“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
Respublikamizda fan-ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasi va bu borada O‘zbekistonning jahon bozoridagi roli va o‘rnini oshirish
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
12.2. Respublikamizda fan-ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasi va bu borada O‘zbekistonning jahon bozoridagi roli va o‘rnini oshirish
Respublikamizda innovatsion faoliyatning kelgusi taraqqiyoti fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga asoslanadi. Bunday integratsiyaning huquqiy asoslari bo‘lib oxirgi yillarda hukumatimiz tomonidan chiqarilgan bir qator farmonlar, qarorlar va qonunlar hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktyabrdagi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risidagi” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 apreldagi “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-3682 -sonli hamda 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-3698- sonli Qarorlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida fan-ta’lim ishlab chiqarish integratsiyasining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar hi-soblanadi: I. Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi yo‘nalishlar: a) ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirish orqali milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligiga va samaradorligiga erishishni amalga oshirish; b) ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda resurslarni maqsadli yo‘naltirishni yo‘lga qo‘yish; v) ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida Davlat huquqiy sheriklikni qo‘llab -quvvatlashni kuchaytirish; g) ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy bog‘liqligini ta’minlash va undan olinadigan manfaatdorlikni oshirishga erishish va hokazo. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha yo‘nalishlar: a) innovatsion faoliyatni Davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish; b) iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni yanada samarali joriy etish uchun shart-sharoitlarni yaratish; v) ayniqsa bunda innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etishni kuchaytirish; g) yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va hokazo. Respublika iqtisodiyotiga innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalariniva noy-xau ishlanmalarni real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalariga joriy etish yo‘nalishlari: a) ishlab chiqarish tarmoqlari korxonalariga innovatsion g‘oyalar, loyihalar joriy etish sohasiga investitsiyalarni keng jalb etishni kuchaytirish; b) yaratilgan yangi texnologiyalarni tijoratlashtirishni oshirish va ularni tashqi bozorlarga olib chiqishni yo‘lga qo‘yish; v) innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni to‘laqon-li realizatsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish; g) yaratilgan innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyiha-larni muvaffaqiyatli ishlab chiqarishga joriy etgan (xususiy sektor vakillari, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari korxonalari) ishtirokchilari natijalarini namoyish etishni oshirish va hokazo. Bugungi kunda respublikamizda ilm-fan sohasini iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish bo‘yicha mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev: – “Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy ettiraolmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz”69 degan edi. Shu bilan birga respublikamizda kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar ham belgilab olindi, jumladan “ilm-fan yutuqlarini elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. Har bir Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shart.”70 Respublikamizda milliy innovatsion tizimni rivojlantirish hamda fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini shakllantirishda hamda respublikaning jahon bozoridagi o‘rnini oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining alohida o‘rni mavjud. Vazirlik o‘z faoliyati davomida qator vazifalarni amalga oshirishi belgilab qo‘yilgan. Bulardan eng muhimi vazirlikning ilm-fan va ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan tartibga solinadigan ilmiy-texnik kengashning faoliyati hisoblanadi. Ilmiy-texnik kengash respublika iqtisodiyotining turli sohalaridan yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda har bir yaratilgan innovatsion ilmiy ishlanmalarga adolatli o‘z munosabatini bildirishga asoslangan. Respublikamizda mazkur vazirlikning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan, jumladan: mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish bo‘yicha uzoq muddatli ssenariylari asosida kelajak modellarini shakllantirishning strategik rejalashtirish tizimini yaratish ishlarini amalga oshirish; hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi yuksalishini ta’minlaydigan fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy infratuzilmasini shakllantirishni kuchay-tirish; ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, iqtidorli yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish zarurligi; iqtisodiyotning real sektori tarmoqlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya, sanoat va boshqa innovatsion texnologiyalarni jadal joriy etish; innovatsiya faoliyati sohasida ilg‘or xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu jumladan ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish orqali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish; respublikamizdagi ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini targ‘ib qilishni kuchaytirish va erishilgan innovatsion natijalarni joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha kelgusidagi ishlarni kuchaytirish va hokazo. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling