahsulotlar: kitoblar, ro'znomalar, shaxmat, domino, qarta, pleyer kiradi. Sog'liqni saqlash tizimida funktsional raqobatga bir kasallikni davolovchi turli uslublar (misol, jarrohlik yo'li bilan davolash, dori vositalari, fitovositalar, fizioterapiya, Manual terapiya va h. bilan davolash) kiradi; • ko'rinishga xos raqobat yagona maqsadga qaratilgan, biroq iste'mol xossalarining biror bir ko'rsatkichlariga nisbatan bir biridan farqlanadigan mahsulotlar orasida mavjud bo'ladi. Misol uchun, turli marka avtoulovlari, bir farmasevtik guruhga tegishli turlicha kimyoviy tuzilmaga ega bo'lgan dori vositalari, turli texnologiya bo'yicha tayyorlangan bir xil nomlanadigan tibbiy uskunalar va h.; • buyumlarga oid ( firmalar aro) raqobat turli firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan bir xil mahsulotlar orasida yuzaga keladi. Ular tayyorlanish sifati bilan farqlanadi yoki bir xil sifatda bo'lishi ham mumkin. Bundan tashqari, raqobat kurashining quyidagi uslublari farqlanadi: 1. Narx raqobati – narxida farq bo'lgan bir turdagi mahsulotlar orasida bo'ladi. Raqobat kurashida asosiy uslub mahsulot narxini pasaytirish hisoblanadi. Bu uslub bozor rivojlanishining erta bosqichlariga xos bo'ladi. Narx raqobati o'z navbatida: - bevosita firmalar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlariga narxlar pasaytirilganini keng ommaga e'lon qiladilar; - yashirin iste'molchilarning eng yaxshi xossalariga ega bo'lgan mahsulotlar bir xil yoki raqib-firma mahsulotiga nisbatan biroz qimmat narxda sotiladi. Narx raqobati chegirmalar, demping narxlari, kuponlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Demping – (ing. dumping — tashlash, tashlama) — tovarlarni tashqi va ichki bozorda sun'iy arzonlashtirilgan, o'rtacha chakana narxlardan, tovarlarni bozorda sun'iy pasaytirilgan narxlarda, ba'zan tannarxdan past narxlarda sotish; tashqi bozorni egallash uchun raqobat kurashi vositalaridan biri. Tashqi bozorda tovarlarning o'z qiymatidan arzon sotilishidan birlashmalar zarar ko'radi. Bu zarar ichki bozorda sotilgan tovarlardan olingan yuqori foydadan mablag'lashtirsh yoki davlat byudjetidan hamda soliqlar hisobidan qoplanadi. Demping davlat yoki kompaniya tomonidan kelgusida kutilayotgan zararlarni bartaraf etish maqsadida o'tkaziladi va bu yo'l bilan zarur bo'lgan pul, valyuta mablag'lari tezda to'planadi. Kupon – qimmatbaxo qog'oz qismi bo'lib, u foizlar, dividendlarni olish uchun tilxat o'rniga beriladi, buyum mukofotini olishga huquq beradi. 2. Narxga tegishli bo'lmagan raqobat – mahsulot sifati oldingi o'ringa o'tadi. Mahsulot ishonchlilik, dizayni, qulayligi bo'yicha mukammallashadi, iste'mol qiyomatiga e'tibor qaratiladi. Qo'shimcha xizmatlar, reklama, taqdimotlar, mahsulotning chiroyli ko'rinishi yaratiladi. 3. Raqobat kurashining noqonuniy uslublari – raqib mahsulotini diskreditasiya qilish, past sifatli faltsifikat-mahsulotlarni ishlab chiqarish. Raqiblarni o'rganishda eng muhimi quyidagi savollar hisoblanadi: 1. Begona mahsulotlarning raqobatbardoshliligining asosiy omillari. 2. Raqiblarning reklama va sotishni stimullash sohasidagi faoliyati. 3. Amaliyotdagi savdo belgilar. 4. Mahsulot qadog'ining jalb qiluvchi tomonlari. 5. Savdo va uni tashkil qilish. 6. Mahsulotning harakatlanish kanallari. 7. Kafolat va kafolatdan keyingi xizmatni tashkil qilish. Ma'lum bozorda raqobatni tahlil qilishda har bir raqib alohida ko'rib chiqiladi, so'ng yig'iladi, yig'ma ma'lumot bo'yicha raqiblar yutug'ining asosiy omillari aniqlab olinadi. Raqobat kurashida shaxsiy strategiyani tanlash firmaning bozordagi ulushiga bog'liq bo'ladi. Firmaning bozordagi tutgan hissa-ulushiga bog'liq bo'lgan tasnifi: • etakchilar (bozorning 40% idan ortig'iga egalik qiladi) - boshqalarga nisbatan o'zlarini ishonchli tutadilar, ko'pincha narxlarni birinchi bo'lib o'zgartiradilar, bozorga yangi mahsulotni olib kiradilar, talabni shaklantiradilar; • etakchilikka nomzodlar (30% gacha); • davom ettiruvchilar (20% gacha); • "bozor burchaklarida qolib ketganlar" (bozordagi yangilar) (10% gacha). Mahsulotning raqobatbardoshliligi uning rivojlangan raqobat bozorida tijorat yutuqlariga erishishida hal qiluvchi omili hisoblanadi. Mahsulotni bozorning shartlari, iste'molchilarning aniq talablariga o'zining sifati, texnik, iqtisodiy, estetik ta'riflari, shu bilan birga tijorat va uning sotilishi bo'yicha boshqa sharoitlari (narx, etkazilish muddati, savdo kanallari, xizmat, reklama)ga muvofiq bo'lishini anglatadigan ko'p jihatli tushuncha hisoblanadi. Raqobatbardoshlilik – tovarning iste'molga tegishli va narxiga tegishli ta'riflari majmui bo'lib, ular uning bozordagi omadini belgilab beradi, ya'ni bu mahsulotning boshqa analog-preparatlarning keng tanlovi sharoitida ustunligini belgilab beradi. Mahsulotning raqobatbardoshliligi nisbiy tushuncha hisoblanadi, uni raqib mahsulotini o'zaro solishtirganda aniqlash mumkin bo'ladi. Raqobatbardoshlilik bozor va savdo vaqtiga aniq bog'liq bo'ladi (ayniqsa, mavsumiy preparatlar uchun). Raqobatbardoshlilik individual yondashishga ega bo'ladi, negaki har bir xaridorda iste'molchini qoniqish darajasini baholashda o'zining mezoni mavjud bo'ladi. Raqobatbardoshlilik xaridor uchun sezilarli qiziqish chaqiradigan va uning talablarini qondirilishini kafolatlaydigan xossalari bilan belgilanadi. Raqobatbardoshlilik omillari: • tovarning sifati va uning talabga muvofiqligi (sifat – mahsulotning ma'lum talablarga qondirishi uchun yaroqli xossalari to'plamidir); • ekologik toza; • tannarx va narx, jumladan, iste'mol narxi; • dizayn; • tovarni harakatlantirish shakli; • iste'molchilarga xizmat ko'rsatish shakllari. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling