Innovatsion menejment” fanidan “Korxonalarning innovatsion faoliyatida xodimlarni boshqarish yo’llari


Ish natijasiga rag’bat bashorati=Кutish x Valentlik x Instrumentallik


Download 81.49 Kb.
bet5/11
Sana18.06.2023
Hajmi81.49 Kb.
#1576868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
108-Назаров М. ИМ курс иши

Ish natijasiga rag’bat bashorati=Кutish x Valentlik x Instrumentallik
4) Haqiqat nazariyasi – bunda xodimlar sarf qilgan kuch yoki harakat evaziga olgan mukofotini, xuddi shunday ishni bajargan boshqa shaxslar olgan mukofotiga taqqoslab subyektiv baholashidir.
Portera-Loulera modelida motivatsiyaning kutish, haqiqat, valentlik va instrumentallik kabi elementlarini o’z ichiga olgan kompleks nazariyasini taqdim etgan va bu model o’z ijobiy natijalariga egadir.
Innovatsion faoliyatda kadrlarni jalb etishni samarali rejalashtirishning ahamiyati katta. Кadrlarni rejalashtirish bo’yicha xatoga yo’l qo’yish zaruriy joyda kerakli xodimning yetishmasligiga olib keladi va bunda innovatsion faoliyatda salbiy oqibatlar shakllanishi mumkin.
Кadrlarni rejalashtirishda quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo’ladi:
1. Кadrlarga bo’lgan ehtiyojni rejalashtirishda – xodimlarning soni va tarkibiga, hamda ularning zaruriyligining muddatiga ahamiyat berish.
2. Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga xodimlarni jalb qilish yoki qisqartirishda faoliyatning ijtimoiy istiqbollariga ahamiyat berish.
3. Кadrlardan samarali foydalanishni rejalashtirishda xodimlarning qobiliyatiga mos ravishda ulardan foydalanishni yo’lga qo’yish.
4. Кadrlar rivojini rejalashtirishda maxsus malakali ish turlarini bajarish qobiliyatiga ega kadrlarni tizimli va maqsadli yo’nalishlardagi harakatlarini rivojlantirish.(ularni moddiy va ijtimoiy rag’batlantirishga e’tibor berish)
5. Кadrlarni rejalashtirish tadbirlariga sarflanadigan mablag’larni samarali taqsimlash va amalda unga muvofiq foydalanish.
Innovatsion faoliyatda xodimlar ishining samaradorligi ko’pincha xodimlarni to’g’ri tanlanishiga bog’liqdir. Istiqbolda kadrlarga bo’lgan ehtiyojni qondirishda ularni jalb etish tadbirlarini samarali tashkil etish, ularning malakalari va bilim salohiyatlarini aniq baholash, tanlab olingan va talabga javob bera oladigan xodimlarning korxonaga bo’lgan mehrini oshirish, rahbariyatning xodimga bo’lgan ishonchini mustahkamlash zarurdir. Har bir aniq sharoitda xodimlarni jalb qilish usullarining kamchiligi va afzalliklari mavjuddir. (1, 2-jadvallar)

Download 81.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling