Innovatsion menejment” fanidan “Korxonalarning innovatsion faoliyatida xodimlarni boshqarish yo’llari


-rasm. Maslou bo’yicha ehtiyojlar ierarxiyasi


Download 81.49 Kb.
bet4/11
Sana18.06.2023
Hajmi81.49 Kb.
#1576868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
108-Назаров М. ИМ курс иши

1-rasm. Maslou bo’yicha ehtiyojlar ierarxiyasi

Yuqori maqsadlar, an’analar, moda va shu kabi axloqiy ideallar insonlarni buyuklikka yetaklaydi. Bu omillar ko’pincha olimlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizdagi iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlari narx tizimiga katta ta’sirini ko’rsatdi. Shuning uchun pul o’z ahamiyatiga ega bo’lib qoldi. Bu esa olimlarning motivatsiyaga o’z ta’sirini ko’rsatdi, chunki har qanday insonning turmush hayotida moddiy ehtiyojlar birinchi navbatda turadi.


Rivojlangan davlatlardagi ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanuvchi firmalar ham olimlarning moddiy ehtiyojlarini qondirish yo’li orqali o’zlariga samarali jalb etadilar. Masalan, Italiyadagi “Olivetti” firmasining rahbariyati, o’z xodimlarini oylik maoshlari haqida qayg’urmasliklari uchun ilmiy-texnik xodimlar uchun mansablarning va ilmiy unvonlarning turli tizimlarini ishlab chiqadilar va amalda qo’llaydilar.
Zamonaviy motivatsiya nazariyasining kategoriyalari:
Zamonaviy motivatsiya nazariyasi ikkita kategoriyaga, ya’ni majburiy va ixtiyoriy kategoriyalarga ajratiladi.
Insonning ichki istagiga ko’ra uni harakat qilishga majbur etuvchi motivatsiya majburiy kategoriyadir. Insonning o’z tabiati tomonidan tanlangan xulqiga bog’liq holda harakatlanishi motivatsiyaning ixtiyoriy kategoriyasiga ajratiladi, bunday motivatsiya orqali inson o’z ehtiyojlarini qondirishiga ishonadi.
Ixtiyoriy kategoriyali motivatsiyaning nazariyasi bo’yicha Portera-Loulera modeli bo’yicha haqiqat nazariyasi, kutish nazariyasi ko’pchilikka ma’lum. Кutish nazariyasi quyidagicha oddiy ko’rinishdagi tenglik bilan ifodalanadi:


Harakat=ѓ(qobiliyat(uddalash) x motivatsiya)
Кutish nazariyasi amerikalik filosof va sotsiolog Viktor Vrumning bajarilgan tadqiqotlari orqali talqin etilgan bo’lib, bu nazariyaga asosan, aksariyat hollarda, odamlar ongli ravishda o’z xulqlaridan eng samaraliligini tanlaydi va ular fikriga ko’ra, bu tanlangan xulq orqali kutilgan natijaga erishadi. Bu nazariya uchta o’zgaruvchidan iborat bo’ladi:
1) Кuzatish (“mehnat xarajatlari” – “natija”) – bu xarajat va natija o’rtasidagi harakatlarning taxminiy bog’liqligidir. Harakat – inson tomonidan nazorat qilinadigan ongli xulq tushuniladi. Natija – bu inson tomonidan nazorat qilish imkoni yo’q, ya’ni uning paydo bo’lishi ehtimolli xarakteriga ega bo’lgan voqelikdir. Кutish 0 va 1 o’rtasida bo’ladi. Agar insonda tegishli ishni o’z vaqtida bajarish imkoniyati to’g’risida aniq tasavvur bo’lmasa, kutish 0 ga teng, agar aniq tasavvur bo’lsa, kutish 1 ga teng bo’ladi.
2) Valentlik (“natija” – “mukofotlash”) inson tomonidan tegishli natijaga erishishga sarflaydigan kuchi. Har bir natija ma’lum darajadagi xohish ehtimolligidir. Xodim jamiyat uchun foydali mehnat orqali erishilgan natija uchun ma’lum mukofot bilan taqdirlanadi.
3) Instrumentallik – (“bajarish” – “natija”) - ikki hodisa o’rtasidagi taxminiy o’zaro bog’liqlik. Xodim mehnati orqali kutilgan ijobiy natijaga erishishi va buning natijasida mukofot olishidir.
Bu motivatsiya kategoriyasining nazariyasini quyidagicha ifoda ko’rinishida ham aniqlash mumkin:

Download 81.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling