“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Download 2.56 Mb.
bet31/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

Tayanch iboralar
Inson omili, resurs, boshqarish,konsepsiya,kadrlar, starte­giya,kadrlarni tanlash, kadrlarnitayinlash, rag‘batlantirish, ma­la­­k­a­likadrlar,ijodiy qobiliyat.


Nazoratvamuhokamauchunsavollar
1.Innovatsion tizimda inson omilini sharhlab bering.
2.Inson omilining faollik darajasini baholash mezon­lari­ni ayting.
3.Insonresurslariniboshqarishkonsepsiyasi to‘g‘risida tu­shun­cha bering.
4.Kadrlarniboshqarishstartegiyasiningmohiyativaturla­ri­ni yoriting.
5.Kadrlarniboshqarishstartegiyasiningturlarini sanab be­ring.
6.Kadrlarnitanlash vabaholashda nimalarga e’tibor qara­ti­la­di?


7-mavzu. Innovatsion iqtisodiyotda xizmatlar bozorini rivojlantirish


Reja
7.1.Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmatlar bozorining mazmun-mohiyati va ahamiyati.

7.2.Xizmatlar bozorining mamlakat iqtisodiyotining rivoj­la­ni­shi­da tutgan o‘rni.


7.3.O‘zbekistonda innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirish yo‘l­lari.


7.1.Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmatlar bozoriningmazmun-mohiyati va ahamiyati
Kishilik jamiyatidagi buyuk tarixiy kashfiyotlardai biri– bozor hisoblanadi. Bozor o‘z taraqqiyoti davomida iqtisodiy aha­mi­yati bilan birga, odamlarning ma’naviy yuksalishiga ham o‘zi­ning ta’sirini ko‘rsatib kelgan. Inson bozordagi tovarlarni xa­rid qilish bilan mamlakat va jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar va yangiliklardan bahramand bo‘ladi, o‘z mahorati va bilimini yana­da oshirishga intiladi. Bu esa o‘z navbatida ilmiy-texnik jara­yon­ni rag‘batlantiradi va ishlab chiqarishning jadallashishiga olib ke­la­di.

Respublikamizda aralash iqtisodiyotning vujudga kelishi va iqtisodiyotimizni boshqarishda demokratik tamoyillarning qo‘l­la­nilishi tadbirkorlik sub’ektlariga keng yo‘l ochilishi–jahon­da­gi ilg‘or tajribalar va me’yorlar asosida ichki hamda tashqi bozor­larda faoliyat yuritishlariga zamin yaratmoqda. Bunday sharo­it­da, tabiiyki, bozorning qonuniyatlarini o‘rganish muhim yo‘­na­lish hisoblanadi.


Hozirgi davrda, bozor – ishlab chiqaruvchilar bilan iste­‘­mol­chi­larning ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ta’sirini bog‘laydigan bo‘g‘in, jamiyat taraq­qiyo­ti­da modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakl­lan­di. Bozor tushunchasiga juda ko‘plab ta’riflarni kelti­rishi­miz mumkin.
K. R. Makkonel va S. L. Bryular bozorni mahsulot va xiz­mat­ni sotuvchi va sotib oluvchilarni qo‘shuvchi mexanizm deb atasha­di27.
N. Tuxlievning fikricha: “Bozor tovar ishlab chiqarish qonunlari asosida tashkil qilingan ayriboshlash, tovar va pul muomalasi munosabatlarining yig‘indisi, ishlab chiqarish va iste’­mol o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘indir”28.
A.O‘lmasov va A.Vahobovlar qalamiga mansub “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida: “Bozor – bu xaridorlar bilan sotuvchilar orasi­dagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biriga bog‘laydigan mexa­nizmdir”29, deyilgan. .
B.Yu.Xodiev va Sh.Sh. Shodmonovlar muallifligida yozilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida esa: “Bozor – ishlab chiqa­ruv­chilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqa­li ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar maj­muasi”30, degan ta’rif berilgan.
Yuqorida keltirilgan ta’riflardabozorning mohiyati qay­si­dir darajada ochib berilgan. Ular asosida aytish mumkinki, bo­zor– ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)lar va iste’molchi (xaridorlar) lar o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan muno­sa­bat­lar­ni bog‘laydigan tuzilmadir.
Bozorning asosiy belgilari – sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik tamoyili asosida ayirboshlash, so­tuv­chilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi va to‘lovga qodir bo‘lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqo­bat­chi­lik­dan iboratdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushun­chasi iqtisodiyotning to‘rtta fazasi (ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlari)dan faqat ayirboshlash jara­yonidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Bozorda hech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi, kishilarga baxt, rizqu-ro‘z ham ulashilmaydi, lekin unda – turli mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan minglab korxonalarda ishlayotgan millionlab kishilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar, ko‘chmas mulklar, iqtisodiy resurslar, ishchi kuchi pulga sotiladi va sotib olinadi.
Bozor murakkab tuzilishga ega. Shu sababdan, uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar xarakteri va boshqalar.
Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo‘linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko‘proq, tasodifiy xarakterga ega bo‘lib, unda tovarga tovar ayirboshlash usuli (barter) ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin.
Erkin (klassik) bozorda tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)lar va iste’molchi (sotib oluvchi)lar bo‘lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o‘rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo‘llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin taba­qalashadi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozorida davlat uning faol ishtirokchisi bo‘ladi. Bunda bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi tarmoqlar rivojlangan bo‘ladi, raqobat kurash­lari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daro­mad­lari darajasi o‘rtasidagi farqlar kamayadi.
Nazariya va amaliyotda bozorlarni turlarga ajratishda, ularda ishtirok etuvchi tovarlar va xizmatlar asos qilib olinadi. Aksa­riyat iqtisodiy adabiyotlarda bozorlarning quyidagi asosiy tur­lari keltiriladi:
  • iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori;


  • ishlab chiqarish vositalari bozori (resurslar bozori);


  • mehnat bozori;


  • moliya bozori va boshqalar.


Bozorlar tarkibida iste’moltovarlari va xizmatlar bozori– asosiy tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Unda xo‘jalik sub’­ektlarining barcha uchta turi: uy xo‘jaliklari, davlat va korxo­nalar qatnashadi.



Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling