“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Download 2.56 Mb.
bet50/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

Tayanch iboralar
Marketing, texnologiya, eksport, import, iqtisodiyotning globallashuvi, axborot tizimlari,brendlash, brending, tarmoq marketingi, kross-marketing.


Nazoratvamuhokamauchunsavollar
1.Innovatsionmarketingtexnologiyalarining o‘zigaxosxusu­siya­tlarinimadaniborat?
2.Eksportniamalgaoshirishdatarmoqmarketingining aha­miya­ti?
3.Eksporttovarlarnibrendlashning ahamiyatiniizohlang?
4.Kross-marketing – bu nima?
12-mavzu. O‘zbekistonmilliyinnovatsiontizimi


Reja
12.1. O‘zbekistonda milliy innovatsion tizim va iqtisodiyotni innovatsion iqtisodiyotga o‘tishning dolzarbligi, mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasi (2030 yilgacha) asosiy yo‘­na­lishlari.

12.2. Respublikamizda fan-ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasi va bu borada O‘zbekistonning jahon bozoridagi roli va o‘rnini oshirish.


12.3. Respublikamizda milliy innovatsion tizimni rivojlan­tirishning ustuvor yo‘nalishlari.


12.1. O‘zbekistonda milliy innovatsion tizim va iqtisodiyotni innovatsion iqtisodiyotga o‘tishning dolzarbligi, mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasi (2030 yilgacha)
asosiy yo‘nalishlari
Bugungi kunda respublikamiz milliy iqtisodiyoti oldida turgan dolzarb masalalardan biri mamlakatni innovatsion rivoj­lantirish asosida taraqqiy ettirishdan iborat. Respublikamizda O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirishning muhim sharti bu iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash hamda shu asosda milliy innovatsion tizimni shakllantirish hisoblanadi. O‘zbekistonda innovatsiyani rivojlantirish va milliy innovatsion tizimning huquqiy asoslari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 apreldagi “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni ama­liy joriy etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tad­bir­la­ri to‘g‘rsida”gi PQ-3682-sonli Qarori, 2018 yil 5 mayd­agi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3697- sonliQarori, 2018 yil 7 maydagi “Iqti­sodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexa­niz­m­larini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tad­birlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-son,2018 yil 14 iyuldagi “Ilmiy va ilmiy texnikatsiya faoliyat natijalarini tijoratlashtirish sama-r­a­dorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘ri­sida”gi PQ-3855- son, 2018 yil 6 avgustdagi “Ilmiy va innovatsi­on fao­­liyatni integratsiya qilish tizimi samaradorligini oshi-rish­ga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3899-son Qarorlari ham­da O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni(2019 yil 29 oktyabr)va boshqa tegishli normativ huquqiy hujjatlar hisoblanadi.

Respublikamizda innovatsion iqtisodiyotga o‘tishda milliy innovatsion tizimni shakllantirish va rivojlantirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Har bir rivojlangan davlatning mus-ta­qil milliy innovatsion tizimi shu davlat milliy xususiyatlari va iqtisodiy shart-sharoitlaridan kelib chiqib shakllantirilgan bo‘ladi.


Milliy innovatsion tizim tushunchasini birinchi bo‘lib, fan-ga kiritgan va uni “milliy innovatsion tizim” deb atagan olim ame­rikalik K.Frimen (1987 yil) hisoblanadi68.
Milliy innovatsion tizim deyilganda mamlakat iqtiso­diyoti­ni rivojlantirish uchun shunday yangi innovatsion siyosatni ish­lab chiqish va uni rivojlantirishdan iboratki, bunda hukumat bilan birgalikda turli ilmiytadqiqot muassasalari (insti­tut­lar) yangi texnologiya, yangi innovatsion g‘oyalarni o‘z ichiga oluvchi innovatsion jarayonlarni hamkorlikda yaratishdan iboratdir. Boshqacha aytilganda, milliy innovatsion tizim, mamlakatning bosh milliy innovatsion strategiyasini amalga oshiruvchi yangi bilim­lar, yangi texnologiyalar hamda yangi g‘oyalarni tashkil etish, saqlash va ularni uzatishni amalga oshirishdan iboratdir. Shuningdek, mil­liy innovatsion tizim, milliy iqtisodiyot uchun ko‘proq foyda olish va yuqori samaradorlikka erishish uchun intellektual salo­hiyatga ega bo‘lgan insonlarning aqliy mehnati samarasidan (ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va hokazolar) foydalanish natijasida yangi milliy innovatsion siyosatni tizimli amalga oshirishdan ibo­ratdir. Respublikamizda milliy innovatsion tizimning zaru­riya­ti jahon iqtisodiyotining globallashuv sharoitida iqtiso­diyot­ning innovatsiyaga asoslangan tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan Xitoy, Janubiy Koreya, Singapur kabi mamlakatlar tajribasidan respublikamiz milliy iqtisodiyotida foydalanish hamda alohida olingan milliy innovatsion tizimni shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqadi.
O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimni rivojlantirish va shakllantirish hamda tartibga solish mas’uliyati O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligiga yuklatilgan.
Respublikamizda milliy innovatsion tizimni shakllantirish va rivojlantirish zaruriyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Birinchidan, respublikamizda innovatsiya yaratilayotgan korxona va tashkilotlar uchun bu jarayonni yagona bir tizimi mav-jud emas­ligi.
Ikkinchidan, respublikamizda fan-ta’lim, ishlab chiqarish bo‘yicha bir-birini bog‘lab turuvchi yagona innovatsiyaga asoslangan innovatsion zanjirning yaratilmaganligi.
Uchinchidan, respublikamizda aqliy mehnat vakillarining (olimlar, ixtirochilar, konsuktorlar) yangi innovatsion loyihalar, texnologiyalar taklifiga mos talabni belgilovchi innovatsion institutlarning faoliyatini erkin ta’minlovchi yagona milliy innovatsion loyihalar bozorining mavjud emasligi.
To‘rtinchidan, yangi innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda bozor risklarining (tavakkalchiligining) yuqoriligi.
Beshinchidan, milliy innovatsion tizim yaratuvchi sub’ektlar o‘rtasida raqobat muhitini shakllanmaganligi.
Oltinchidan, respublikamizda milliy innovatsion tizimni samarali tashkil etishda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni iste’molchisi sifatida xususiy sektor (korxonalari, firmalari va hokazolarining) ishtirokining pastligi.
Umuman, yuqorida bayon etilgan zaruriyatni ifodalovchi muam-mo­larni hal etilishi milliy innovatsion tizimning innovatsion jara­yon­larga bevosita va bilvosita jalb etilgan ob’ektlar majmuasi sifatida innovatsion mahsulotlarni yaratadi hamda innovatsion faoliyat uzluksizligini yuqori samaradorlik asosida fao­liyatini amalga oshirish imkonini beradi. Bunday tuzilmalar tarki­biga davlat ilmiy sektorlar infratuzilmasi, ta’lim tizi-mi, davlat innovatsion faoliyatiga kiruvchi sub’ektlarni kiritish mum­kin.
Bugungi kunda milliy innovatsion tizim tarkibi quyida-gilar­dan:
  • davlat ilmiy sektorlari va ularning infratuzilmalari;


  • ta’lim tizimi (OTM, ilmiy tadqiqot muassasalari, ilmiy konstruktorlik byurolari vaboshqalar);


  • innovatsion faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa barcha sub’ekt­lardan tashkil topadi.


O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimning kelgusi taraq­qiyot yo‘nalishlari mamlakat innovatsion rivojlanish strate­giya­si­ni belgilab beradi. Respublikamizda innovatsion rivojlanish tizimli jarayon bo‘lib, aniq belgilangan chora-tadbirlar, strate-gik rejaga asosan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu borada O‘zbe­kiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentya­br­dagi PF-5544- sonli Farmoni bilan “2019 – 2021 yillarda O‘zbe­kis­ton Respublikasining innovatsion rivojlantirish strategiya­sini tasdiqlash to‘g‘risida”gi amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita­si” ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha bo‘l­gan innovatsion rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkich­la-ri­dan iborat Bosh strategiya belgilab olingan. Mazkur strategiya­ning Bosh maqsadi, mamlakatning xalqaro maydondagi raqobat­bar­dosh­ligini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish hisob­lana­di. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha bo‘lgan bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifalari quyida­gilar hisoblanadi:


  • O‘zbekiston Respublikasi 2030 yilga borib global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mam­lakat-lari qatoriga kirishi;


  • Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuv­chan­ligi-ni ta’minlash hamda barcha darajadagi ta’lim sifati va qamrovi-ni oshi­rish­ga erishish;


  • Innovaisyalar ilmiy tadqiqot, tajriba konstruktorlik va texnologik ishlarga mablag‘lar kiritilishi (Davlat va xususiy sektor mablag‘lari)ni kuchaytirish;


  • Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlab ularning samaradorligini oshirishga erishish hamda ilmiy tadqiqot tajriba konstruktorlik, texnologik ishlar natijalarini joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan tadbirkorlikni integratsiya qilishning ta’sirchan mexanizm-lar­ini yaratishni kuchaytirish va boshqalardan iborat.





Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling