“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Download 2.56 Mb.
bet36/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

Innovatsion loyihalar – buinnovatsiyalar yaratilishi (ilmiy g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar) va uni amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq bajarilishi zarur bo‘lgan barcha ishlar (loyiha, konstuktorlik, ilmiy tadqiqot va hokazo)ning majmuasi hisob­lanadi.
Mamlakatda innovatsiyalarning natijadorligi – bu innovatsion g‘oyalardan tortib, to uni ishlab chiqarishda qo‘llab biron bir samaraga erishishga bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu borada respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida shunday degan edi:
- “... biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylan­ti­rish­ni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz”37.
- “... ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqi­qot­lar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak”.38
- “Har bir ishlab chiqarish sohasida tarmoq ilmiy tadqiqot muassasalari, konstruktorlik byurolari, tajriba – ishlab chiqa­rish va innovatsion markazlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir ... Biz mam­lakatimizda ... ilmiy ishlanmalar “Nou-xou” lar sohasiga ham keng jalb qilishimiz kerak. ... ilmiy tadqiqot tashkilotlari fao­liya­tini tubdan isloh qilish hamda ilmiy ishlanmalar bo‘yicha ama­liy natijadorlikni oshirish yuzasidan aniq takliflar tayyorlash ...”39 talab etiladi.
Respublikamizda iqtisodiy sohada innovatsiyalarni, innovatsion dasturlar va loyihalarni jadal rivojlantirish uchun huku­matimiz alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, “... amalga oshi­rila­yotgan dasturlar va loyihalarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, barcha tashkiliy va institutsional masalalarni kompleks hal etish za­rur”40ligi belgilab berildi.
Ilk innovatsion modellarda innovatsiyalar chiziqli faoliyat olib borish ketma-ketligi sifatida namoyon bo‘ladi. Avvaliga il­miy tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi orqali yangi mahsulotlar yaratilib bozorga chiqarildi(“texnologik turt­ki”) yoki bozorning o‘zi innovatsiyalarga ehtiyoj sezib korxonalarni innovatsiya yaratishga majbur etadi(innovatsiyalar manbasi: ehtiyoj-bozor talabi bosimi gipotezasi41).Bu gipotezalarning kam­chilik­lari amaliyotda yaqqol namoyon bo‘ladi, aslida innovatsiyalar o‘zaro bog‘liq va muvozanatlashgan jarayon bo‘lib, ba’zida “texnologik turtki” ba’zida esa “bozor talabi bosimi” gipotezasi ustun keladi. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik innovatsiyalar tartibsiz boshlanib, shakllanish bosqichlari davomida qayta ish­lana­di va ba’zida shakllanish bosqichlari ketma- ketligi buziladi. 2000-yilda Van de Ven va boshqalar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda innovatsiyalarning chiziqli modellarining bir nech­ta kamchiliklari aniqlandi. Ular innovatsiyalarning vaqt davo­mi­da rivojlanish jarayoniga e’tibor qaratib, asosiy modelga ba’zi o‘z­ga­r­uvchilarni kiritishni maqsadga muvofiq deb topishdi:
Innovatsiyani keltirib chiqaruvchi ehtiyojlar – bu odamlar yoki tashkilotlar o‘z imkoniyatlari maksimal darajasiga erishganda yoki undan qoniqmaslik natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar asosida yuzaga keladi.
G‘oyalarning tarqalishi- innovatsion jarayon avvaliga bir yo‘nalishda kengaya boshlaydi, keyin esa turli yo‘nalishlarda tar­qa­la­di;
Innovatsiyalarni yaratishda tez- tez omadsizlikka uchraladi, rejalar o‘ta optimistik bo‘ladi, xatolar yig‘ilib boradi, salbiy sikl­lar rivojlanishi mumkin;
Innovatsiyalarni yaratuvchi bo‘limlar qayta tuzish odatda tashqi aralashuv – mutaxassislarni almashtirish yoki boshqa kutil­magan qarorlar orqali ro‘y beradi;
Shunday qilib, innovatsiyalarni shakllantirishda va uni muammoli holatini tanqid qilishda va foydali jihatlarini qo‘llab-quvvatlashda alohida yondashuv muhim ahamiyatga ega.
Innovatsiyalar chuqur ta’lim olishni talab etadi, lekin innovatsiyalarning yaratilishida boshqa kutilmagan omillar ham ta’siri natijasida bilimlar “yuzaki” tabiatga ega bo‘lib qolishi mumkin.
Angliyaning Sasseks universiteti professori Roy Rotvel­ning fikricha, bizning innovatsion jarayon haqidagi tasav­vur­la­rimiz oddiy chiziqli modellardan murakkab interaktiv modellar darajasiga rivojlanib bordi42. Uning “beshinchi avlod innovatsiya­lari” tushunchasida innovatsiyalar ko‘p tomonlama jarayon, ya’ni korxonalarning tashqi va ichki integratsiyasini talab qiluvchi, ax­bo­rot infratuzilmasining qo‘llanilishiga bog‘liq deb qabul qili­nadi.
Abstrakt modellar bizga innovatsiyalarni boshqarishdagi muammolarni yaxshi anglashga yordam beradi, lekin shu bilan birga ko‘pincha bu modellarning qo‘llashda ehtiyot bo‘lish lozim. Bu modellarni qo‘llashda cheklovlar bo‘ladi. Masalan, innovatsiyalarni “texnologik turtki” chiziqli jarayoni (asosiy e’tibor ilmiy-texnik ishlanmalarga qaratiladi, foydalanuvchilar ta’siri esa inobatga olinmaydi) yoki innovatsiyalarni harakatlantirish faqat bozor orqali yuz beradi degan qarash bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga innovatsiyalar faqat katta o‘zgarishlarga olib keluvchi ixtirolar emas, balki inkremental innovatsiyalardan ham iborat. Misol uchun Edisonning lampa dizayni yillar davomida deyarli o‘zgarmadi, lekin mahsulot va jarayonning asta- sekin yaxshilanib borishi orqali 16 yil ichida cho‘g‘li lampa narxi 80foizga tushdi, bu mahsulotning dunyo bo‘ylab keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Innovatsiyalar tushunchasiga noto‘g‘ri qarashlarga ularni tizimdan tashqarida deb hisoblash yoki ularni mahsulot va jarayonga ajratib, bu ikkalasining o‘zaro ta’sirlashuvini inkor etishni keltirish mumkin.
Odatda innovatsiyalar hamma tushunadigan qoidalar asosida rivojlanadi, ya’ni barcha innovatorlar o‘zlarining yo‘nalishlarida yangilik yaratishga urinadi. Qaysidir innovator boshqalarga qaraganda sifatliroq va foydaliroq innovatsiya yaratadi va natijada bozordagi o‘yin qoidalari o‘sha innovator foydasiga o‘zgara boshlaydi. Bu albatta ba’zilar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, shu bilan birga yangi sharoitlar moslashish kabi muam­mo­lar­ni keltirib chiqaradi. Bu jarayon Shumpeterning innovatsiya naza­riyasida markaziy o‘rinni egallaydi. U bu jarayonni “ijodiy buzish” deb atadi.
Biz shu vaqtgacha ko‘rib chiqqan modellar takrorlanuvchi va davomli innovatsiyalar bo‘lib, korxonalarning asosiy shiori “o‘z ishimizni yaxshiroq amalga oshirish” hisoblanadi. Ammo ba’zan mahsulot va jarayonda katta o‘zgarishlarga olib keluvchi radikal innovatsiyalar ham yuz beradi, lekin ular ham texnologik imko­niya­t­lar, bozor talabi, raqobat darajasi, siyosiy vaziyat va boshqa omil­lar ortida yashiringan qoidalar asosida yaratiladi.
Abernati va Klark 1985 yilda innovatsiyalar hayot siklini uch fazaga ajratadi43. Birinchisi “suyuq faza” – mahsulotda ba’zi o‘zgarishlar, ikkinchisi o‘tish fazasi – mahsulot yangi shaklga va xususiyatlarga ega bo‘ladi, uchunchisi esa ixtisoslashuv fazasi – mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari kamaytirilib, mahsulot bozorga chiqariladi.
Kleyton Kristenson birinchilardan bo‘lib, innovatsiyalar­ning bozor talabidan kelib chiqishiga e’tibor qaratdi44. Uning tadqi­qot­lariga ko‘ra har bir avlod almashganida ko‘pchilik korxonalar, o‘z vaqtida bozorni egallab turish bo‘yicha boshqalarga namuna bo‘lganiga va innovatsiyalarga investitsiya kiritganiga qara­mas­dan, yangi talablarga moslasha olmay bankrotlikka uchraydi. Kristenson yoritgan muammo korxonalarning texnologik taraq­qiyot­ga moslasha olmasligida emas, balki yangi bozorlarning paydo bo‘li­shi yangi ehtiyojlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq. Umuman olgan­da ishlab kelayotgan korxonalar o‘zlarining asosiy mijozlari bilan ko‘p vaqt ovora bo‘lib, uzoq muddatda ro‘y beradigan yangi bozor­larning paydo bo‘lish ehtimolini ko‘zdan qochiradi va nati­ja­­da yangi o‘zgarishlarga moslasholmaydi.
Avvaliga, bozorga kichik korxona sifatida kirgan, lekin yangicha biznes modelga ega bo‘lgan korxonalar bozorda mavjud qonun qoidalarni o‘z foydasiga o‘zgartira boshlaydi. Bu qoidalar­ni ham kelajakda yana yangi avlod korxonalari vaqti kelib o‘zgar­tira­di. Yangi bozor qoidalariga o‘z vaqtida moslasha olish uchun korxonalar kelajakda bo‘ladigan o‘zgarishlarni ko‘ra bilishlari va o‘zlarini o‘zgartirishlari kerak.
Iqtisodchilar Kristenson va Reynorlarning bu jarayonni chuqur o‘rganib, bozorda yangi qoidalarning o‘rnatilishini “bozor­ning buzilishi” deb ataydi. Bozorni “buzadigan” tovarlar va xiz­mat­lar odatda yuqori texnologiyali tarmoqlarda radikal innovatsiya ko‘rinishida yoki mavjud texnologiyalarni qo‘llashning yangicha usuli-inkremental innovatsiya ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Radi­kal va inkremental innovatsiyalarni aslida farqlash ancha qiyin bo‘­lib, texnologiyalarning bozorga ta’sirini o‘lchashni talab etadi. Bozor “buzilishi” shu bilan birga korxonaning boshqa korxona va tashkilotlar bilan aloqasiga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin. Chunki odatda innovatsiyalar tizim darajasida, ya’ni hamkorlar o‘rtasida bilim almashinuvi va yangi takliflar natijasida yuzaga keladi.



Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling